BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI AMALDA
Barqaror rivojlanish maqsadlari, deganda nima tushuniladi?
Global maqsadlar, deb ham ataladigan Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) 2015-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan kambag‘allikka barham berish, sayyoramizni himoya qilish va 2030-yilga qadar barcha odamlar tinchlik va farovonlikdan bahramand bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan harakatlarni amalga oshirish yo‘lidagi universal chorlov sifatida qabul qilingan.
Barqaror rivojlanish sohasidagi 17 maqsad kompleks xususiyatga ega bo‘lib, ularda bir sohadagi harakatlar boshqa sohalardagi natijalarga ta’sir qilishi hamda rivojlanish ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik barqarorlik o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashi lozimligi e’tirof etiladi.
Mamlakatlar rivojlanishda eng ortda qolayotganlarning taraqqiyotiga ustuvor ahamiyat qaratish majburiyatini oldi. BRMlar kambag‘allik, ochlik, OITS va xotin-qizlarga nisbatan kamsitish holatlariga barham berishga qaratilgan.
Har qanday sharoitda ham BRMlarga erishish uchun butun jamiyatning ijodiy yondashuvi, nou-xaulari, texnologiya va moliyaviy resurslari zarur bo‘ladi.
1-maqsad
Kambagʻallikka barham berish
Kambagʻallikning barcha koʻrinishlariga barham berish insoniyat oldida turgan eng katta muammolardan biri boʻlib qolmoqda. 1990-yildan 2015-yilgacha oʻta kambagʻallikda yashovchi odamlar soni yarmidan koʻproqqa kamaygan boʻlsa-da, koʻplab odamlar hali hanuz inson uchun eng zarur boʻlgan ehtiyojlarni qondirish uchun kurashib kelmoqda.
2015-yil holatiga koʻra, taxminan, 736 million kishi hali ham kuniga 1,90 AQSH dollaridan kam daromad hisobiga kun koʻradi; koʻpchilikka oziq-ovqat, toza ichimlik suvi va sanitariya sharoitlari yetishmaydi. Xitoy va Hindiston kabi mamlakatlarda jadal oʻsish millionlab odamlar kambagʻallik girdobidan xalos boʻlishi uchun imkoniyat yaratdi, ammo taraqqiyot notekis boʻldi. Xotin-qizlar kambagʻal boʻlish ehtimoli erkaklarga nisbatan koʻproq, negaki ular kamroq haq toʻlanadigan ishlarda mehnat qiladi, ularning taʼlim olish imkoniyati erkaklarga nisbatan pastroq boʻlib, mulkka egalik qilish darajasi ham birmuncha cheklangan.
Taraqqiyot oʻta kambagʻal insonlarning 80 foizi yashaydigan Janubiy Osiyo va Sahroi Kabirdan janubda joylashgan Afrika mamlakatlari kabi boshqa mintaqalarda ham cheklangan. Iqlim oʻzgarishi, mojarolar va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanmaganligi tufayli yuzaga kelayotgan yangi tahdidlar odamlarni kambagʻallikdan olib chiqish uchun yanada koʻproq saʼy-harakatlar amalga oshirilishi lozimligini anglatadi.
BRM - boshlagan ishimizni yakunlash va 2030-yilga qadar kambagʻallikning barcha shakl va koʻrinishlariga barham berish boʻyicha oʻz zimmamizga olgan dadil majburiyatimizdir. Bu - aholining ijtimoiy himoyaga eng muhtoj qatlamlari bilan maqsadli tarzda ishlash, asosiy resurslar va xizmatlar hajmini koʻpaytirish hamda mojarolar va iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq ofatlardan jabrlangan hamjamiyatlarni qoʻllab-quvvatlashni oʻz ichiga oladi.
736
million
Hali ham 736 million kishi kambag‘allikning og‘ir shaklida yashamoqda.
10
foiz
Dunyo aholisining 10 foizi hanuzgacha og‘ir kambag‘allikda yashaydi, holbuki bu ko‘rsatkich 1990-yilda 36 foizni tashkil etgan edi.
1.3
milliard
Taxminan 1,3 milliard kishi ko‘p kambag‘allikda (multidimensional) qashshoqlikda yashaydi.
50
foiz
Kambag‘allikda yashayotganlarning yarmi 18 yoshgacha bo‘lgan bolalardir.
10
kishida biri
Har 10 kishidan biri og‘ir kambag‘allikda yashaydi.
Maqsadli koʻrsatkichlar
2030-yilga qadar milliy ta’riflarga ko‘ra kambag‘allik sharoitida yashayotgan, deb hisoblangan barcha yoshdagi erkaklar, xotin-qizlar va bolalar ulushini kambag‘allikning barcha ko‘rinishlarida ikki barobarga qisqartirish
Barcha uchun milliy sharoitlarga mos bo‘lgan ijtimoiy himoya tizim va dasturlarini, jumladan, nafaqaning eng minimal miqdorini joriy etish va 2030-yilga qadar kambag‘al va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarning katta qismini qamrab olishga erishish
2030-yilga qadar barcha erkaklar va xotin-qizlarning, xususan, kambag‘al va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarning iqtisodiy resurslardan foydalanishda teng huquqlarga ega bo‘lishini, shuningdek, asosiy xizmatlardan foydalanish, yer va boshqa mulk shakllariga egalik qilish va nazorat qilish, meros olish, tabiiy resurslar, tegishli yangi texnologiyalar va moliyaviy xizmatlar, shu jumladan, mikromoliyalashtirish vsitalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash
2030-yilga qadar aholining kambag‘al va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari chidamliligini oshirish, ularga nisbatan iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq ekstremal hodisalar hamda boshqa iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik zarba va ofatlarning ta’sirini hamda ularning bunday hodisalar qarshisidagi himoyasizligini kamaytirish
Rivojlanayotgan, xususan, eng kam rivojlangan mamlakatlarni kambag‘allikning barcha ko‘rinishlariga barham berish bo‘yicha dastur va siyosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun yetarli va barqaror vositalar bilan ta’minlash maqsadida turli manbalardan, jumladan, rivojlanish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish orqali resurslarni keng miqyosda safarbar qilish
Kambag‘allikka barham berishga qaratilgan chora-tadbirlarga investitsiyalar jadal kiritilishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, milliy, mintaqaviy va xalqaro darajalarda aholining kambag‘al qatlamlari ehtiyojlari va gender jihatlar hisobga olingan rivojlanish strategiyalariga asoslangan izchil siyosiy dasturlarni ishlab chiqish.
Barqaror rivojlanish maqsadlari amalda
2-maqsad
Ochlikka barham berish
Soʻnggi yigirma yil ichida jadal iqtisodiy oʻsish va qishloq xoʻjaligi mahsuldorligi oshishi natijasida toʻyib ovqatlanmaydigan odamlar soni deyarli ikki barobarga kamaydi. Ilgari ochlik va toʻyib ovqatlanmaslikdan aziyat chekkan koʻplab rivojlanayotgan mamlakatlarning oziqlanish borasidagi ehtiyojlari qondirilmoqda. Markaziy va Sharqiy Osiyo, Lotin Amerikasi va Karib dengizi havzasi mamlakatlari favqulodda ochlikka barham berishda ulkan yutuqlarga erishdi.
Afsuski, favqulodda ochlik va toʻyib ovqatlanmaslik koʻplab mamlakatlarda rivojlanish yoʻlidagi katta toʻsiq boʻlib qolmoqda. Hisob-kitoblarga koʻra, 2017-yil holatiga koʻra, 821 million kishi surunkali ravishda toʻyib ovqatlanmaydi va bu, koʻpincha, atrof-muhit degradatsiyasi, qurgʻoqchilik va biologik xilma-xillik yoʻqolishining bevosita oqibati hisoblanadi. Besh yoshgacha boʻlgan 90 million nafardan ziyod bola xavfli darajadagi vazn yetishmovchiligiga ega. Afrikaning deyarli barcha mintaqalarida, shuningdek, Janubiy Amerikada toʻyib ovqatlanmaslik va oziq-ovqat mahsulotlarining jiddiy yetishmovchiligi koʻrsatkichlari ortib bormoqda.
BRM 2030-yilga qadar ochlik va toʻyib ovqatlanmaslikning barcha shakllariga barham berishga qaratilgan boʻlib, barcha odamlar, ayniqsa bolalar yil davomida yetarli miqdordagi va toʻyimli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanishi lozimligini nazarda tutadi. Bu esa, oʻz navbatida, ekologik barqaror qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, kichik fermerlarni qoʻllab-quvvatlash, yer, texnologiya va bozorlardan teng foydalanish imkoniyatini yaratish kabi choralarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, qishloq xoʻjaligi samaradorligini oshirish uchun infratuzilma va texnologiyalarga investitsiyalar kiritishni taʼminlash uchun xalqaro hamkorlik talab etiladi.
821
millon
2017-yilda yetarlicha ovqatlanmaydigan odamlar soni 821 millionga yetdi
63
foiz
2017-yilda dunyodagi to‘yib ovqatlanmaydigan odamlarning qariyb uchdan ikki qismi, ya’ni 63 foizi Osiyo qit’asiga to‘g‘ri kelgan.
22
foiz
2017-yilda besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning qariyb 151 millioni, ya’ni 22 foizi, hanuz o‘sishdan qolgan (past bo‘yli) edi.
1
nafar har 8 tadan
Har sakkiz nafar katta yoshli odamdan bittadan ortig‘i semizlikdan aziyat chekadi.
1
nafar har 3 tadan
Tug‘ish yoshidagi har uch ayoldan biri kamqonlikka chalingan.
26
foiz
Ishchilarning 26 foizi qishloq xo‘jaligida band.
Maqsadli koʻrsatkichlar
2030-yilga qadar, to‘yib ovqatlanmaslikning barcha shakllariga barham berish, shu jumladan 2025-yilga qadar, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bo‘y o‘sishining ortda qolishi va ozib ketishga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro miqyosda kelishilgan ko‘rsatkichlarga erishish, o‘smir qizlar, homilador va emizikli ayollar va keksalarning ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish.
Yer, boshqa ishlab chiqarish resurslari va vositalar, bilimlar, moliyaviy xizmatlar, bozorlardan xavfsiz va teng foydalanish, qo‘shimcha qiymat yaratish va qishloq xo‘jaligidan boshqa tarmoqlarda bandlikni ta’minlash orqali 2030-yilga qadar qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini hamda kichik oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar, xususan, xotin-qizlar, tub xalqlar, oilaviy fermer xo‘jaliklari, chorvadorlar va baliqchilarning daromadlarini, shu jumladan ikki baravar oshirish.
2030-yilga qadar oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning barqaror tizimlarini yaratish, hosildorlik va ishlab chiqarish hajmini oshirish, ekotizimlarni asrashga yordam berish, iqlim o‘zgarishi, ekstremal ob-havo hodisalari, qurg‘oqchilik, suv toshqini va boshqa ofatlarga moslashish salohiyatini mustahkamlash hamda yer va tuproq sifatini bosqichma-bosqich yaxshilash imkonini beradigan qishloq xo‘jaligini yuritishning barqaror amaliyotlarini joriy etish.
2020-yilga qadar urug‘lik, madaniy o‘simliklar, qishloq xo‘jaligi va uy hayvonlari hamda ular bilan bog‘liq yovvoyi turlarning genetik xilma-xilligini, shu jumladan, xalqaro darajada kelishilganidek, milliy, mintaqaviy va xalqaro darajalarda oqilona boshqariladigan va diversifikatsiyalangan urug‘lik va o‘simlik banklari orqali saqlab qolish hamda genetik resurslar va an’anaviy bilimlardan foydalanish orqali yaratiladigan imtiyozlardan foydalanish hamda ularni adolatli va teng taqsimlashga ko‘maklashish.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda, xususan, eng kam rivojlangan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish salohiyatini oshirish maqsadida qishloq infratuzilmasi, qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va bilimlarni tarqatish xizmatlari, texnologiyalarni rivojlantirish hamda o‘simliklar va chorva mollarining genetik banklariga investitsiyalarni ko‘paytirish, shu jumladan, xalqaro hamkorlikni kengaytirish.
Jahon qishloq xo‘jaligi bozorlarida savdo cheklovlari va nomutanosibliklarni bartaraf etish va oldini, shu jumladan Rivojlanish masalalari bo‘yicha muzokaralarning Doha raundi mandatiga muvofiq, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini subsidiyalashning barcha shakllari va bir xil ta’sirga ega bo‘lgan barcha eksport choralarini parallel ravishda bekor qilish.
Oziq-ovqat tovarlari bozorlari va ularning hosilalari to‘g‘ri ishlashini ta’minlash va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining keskin o‘zgaruvchanligini cheklashga yordam berish uchun bozor ma’lumotlari, shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan o‘z vaqtida foydalanishni osonlashtirish choralarini ko‘rish.
Barqaror rivojlanish maqsadlari amalda
3-maqsad
Sogʻlik va farovonlik
Biz o‘lim va kasalliklarning bir qator asosiy sabablariga qarshi kurashishda katta yutuqlarga erishdik. O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi keskin oshdi; chaqaloqlar va onalar o‘limi ko‘rsatkichlari kamaydi, biz OIV bilan bog‘liq vaziyatni keskin o‘zgartirdik va bezgak bilan bog‘liq o‘lim holatlari soni ikki baravar kamaydi.
Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun sog‘liq juda muhim va 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish kun tartibida mazkur ikki omilning murakkabligi va o‘zaro bog‘liqligi aks ettirilgan. Unda ortib borayotgan iqtisodiy va ijtimoiy tengsizlik, jadal sur’atda davom etayotgan urbanizatsiya, iqlim va atrof-muhitga tahdidlar, OIV va boshqa yuqumli kasalliklarning uzoq muddatli yuklamasi, shuningdek, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar kabi muammolar hisobga olingan. Sog‘liqni saqlash xizmatlari doirasida barchani qamrab olish 3-BRMga erishish, kambag‘allikka barham berish va tengsizlikni kamaytirishning ajralmas qismi bo‘ladi. BRMlar qatoriga kiritilmagan, ammo sog‘liqni saqlash sohasida yangi paydo bo‘layotgan global ustuvor vazifalar, shu jumladan mikroblarga qarshi preparatlarga nisbatan chidamlilik ham tegishli choralar ko‘rilishini talab qiladi.
Biroq dunyo sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq BRMlarga erishishda muammolarga duch kelmoqda. Mamlakatlar kesimida erishilayotgan natijalar notekis bo‘lib qolmoqda. O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi eng qisqa va eng uzun bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasidagi tafovut 31-yilni tashkil etmoqda. Garchi ayrim mamlakatlar ajoyib yutuqlarga erishgan bo‘lsa-da, milliy darajadagi o‘rtacha ko‘rsatkichlar ko‘pchilik ortda qolayotganidan dalolat beradi. Tengsizlikka barham berish va barchaning salomatligini mustahkamlash uchun ko‘p tarmoqli, huquqlarga asoslangan va gender jihatlar hisobga olingan yondashuvlar muhim ahamiyatga ega.
400
million
Kamida 400 million kishi asosiy tibbiy xizmatlardan mahrum, 40 foiz odam esa ijtimoiy himoya tizimiga ega emas.
1.6
milliard
1,6 milliarddan ortiq kishi uzoq davom etayotgan inqirozlar va asosiy tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha milliy salohiyatning zaifligi birgalikda global sog‘liqni saqlash uchun jiddiy muammo bo‘lgan nobarqaror hududlarda yashaydi.
15
million
2017-yil oxiriga kelib, OIV bilan yashovchi 21,7 million kishi antiretrovirus muolajasini olayotgan edi. Shunga qaramay, 15 milliondan ortiq kishi hali ham muolajaga muhtoj.
2
soniyada
Har 2 soniyada 30 dan 70 yoshgacha bo‘lgan bir kishi yuqumsiz kasalliklar — yurak-qon tomir kasalliklari, surunkali nafas yo‘llari kasalliklari, diabet yoki saraton tufayli erta vafot etadi.
7
million
Har yili 7 million kishi ifloslangan havodagi mayda zarrachalar ta’siri sabab vafot etadi.
1
nafar har 3 tadan
Har uch ayoldan bittadan ko‘prog‘i hayotining ma’lum bir davrida jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlikka duch kelgan bo‘lib, bu ularning jismoniy, ruhiy, jinsiy va reproduktiv salomatligiga qisqa va uzoq muddatli salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Maqsadli koʻrsatkichlar
- 2030-yilga qadar onalar oʻlimining global koeffitsiyentini har 100 000 tirik tugʻilgan chaqaloqqa 70 ta oʻlim holatidan kamaytirish.
- 2030-yilga qadar yangi tugʻilgan chaqaloqlar va 5 yoshgacha boʻlgan bolalar orasida oldini olish mumkin boʻlgan oʻlim holatlariga barham berish, bunda barcha mamlakatlar yangi tugʻilgan chaqaloqlar oʻlim holatlarini har 1000 nafar tirik tugʻilgan chaqaloqqa 12 tagacha, 5 yoshgacha boʻlgan bolalar orasidagi oʻlim holatlarini esa 1000 nafar tirik tugʻilgan chaqaloqqa 25 tagacha kamaytirishni maqsad qilib belgilashi lozim.
- 2030-yilga qadar OITS, sil, bezgak va eʼtibordan chetda qolgan tropik kasalliklar epidemiyalariga barham berish hamda gepatit, suv orqali yuqadigan kasalliklar va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish.
- 2030-yilga qadar profilaktika va davolash orqali yuqumli boʻlmagan kasalliklar natijasidagi erta oʻlim holatlarini uchdan birga qisqartirish hamda ruhiy salomatlik va farovonlikni mustahkamlash.
- Psixoaktiv moddalar, jumladan, giyohvand moddalar va spirtli ichimliklarni suiisteʼmol qilishning oldini olish va davolash tizimlarini kuchaytirish.
- 2020-yilga qadar yoʻl-transport hodisalari oqibatida dunyo boʻylab halok boʻlayotgan va jarohatlanayotganlar sonini ikki barobarga kamaytirish.
- 2030-yilga qadar jinsiy va reproduktiv salomatlikni saqlash xizmatlari, jumladan, oilani rejalashtirish, axborot va taʼlimdan barcha foydalanishi imkoniyatini, shuningdek, reproduktiv salomatlik masalalari milliy strategiya va dasturlarga kiritilishini taʼminlash.
- Sogʻliqni saqlash xizmatlari doirasida barchaning qamrab olinishiga erishish, shu jumladan moliyaviy xatarlardan himoya qilish, sifatli asosiy tibbiy xizmatlardan foydalanish va barcha uchun xavfsiz, samarali, sifatli va arzon asosiy dori-darmonlar va vaksinalardan foydalanish imkoniyatini taʼminlash.
- 2030-yilga qadar xavfli kimyoviy moddalar, havo, suv va tuproq ifloslanishi oqibatidagi oʻlim va kasallik holatlari sonini sezilarli darajada kamaytirish.
- Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Tamakiga qarshi kurashish boʻyicha hadli konvensiyasini, zaruriyatga qarab, barcha mamlakatlarda amalga oshirishni kuchaytirish.
- Intellektual mulk huquqlarining savdo bilan bogʻliq jihatlari toʻgʻrisidagi kelishuv va aholi salomatligi toʻgʻrisidagi Doha deklaratsiyasiga muvofiq, birinchi navbatda rivojlanayotgan mamlakatlarga taʼsir koʻrsatadigan yuqumli va yuqumli boʻlmagan kasalliklarga qarshi vaksinalar va dori vositalarini tadqiq etish va ishlab chiqishni qoʻllab-quvvatlash, arzon narxlardagi asosiy dori vositalari va vaksinalardan foydalanish imkoniyatini taʼminlash. Bunda rivojlanayotgan mamlakatlarning Intellektual mulk huquqiga oid bitimning aholi salomatligini himoya qilish, xususan, barcha uchun dori vositalaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash maqsadida moslashuvchan imkoniyatlar bilan bogʻliq qoidalaridan toʻliq foydalanish huquqi tasdiqlanadi.
- Rivojlanayotgan mamlakatlar, ayniqsa eng kam rivojlangan mamlakatlar va rivojlanayotgan kichik orol davlatlarida sogʻliqni saqlash sohasini moliyalashtirish va sogʻliqni saqlash xodimlarini yollash, malakasini oshirish, oʻqitish va sohada ushlab qolish koʻrsatkichlarini sezilarli darajada oshirish.
- Barcha, xususan, rivojlanayotgan mamlakatlarning salomatlik sohasidagi milliy va global xatarlar toʻgʻrisida erta ogohlantirish, xatarlarni kamaytirish va boshqarish salohiyatini mustahkamlash.
Barqaror rivojlanish maqsadlari amalda
4-maqsad
Sifatli taʼlim
2000-yildan buyon umumiy boshlangʻich taʼlim sohasidagi maqsadli koʻrsatkichga erishishda ulkan natijalar qoʻlga kiritildi. Rivojlanayotgan mintaqalarda 2015-yilda umumiy qamrov darajasi 91 foizga yetdi va dunyo boʻylab maktabga qatnamayotgan bolalar soni deyarli ikki barobar kamaydi. Savodxonlik darajasi ham keskin oʻsib, har qachongidan ham koʻproq qizlar maktabda oʻqimoqda. Bularning barchasi ajoyib muvaffaqiyatlardir.
Shu bilan birga, ayrim rivojlanayotgan mintaqalarda yuqori darajadagi kambagʻallik, qurolli mojarolar va boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli ijobiy natijalarga erishish qiyin boʻldi. Gʻarbiy Osiyo va Shimoliy Afrikada davom etayotgan qurolli mojarolar maktabga qatnamayotgan bolalar soni koʻpayishiga olib kelgan. Bu tashvishli tendensiya. Sahroi Kabir janubida joylashgan Afrika mamlakatlari barcha rivojlanayotgan mintaqalar orasida boshlangʻich maktab qamrovi boʻyicha eng katta muvaffaqiyatga (1990-yildagi 52 foizdan 2012-yilda 78 foizgacha) erishgan boʻlsa-da, katta tafovutlar hali ham saqlanib qolmoqda. Eng kambagʻal uy xoʻjaliklari bolalari orasida maktabga qatnamaslik koʻrsatkichi eng boy uy xoʻjaliklari bolalariga qaraganda toʻrt baravar yuqori. Qishloq bilan shahar hududlari oʻrtasidagi tafovut ham yuqoriligicha qolmoqda.
Barchani inklyuziv va sifatli taʼlim bilan qamrab olish barqaror rivojlanishning eng kuchli va sinalgan vositalaridan biri ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Bu maqsad 2030-yilga qadar barcha oʻgʻil va qiz bolalarning bepul boshlangʻich va oʻrta taʼlim olishini taʼminlaydi. Shuningdek, u arzon kasbiy taʼlim olishda teng imkoniyatlarni taʼminlash, gender va mulkka egalik qilishdagi tengsizlikni bartaraf etish va barcha uchun sifatli oliy taʼlimdan foydalanish imkoniyatini taʼminlashga qaratilgan.
91
foiz
Rivojlanayotgan mamlakatlarda boshlang‘ich ta’limga qamrov 91 foizga yetdi.
57
million
Shunga qaramay, boshlang‘ich maktab yoshidagi 57 million bola hanuz maktabga bormayapti, ularning yarmidan ko‘pi Sahroi Kabir, Afrikada yashaydi.
1
tasi har 4 nafardan
Rivojlanayotgan mamlakatlarda har to‘rtinchi qiz bola maktabga bormaydi.
50
foiz
Boshlang‘ich maktab yoshidagi maktabga bormayotgan bolalarning taxminan yarmi mojarolardan zarar ko‘rgan hududlarda yashaydi.
103
million
Dunyo bo‘yicha 103 million yoshlar asosiy savodxonlik ko‘nikmalariga ega emas, ularning 60 foizdan ortig‘ini ayollar tashkil etadi.
6
nafari har 10 tadan
Har 10 nafar bola va o‘smirdan 6 nafari o‘qish va matematika fanlarida minimal darajadagi savodxonlik darajasiga erisha olmayapti.
Maqsadli koʻrsatkichlar
- 2030-yilga qadar barcha oʻgʻil va qiz bolalar bepul, teng va sifatli boshlangʻich va oʻrta taʼlim olishini taʼminlash. Bu tegishli va 4-maqsadga muvofiq, samarali taʼlim natijalariga erishish imkonini beradi.
- 2030-yilga qadar barcha oʻgʻil va qiz bolalarning boshlangʻich taʼlimga tayyor boʻlishi uchun bolalarni erta yoshdan rivojlantirish, parvarishlash tizimi va boshlangʻich taʼlimdan foydalanish imkoniyatini taʼminlash.
- 2030-yilga qadar barcha xotin-qizlar va erkaklar uchun arzon va sifatli texnik, kasb-hunar va oliy taʼlim, shu jumladan universitetda taʼlim olish boʻyicha teng imkoniyatlarni taʼminlash.
- 2030-yilga qadar bandlik, munosib ish oʻrinlari va tadbirkorlik uchun tegishli koʻnikmalarga, jumladan, texnik va kasbiy koʻnikmalarga ega boʻlgan yoshlar va kattalar sonini sezilarli darajada oshirish.
- 2030-yilga qadar taʼlimdagi gender tafovutlarini bartaraf etish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar, tub xalqlar va himoyaga muhtoj bolalar uchun taʼlim va kasb-hunarga tayyorlashning barcha darajalarida teng imkoniyatlarni taʼminlash.
- 2030-yilga qadar barcha yoshlar, aksariyat katta yoshdagi odamlar, ham erkaklar, ham ayollar savodxonlik va hisoblash koʻnikmalariga ega boʻlishini taʼminlash.
- 2030-yilga qadar barcha oʻquvchilar barqaror rivojlanish va turmush tarziga erishish sohasidagi taʼlim, inson huquqlari va gender tengligi, tinchlikni taʼminlash, zoʻravonlikka yoʻl qoʻymaslik, global fuqarolik madaniyatini targʻib qilish hamda madaniy xilma-xillik va madaniyatning barqaror rivojlanishga qoʻshadigan hissasini qadrlash orqali barqaror rivojlanish sohasi uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarni egallashini taʼminlash.
- Bolalar, nogironligi boʻlgan shaxslar manfaatlari va gender jihatlar hisobga olingan hamda barcha uchun xavfsiz, zoʻravonlikka yoʻl qoʻyilmaydigan, inklyuziv va samarali taʼlim muhiti taʼminlangan taʼlim muassasalarini qurish va modernizatsiya qilish.
- 2020-yilga qadar rivojlangan mamlakatlar va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarda oliy taʼlim, jumladan, kasbiy taʼlim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, texnik, muhandislik va ilmiy dasturlarga oʻqishga kirish uchun rivojlanayotgan mamlakatlar, xususan, eng kam rivojlangan davlatlar, rivojlanayotgan kichik orol davlatlari va Afrika mamlakatlariga beriladigan stipendiyalar sonini global miqyosda sezilarli darajada oshirish.
- 2030-yilga qadar rivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa eng kam rivojlangan mamlakatlar va rivojlanayotgan kichik orol davlatlarida, oʻqituvchilar malakasini oshirish boʻyicha xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish orqali malakali oʻqituvchilar sonini sezilarli darajada oshirish.
Barqaror rivojlanish maqsadlari amalda
5-maqsad
Gender tengligi
Ayollar va qizlarni kamsitishning har qanday holatlariga barham berish nafaqat insonning asosiy huquqlaridan biri, balki barqaror kelajak uchun muhim ahamiyatga egadir; ayol va qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish iqtisodiy oʻsish va rivojlanishga yordam berishi isbotlangan.
BMT Taraqqiyot Dasturi oʻz faoliyatida gender tengligini asosiy oʻringa qoʻyib, biz soʻnggi 20 yil ichida sezilarli yutuqlarga erishdik. Hozirgi kunda maktablarda taʼlim olayotgan qizlarning soni 15 yil avvalgi koʻrsatkichlardan ancha koʻp boʻlib, aksariyat mintaqalarda boshlangʻich taʼlimda gender tengligiga erishilgan.
Ammo mehnat bozorida ayol va qizlarning soni har qachongidan ham koʻproq boʻlsa-da, baʼzi mintaqalarda hali ham jiddiy tengsizlik kuzatilib, ayollar va qizlar erkaklar bilan bir xil mehnat huquqlaridan muntazam ravishda mahrum qilinmoqda. Jinsiy zoʻravonlik va ekspluatatsiya, haq toʻlanmaydigan parvarishlash va uy ishlarining teng taqsimlanmasligi va davlat lavozimlaridagi kamsitish holatlari katta toʻsiq boʻlib qolmoqda. Iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlar xuddi mojarolar va migratsiya kabi ayollar va qizlar hamda bolalarga nomutanosib taʼsir koʻrsatishda davom etmoqda.
Ayollarga yer va mulkka egalik qilish, jinsiy va reproduktiv salomatlik xizmatlari, texnologiya va internetdan foydalanish boʻyicha teng huquqlar berilishi juda muhim. Bugungi kunda davlat lavozimlarida ishlayotgan ayol ba qizlar soni har qachongidan ham koʻproq boʻlsada, yetakchi ayollarni yanada koʻproq ragʻbatlantirish gender tengligiga erishishga yordam beradi.
77
sent
Ayollar erkaklar bilan bir xil ish uchun har bir dollarga atigi 77 sent olishadi.
3
dan 1 nafari
Ayollarning 35 foizi jismoniy va/yoki jinsiy zo‘ravonlikka uchragan.
13
foiz
Ayollar qishloq xo‘jaligi yer egalari orasida atigi 13 foizni tashkil etadi.
750
million
Bugungi kunda yer yuzida yashayotgan deyarli 750 million ayol va qiz 18 yoshga to‘lmasdan turmushga chiqqan.
3
dan 2 qismida
Rivojlanayotgan mamlakatlarning uchdan ikki qismida boshlang‘ich ta’limda jinsiy tenglikka erishilgan.
24
foiz
2018-yil noyabr holatiga ko‘ra, milliy parlament a’zolarining atigi 24 foizini ayollar tashkil etgan, bu esa 1995-yildagi 11,3 foizga nisbatan biroz o‘sishni ko‘rsatadi.
Maqsadli koʻrsatkichlar
- Butun dunyoda xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish.
- Davlat va xususiy sohalarda xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllariga, jumladan odam savdosi, jinsiy va boshqa ekspluatatsiya turlariga barham berish.
- Bolalar oʻrtasidagi, erta va majburiy nikohlar hamda xotin-qizlar jinsiy aʼzolarini kesish kabi barcha zararli amaliyotlarga barham berish.
- Davlat xizmatlari, infratuzilma va ijtimoiy himoya siyosati hamda uy xoʻjaligi va oilada umumiy masʼuliyatni milliy meʼyorlarga muvofiq ravishda ragʻbatlantirish orqali haq toʻlanmaydigan parvarishlash va uy ishlarini eʼtirof etish va qadrlash.
- Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qaror qabul qilishning barcha darajalarida xotin-qizlarning toʻliq va samarali ishtirokini hamda yetakchilik uchun teng imkoniyatlarni taʼminlash.
- Aholishunoslik va rivojlanish boʻyicha xalqaro konferensiyaning Harakatlar dasturi va Pekin Harakatlar platformasi hamda ularning tahliliy konferensiyalari yakuniy hujjatlariga muvofiq, kelishilgan jinsiy va reproduktiv salomatlik xizmatlari va reproduktiv huquqlardan barcha foydalanishini taʼminlash.
- Milliy qonunlarga muvofiq, ayollarga iqtisodiy resurslar, shuningdek, yer va boshqa mulk shakllari, moliyaviy xizmatlar, meros va tabiiy resurslar ustidan egalik qilish va nazorat qilishda teng huquqlarni taqdim etish boʻyicha islohotlarni amalga oshirish.
- Xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga koʻmaklashish uchun qulay texnologiyalar, xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni kyengaytirish.
- Gender tengligini taʼminlash va barcha darajalarda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish uchun samarali dastur va strategiyalar hamda qonunlarni qabul qilish va amaldagilarini mustahkamlash.
Barqaror rivojlanish maqsadlari amalda
6-maqsad
Toza suv va sanitariya
Suv tanqisligi insoniyatning 40 foizidan ko‘prog‘iga ta’sir qilayotgan bo‘lib, bu tashvishli ko‘rsatkich harorat oshishi bilan ko‘tarilishi bashorat qilinmoqda. 1990-yildan buyon 2,1 milliard nafar odamning sanitariya sharoitlari yaxshilangan bo‘lsa-da, kamayib borayotgan ichimlik suvi zaxiralari barcha qit’alarga ta’sir ko‘rsatmoqda.
Suv taqchilligini boshdan kechirayotgan mamlakatlar soni ortmoqda, qurg‘oqchilik va cho‘llanishning kuchayishi esa bu tendensiyalarni yanada keskinlashtirmoqda. 2050-yilga kelib, kamida har to‘rt odamdan biri suv tanqisligidan aziyat chekishi taxmin qilinmoqda.
2030-yilga qadar barchani xavfsiz va arzon ichimlik suvi bilan ta’minlash bizdan tegishli infratuzilmaga investitsiyalar kiritish, sanitariya sharoitlarini ta’minlash va gigiyenani rag‘batlantirishni talab etadi. Suv bilan bog‘liq ekotizimlarni himoya qilish va tiklash muhim ahamiyatga ega.
Barchani xavfsiz va arzon ichimlik suvi bilan ta’minlash asosiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan 800 milliondan ziyod odamni qamrab olishi va ikki milliarddan ziyod odamga xizmatlardan foydalanish imkoniyati va xavfsizligini oshirishni nazarda tutadi.
2015-yilda 4,5 milliard odam xavfsiz sanitariya xizmatlari (axlat yetarli darajada utilizatsiya qilinadigan yoki tozalanadigan tizim), 2,3 milliard odam esa oddiy sanitariya-gigiyena sharoitlariga ega emas edi.
5.2
milliard
2015-yilda dunyo aholisining 71 foizi, ya’ni 5,2 milliard kishi xavfsiz boshqariladigan ichimlik suvi bilan ta’minlangan edi, biroq 844 million kishi hatto eng oddiy ichimlik suvidan ham mahrum edi.
2.9
milliard
2015-yilda dunyo aholisining 39 foizi, ya’ni 2,9 milliard kishi xavfsiz sanitariya sharoitiga ega bo‘lgan, biroq 2,3 milliard kishi hali ham oddiy sanitariya xizmatlaridan mahrum edi. 892 million kishi esa ochiq joyda hojatxonalardan foydalanmoqda.
80
foizi
Oqova suvlarning 80 foizi yetarlicha tozalanmasdan suv havzalariga chiqariladi.
2
milliard
Suv tanqisligi 2 milliarddan ortiq kishiga ta’sir ko‘rsatmoqda va bu raqam kelajakda yanada oshishi kutilmoqda.
80
foiz
Dunyo mamlakatlarining 80 foizi suv resurslarini kompleks boshqarish bo‘yicha asosiy poydevorlarni yaratgan.
70
foiz
So‘nggi bir asr ichida dunyo o‘zining tabiiy botqoqliklarining 70 foizini yo‘qotdi.
Maqsadli koʻrsatkichlar
- 2030-yilga qadar barcha xavfsiz va arzon ichimlik suvidan universal va teng darajada foydalanishiga erishish.
- 2030-yilga qadar xotin-qizlar va himoyaga muhtoj vaziyatlarda boʻlganlarning ehtiyojlariga alohida eʼtibor qaratgan holda barcha uchun yetarli va adolatli sanitariya va gigiyena xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash hamda ochiq defekatsiyaga barham berish.
- 2030-yilga qadar ifloslanishni kamaytirish, zararli kimyoviy moddalar va materiallarning tashlab yuborilishini bartaraf etish hamda tashlanmalar hajmini minimal darajaga tushirish, tozalanmagan oqava suvlar ulushini ikki baravarga kamaytirish hamda global miqyosda qayta ishlash va xavfsiz qayta foydalanishni sezilarli darajada oshirish orqali suv sifatini yaxshilash.
- 2030-yilga qadar barcha tarmoqlarda suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish hamda suv tanqisligi muammosini hal etish va suv tanqisligidan aziyat chekayotgan odamlar sonini sezilarli darajada kamaytirish uchun chuchuk suvni tabiat uchun bezarar tarzda tortib olish va yetkazib berishni taʼminlash.
- 2030-yilga qadar suv resurslarini barcha darajalarda, jumladan, zarur holatlarda transchegaraviy hamkorlik orqali kompleks boshqarishni amalga oshirish.
- 2020-yilga qadar suv bilan bogʻliq ekotizimlarni, jumladan, togʻlar, oʻrmonlar, suv-botqoq yerlar, daryolar, suvli qatlamlar va koʻllarni himoya qilish va tiklashni taʼminlash.
- 2030-yilga qadar xalqaro hamkorlikni kengaytirish va rivojlanayotgan mamlakatlarning suv va sanitariya bilan bogʻliq tadbirlar hamda dasturlar, jumladan, suvni toʻplash, tuzsizlantirish, suvdan foydalanish samaradorligi, oqava suvlarni tozalash, qayta ishlash va qayta foydalanish texnologiyalari boʻyicha salohiyatini oshirishni qoʻllab-quvvatlash.
- Suv taʼminoti va sanitariya tizimi boshqaruvini yaxshilashda mahalliy hamjamiyatlarning ishtirokini qoʻllab-quvvatlash va kuchaytirish.
Barqaror rivojlanish maqsadlari amalda
7-maqsad
Arzon va toza energiya
2000-yildan 2018-yilgacha boʻlgan davrda elektr energiyasidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlganlar soni 78 foizdan 90 foizga oʻsib, elektr energiyasidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlmaganlar soni 789 million nafarga kamaydi.
Biroq aholi soni oʻsishda davom etar ekan, arzon energiyaga boʻlgan talab ham ortib, qazib olinadigan yoqilgʻiga tayangan iqtisodiyot sayoramiz iqlimida keskin oʻzgarishlarni keltirib chiqarmoqda.
Agar 2030-yilga qadar 7-BRMga erishmoqchi boʻlsak, quyosh, shamol va issiqlik energetikasiga investitsiya kiritish, energiya mahsuldorligini oshirish va barchani energiya bilan taʼminlash juda muhim.
Barcha mamlakatlarda toza va samarali energiya bilan taʼminlash uchun infratuzilmani kengaytirish va texnologiyalarni modernizatsiya qilish oʻsishni ragʻbatlantiradi va atrof-muhitga nisbatan zararni kamaytiradi.
10
foiz
Har 10 kishidan biri hali ham elektr energiyasidan mahrum, ularning aksariyati rivojlanayotgan mamlakatlarning qishloq hududlarida yashaydi. Ulardan yarmi esa Sahroi Kabirning janubiy qismida joylashgan Afrikada istiqomat qiladi.
73
foiz
Energetika sohasi hozircha iqlim o‘zgarishining eng katta omili hisoblanadi. Inson faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan issiqxona gazlarining 73 foizi aynan shu soha hissasiga to‘g‘ri keladi.
40
foiz
Energiya samaradorligi hal qiluvchi omildir; to‘g‘ri siyosatlar joriy etilsa, yangi texnologiyalarsiz ham dunyo iqlim maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan issiqxona gazlari chiqindilarining 40 foizidan ortig‘ini kamaytirish mumkin bo‘ladi.
2.8
milliard
Dunyo aholisining deyarli uchdan bir qismi — 2,8 milliard kishi — ovqat tayyorlashda sog‘liq uchun zararli va atrof-muhitni ifloslantiruvchi yoqilg‘ilardan foydalanadi.
17.5
foiz
2017-yil holatiga ko‘ra, dunyodagi elektr energiyasining 17,5 foizi qayta tiklanadigan manbalar orqali ishlab chiqarilgan.
18
million
2019-yilda qayta tiklanadigan energiya sohasi rekord darajada — 11,5 million kishini ish bilan ta’minladi. Parij bitimi doirasida global harorat ko‘tarilishini 2°C dan past darajada ushlab turish maqsadida zarur bo‘lgan energiya ishlab chiqarish va iste’molidagi o‘zgarishlar 18 millionta yangi ish o‘rni yaratishi mumkin.
Maqsadli koʻrsatkichlar
2030-yilga qadar barcha uchun arzon, ishonchli va zamonaviy energiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash.
2030-yilga qadar qayta tiklanadigan energiya manbalarining global energetika balansidagi ulushini sezilarli darajada oshirish.
2030-yilga qadar energiyadan foydalanish samaradorligini oshirishning global sur’atini ikki baravar oshirish
2030-yilga qadar toza energiya sohasidagi tadqiqot va texnologiyalar, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalari, energiyadan foydalanish samaradorligi va qazilma yoqilg‘idan foydalanishning ilg‘or va toza texnologiyalari joriy etilishini osonlashtirish uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda energetika infratuzilmasi va toza energiya texnologiyalariga investitsiya kiritishni rag‘batlantirish.
2030-yilga qadar rivojlanayotgan mamlakatlar, xususan, eng kam rivojlangan mamlakatlar, rivojlanayotgan kichik orol davlatlari va dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlardagi barcha odamlarga uchun zamonaviy va barqaror energetika xizmatlarini taqdim etish uchun infratuzilmani kengaytirish va texnologiyalarni modernizatsiya qilish.
Barqaror rivojlanish maqsadlari amalda
8-maqsad
Munosib ish oʻrinlari va iqtisodiy oʻsish
So‘nggi 25-yilda 2008-yilgi iqtisodiy inqiroz va global tanazzulning davomli ta’siriga qaramay, favqulodda kambag‘allikda yashovchi ishchilar soni keskin kamaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda hozirgi kunda o‘rta sinf jami band aholining 34 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etib, bu raqam 1991-2015-yillar oralig‘ida deyarli uch baravar ko‘paygan.
Biroq global iqtisodiyot tiklanishda davom etar ekan, biz o‘sishning sekinlashishini, tengsizlikning kuchayishini va o‘sib borayotgan ishchi kuchi bandligini ta’minlash uchun ish o‘rinlari yetarli emasligini ko‘rmoqdamiz. Xalqaro mehnat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yilda 204 million nafardan ziyod kishi ishsiz bo‘lgan.
BRMlar barqaror iqtisodiy o‘sish, samaradorlikni oshirish va texnologik innovatsiyalarni joriy etishga yordam beradi. Bunda tadbirkorlikni rag‘batlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish, majburiy mehnat, qullik va odam savdosiga barham berishga qaratilgan samarali chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqsadli ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda, maqsad 2030-yilga qadar barcha xotin-qizlar va erkaklar uchun to‘liq va unumdor bandlik va munosib ish o‘rinlarini yaratishga erishishdir.
5
foiz
2018-yilda dunyo bo‘ylab taxminan 172 million kishi ishsiz bo‘lgan — bu 5 foizlik ishsizlik darajasini tashkil etadi.
1
million
Mehnat bozorining kengayib borishi natijasida har yili ishsizlar soni 1 millionga oshib borishi kutilmoqda va 2020-yilga kelib bu raqam 174 millionga yetadi.
700
million
2018-yilda taxminan 700 million ishchi kuniga 3,20 AQSh dollaridan kam daromad bilan og‘ir yoki o‘rtacha kambag‘allikda yashagan.
48
foiz
2018-yilda ayollarning mehnat bozoridagi ishtiroki 48 foizni tashkil qilgan, bu ko‘rsatkich erkaklar orasida 75 foiz bo‘lgan. 2018-yilda mehnat bozoridagi 3,5 milliard kishining taxminan uchdan ikki qismini erkaklar tashkil etgan.
2
milliard
Umuman olganda, 2016-yilda 2 milliard ishchi norasmiy bandlikda bo‘lgan bo‘lib, bu butun dunyo ishchi kuchining 61 foizini tashkil etgan.
85
million
Mehnat bozorida to‘liq foydalanilmayotganlar orasida ayollar soni erkaklarga nisbatan ancha ko‘p — 85 million ayolga nisbatan 55 million erkak.
Maqsadli koʻrsatkichlar
Milliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, aholi jon boshiga iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, xususan, eng kam rivojlangan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning yiliga kamida 7 foizga o‘sishini ta’minlash.
Diversifikatsiya, texnologik modernizatsiya va innovatsiyalarni joriy etish, jumladan, yuqori qo‘shilgan qiymat va ko‘p mehnat talab qiladigan tarmoqlarga alohida e’tibor qaratish orqali yuqori iqtisodiy mahsuldorlikka erishish.
Mahsuldor faoliyat, munosib ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlik, ijodkorlik va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlaydigan rivojlanishga yo‘naltirilgan siyosatni ilgari surish hamda mikro, kichik va o‘rta korxonalarni yaratish va o‘sishini, shu jumladan moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishini rag‘batlantirish.
Barqaror iste’mol va ishlab chiqarish bo‘yicha 10-yillik dasturlarga muvofiq, 2030-yilga qadar iste’mol va ishlab chiqarishda resurslardan foydalanishning global samaradorligini bosqichma-bosqich oshirish va iqtisodiy o‘sish atrof-muhit holatining yomonlashishiga olib kelmasligiga harakat qilish. Bunda rivojlangan mamlakatlar yetakchilik vazifasini bajarishi lozim.
2030-yilga qadar barcha ayollar va erkaklar, jumladan, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘liq va unumdor bandlikka hamda munosib mehnatga, shu bilan birga, teng qiymatdagi mehnatga teng haq to‘lashga erishish.
2020-yilga qadar ishlamayotgan, o‘qimayotgan va kasbiy malakalarni egallamayotgan yoshlarning ulushini sezilarli darajada kamaytirish.
Majburiy mehnat, qullikning zamonaviy ko‘rinishlari va odam savdosiga barham berish, bolalar mehnatining eng yomon shakllarini, jumladan, bolalarni askarlikka yollash va ulardan foydalanishni taqiqlash va barham berishni ta’minlash hamda 2025-yilga qadar bolalar mehnatining barcha shakllariga barham berish bo‘yicha shoshilinch va samarali choralar ko‘rish.
Mehnat huquqlarini himoya qilish va barcha ishchilar, shu jumladan mehnat migrantlari, xususan, migrant xotin-qizlar va barqaror ish o‘rniga ega bo‘lmaganlar uchun xavfsiz va ishonchli mehnat sharoitlarini yaratish.
2030-yilga qadar ish o‘rinlari yaratadigan hamda mahalliy madaniyat va mahsulotlarni targ‘ib qiladigan barqaror turizmni rivojlantirish siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Barcha uchun bank, sug‘urta va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilishini rag‘batlantirish va kengaytirish uchun mahalliy moliya institutlarining salohiyatini mustahkamlash.
Rivojlanayotgan mamlakatlarga, xususan, eng kam rivojlangan mamlakatlarga, shu jumladan, Eng kam rivojlangan mamlakatlarga savdo sohasida texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha kengaytirilgan kompleks hadli dastur orqali savdo sohasidagi yordamni kuchaytirish.
2020-yilga qadar yoshlar bandligi sohasida global strategiyani ishlab chiqish va tatbiq etish hamda Xalqaro mehnat tashkilotining Ish o‘rinlari to‘g‘risidagi global paktini amalga oshirish.
Barqaror rivojlanish maqsadlari amalda
9-maqsad
Sanoatlashtirish, innovatsiyalar va infratuzilma
Infratuzilma va innovatsiyalarga kiritiladigan investitsiyalar iqtisodiy o‘sish va rivojlanishning muhim omillari hisoblanadi. Bugungi kunda dunyo aholisining yarmidan ko‘prog‘i shaharlarda istiqomat qilar ekan, jamoat transporti va qayta tiklanadigan energiya manbalari, shuningdek, sanoatning yangi tarmoqlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘sishi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Texnologik taraqqiyot yangi ish o‘rinlarini yaratish va energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish kabi iqtisodiy va ekologik muammolarga ham doimiy yechim topish asosiy omilidir. Sanoatning barqaror tarmoqlarini rivojlantirish, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarga investitsiyalar kiritish barqaror rivojlanishga yordam berishning muhim usullari hisoblanadi.
To‘rt milliarddan ziyod odam hali ham Internetdan foydalanish imkoniyatiga ega emas va ularning 90 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi. Ushbu raqamli tafovutni bartaraf etish axborot va bilimlardan teng foydalanish imkoniyatini ta’minlash, shuningdek, innovatsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega.
2.3
milliard
Dunyo bo‘ylab 2,3 milliard kishi asosiy sanitariya sharoitlariga ega emas.
40
foiz
Ba’zi kam daromadli Afrika mamlakatlarida infratuzilma bilan bog‘liq cheklovlar korxonalar unumdorligini qariyb 40 foizga pasaytiradi.
2.6
milliard
Rivojlanayotgan mamlakatlarda 2,6 milliard kishi doimiy elektr ta’minotiga ega emas.
90
foiz
Hali ham 4 milliarddan ortiq kishi internetga ulanmagan, ularning 90 foizi esa rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi.
2.3
million
Hozirda qayta tiklanadigan energiya sohalarida 2,3 milliondan ortiq kishi ishlamoqda; bu raqam 2030-yilga kelib 20 millionga yetishi mumkin.
30
foiz
Rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining atigi 30 foizi sanoat usulida qayta ishlanadi, holbuki yuqori daromadli mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 98 foizni tashkil etadi.
Maqsadli koʻrsatkichlar
Iqtisodiy rivojlanish va insonlar farovonligini qo‘llab-quvvatlash uchun sifatli, ishonchli, barqaror va chidamli infratuzilmani, jumladan, mintaqaviy va transchegaraviy infratuzilmani rivojlantirish, bunda arzon va barcha teng foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishiga alohida e’tibor qaratish.
Inklyuziv va barqaror sanoatlashtirishni rag‘batlantirish va 2030-yilga qadar sanoatning bandlik va yalpi ichki mahsulotdagi ulushini milliy sharoitlardan kelib chiqqan holda sezilarli darajada oshirish va eng kam rivojlangan mamlakatlarda uning ulushini ikki barobar oshirish.
Kichik sanoat va boshqa korxonalarning, xususan, rivojlanayotgan mamlakatlarda moliyaviy xizmatlardan, jumladan, arzon kreditlardan foydalanish imkoniyatlarini, ularning qiymat zanjiri va bozorlariga integratsiyalashuvini kengaytirish.
2030-yilga qadar infratuzilmani modernizatsiya qilish va resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda ekologik toza texnologiyalar va sanoat jarayonlarini keng joriy etish orqali sanoat tarmoqlari barqarorligini ta’minlash uchun ularni qayta jihozlash, bunda barcha mamlakatlar o‘z imkoniyatlariga muvofiq choralar ko‘rishini nazarda tutish.
Ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish, barcha, xususan, rivojlanayotgan mamlakatlarda, jumladan, 2030-yilga qadar innovatsiyalarni rag‘batlantirish va 1 million nafar odamga to‘g‘ri keladigan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik xodimlari sonini, davlat va xususiy tadqiqot va ishlanmalar xarajatlarini sezilarli darajada oshirish orqali sanoat tarmoqlarining texnologik salohiyatini yuksaltirish.
Afrika mamlakatlari, eng kam rivojlangan mamlakatlar, dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar va rivojlanayotgan kichik orol davlatlariga moliyaviy, texnologik va texnik yordamni kengaytirish orqali rivojlanayotgan mamlakatlarda barqaror va chidamli infratuzilmani rivojlantirishga ko‘maklashish.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda, jumladan, sanoatni diversifikatsiya qilish va tovarlarga qo‘shimcha qiymat qo‘shish uchun qulay siyosat muhitini ta’minlash orqali mahalliy texnologiyalarni rivojlantirish, tadqiqot va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirish va 2020-yilga qadar eng kam rivojlangan mamlakatlarda barcha odamlar uchun Internetdan arzon foydalanish imkoniyatini ta’minlashga intilish.
Barqaror rivojlanish maqsadlari amalda
10-maqsad
Tengsizlikni kamaytirish
Daromadlar tengsizligi ortib bormoqda – dunyo aholisining eng boy 10 foizi hissasiga global daromadlarning 40 foizigacha, eng kambag‘al 10 foizi hissasiga esa 2 foizdan 7 foizgacha to‘g‘ri kelmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda aholi o‘sishi tengsizligini hisobga oladigan bo‘lsak, tengsizlik 11 foizga oshgan.
So‘nggi o‘n yilliklarda daromadlar tengsizligi deyarli hamma joyda, ammo turli sur’atda oshdi. Bu ko‘rsatkich Yevropada eng past va Yaqin Sharqda eng yuqori.
Ortib borayotgan bunday tafovut kam daromadli shaxslarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish hamda jinsi, irqi yoki etnik kelib chiqishidan qat’i nazar, barchaning iqtisodiy integratsiyasiga yordam beradigan oqilona siyosat yuritilishini talab qiladi.
Daromadlar tengsizligi global yechimlarni nazarda tutadi. Bu, o‘z navbatida, moliya bozorlari va institutlarini tartibga solish va monitoringini takomillashtirish, ehtiyoj eng katta bo‘lgan mintaqalarga rivojlanish maqsadlaridagi yordam va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etishni rag‘batlantirishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, odamlarning xavfsiz migratsiyasi va harakatlanishini ta’minlash kengayib borayotgan tafovutni bartaraf etish yo‘lidagi muhim omillardan biri hisoblanadi.
22
foiz
2016-yilda dunyo bo‘yicha umumiy daromadning 22 foizi eng boy 1 foizlik qatlamga to‘g‘ri kelgan, eng kambag‘al 50 foizlik qatlam esa atigi 10 foiz daromad olgan.
16
foiz
1980-yilda eng boy 1 foiz aholining ulushi global daromadning 16 foizini tashkil qilgan, eng past 50 foizlik qatlam esa atigi 8 foiz daromadga ega bo‘lgan.
33
foiz
Iqtisodiy tengsizlik asosan kapitalning tengsiz taqsimlanganligi bilan bog‘liq. 1980-yildan beri deyarli barcha mamlakatlarda jamoat mulkidan xususiy mulkka katta hajmda o‘tkazmalar amalga oshirilgan. 2016-yilda dunyo boyligining 33 foizi eng boy 1 foizlik qatlamga to‘g‘ri kelgan.
39
foiz
Agar hozirgi holat o‘zgarishsiz davom etsa, 2050-yilga kelib dunyo boyligining 39 foizi eng boy 1 foiz aholining qo‘lida to‘planadi.
2
baravar
Ayollar o‘rtacha hisobda erkaklarga qaraganda ikki baravar ko‘proq vaqtni haq to‘lanmaydigan uy ishlariga sarflashadi.
60
foiz
Ayollar moliyaviy xizmatlardan erkaklar bilan teng darajada foydalanish imkoniyatiga baholangan davlatlarning atigi 60 foizida ega bo‘lsa, yer egalik huquqiga esa faqat 42 foizida ega bo‘lish imkoniyatiga ega.
Maqsadli koʻrsatkichlar
- 2030-yilga qadar aholining eng kam daromad topadigan 40 foizi daromadlarining milliy oʻrtacha koʻrsatkichdan yuqoriroq surʼatlarda bosqichma-bosqich oʻsishiga erishish va taʼminlash.
- 2030-yilga qadar yoshi, jinsi, nogironligi, irqi, millati, kelib chiqishi, dini yoki iqtisodiy yoki boshqa holatidan qatʼi nazar, barchaning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy integratsiyasini kengaytirish va ragʻbatlantirish.
- Kamsituvchi qonunlar, siyosat va amaliyotlarga barham berish va bu borada tegishli qonunchilik, dastur va chora-tadbirlarni ilgari surish orqali teng imkoniyatlarni taʼminlash tengsizlikni kamaytirish.
- Xususan, fiskal, ish haqi va ijtimoiy himoya sohasidagi siyosiy qarorlarni qabul qilish va bosqichma-bosqich tenglikka erishish.
- Jahon moliya bozorlari va institutlarini tartibga solish va monitoringini takomillashtirish hamda bunday meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishini mustahkamlash.
- Yanada samarali, ishonchli, masʼuliyatli va qonuniy institutlarni yaratish uchun rivojlanayotgan mamlakatlarning global xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlarda qarorlar qabul qilishdagi vakilligi va ishtirokini kengaytirish.
- Odamlarning tartibli, xavfsiz, muntazam va masʼuliyatli migratsiyasi va harakatlanishiga, shu jumladan rejalashtirilgan va samarali boshqariladigan migratsiya siyosatini amalga oshirish orqali yordam berish.
- Jahon savdo tashkiloti kelishuvlariga muvofiq, rivojlanayotgan mamlakatlar, xususan, eng kam rivojlangan davlatlar uchun alohida va differensiallashgan rejim tamoyilini joriy etish.
- Ehtiyoj eng katta boʻlgan davlatlarga, xususan, eng kam rivojlangan davlatlar, Afrika mamlakatlari, rivojlanayotgan kichik orol davlatlari va dengizga chiqish imkoniyati boʻlmagan rivojlanayotgan mamlakatlarga, ularning milliy reja va dasturlariga muvofiq, rivojlanish maqsadlaridagi rasmiy yordam va moliyaviy oqimlarni, shu jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oqimini ragʻbatlantirish
- 2030-yilga qadar migrantlar pul oʻtkazmalarining tranzaksiya xarajatlarini 3 foizdan kamroqqa kamaytirish va xarajatlari 5 foizdan yuqori boʻlgan pul oʻtkazmalari yoʻlaklarini yoʻq qilish.
Barqaror rivojlanish maqsadlari amalda
Goal 11
Barqaror shaharlar va aholi yashash joylari
Dunyo aholisining yarmidan ko‘pi shaharlarda yashaydi. 2050-yilga borib, butun insoniyatning uchdan ikki qismi - 6,5 milliard nafar odam shaharlarda istiqomat qiladi. Shaharlarimizni qurish va boshqarish uslubini sezilarli darajada o‘zgartirmasdan turib barqaror rivojlanishga erishib bo‘lmaydi.
Shaharlarning jadal o‘sishi - aholi sonining ko‘payishi va migratsiyaning kuchayishi natijasida - megapolislar, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda ko‘payib, xarobalar esa shahar hayotining tobora sezilarliroq xususiyatiga aylanib bormoqda.
Shaharlarning barqaror bo‘lishini ta’minlash - bu lavozimda ko‘tarilish va biznes uchun imkoniyatlar yaratish, xavfsiz va arzon turar-joylar qurish, barqaror jamiyat va iqtisodiyotlarni yaratish demakdir. O‘z navbatida, bularning bari jamoat transportiga investitsiya kiritish, yashil jamoat makonlarini yaratish, shaharsozlik va boshqaruvni keng ishtirokchilikka asoslangan va inklyuziv usullarda takomillashtirishni nazarda tutadi.
4.2
milliard
2018-yilda 4,2 milliard kishi, ya’ni dunyo aholisining 55 foizi shaharlarda yashagan. 2050-yilga kelib shaharliklar soni 6,5 milliardga yetishi kutilmoqda.
3
foiz
Shaharlar Yer yuzasining atigi 3 foizini egallagan bo‘lsa-da, ular global energiya iste’molining 60–80 foizini va kamida 70 foiz karbonat angidrid chiqindilarini tashkil etadi.
828
million
Taxminan 828 million kishi nochor mahallalarda yashaydi va bu raqam ortib bormoqda.
33
shaharlar
1990-yilda 10 million yoki undan ortiq aholiga ega atigi 10 ta shahar bo‘lgan bo‘lsa, 2014-yilga kelib ularning soni 28 taga yetgan va 2018-yilga borib 33 taga yetishi kutilgan edi. Kelajakda esa har 10 ta megapolisdan 9 tasi rivojlanayotgan mamlakatlarda joylashgan bo‘ladi.
90
foiz
Kelajakdagi o‘n yilliklarda shaharlashuvning 90 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda yuz beradi.
80
foiz
Shaharlarning iqtisodiy roli katta ahamiyatga ega — ular dunyo yalpi ichki mahsulotining taxminan 80 foizini ishlab chiqaradi.
Maqsadli koʻrsatkichlar
2030 yilga qadar barcha uchun mos, xavfsiz va arzon turar-joy va asosiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash va xarobalarni obodonlashtirish.
2030-yilga qadar barcha uchun xavfsiz, arzon, qulay va barqaror transport tizimlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash, xususan, jamoat transporti ko‘lamini kengaytirish orqali yo‘l harakati xavfsizligini oshirish. Bunda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholi qatlamlari, xotin-qizlar, bolalar, nogironlar va qariyalar ehtiyojlariga alohida e’tibor qaratish.
2030-yilga qadar barcha mamlakatlarda inklyuziv va barqaror urbanizatsiya va aholi yashash joylarini keng ishtirokchilik asosida, kompleks va barqaror rejalashtirish va boshqarish imkoniyatlarini kengaytirish.
Jahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish va asrash bo‘yicha sa’y-harakatlarni faollashtirish.
2030-yilga qadar halok bo‘lganlar va jabrlanganlar sonini sezilarli darajada kamaytirish hamda tabiiy ofatlar, jumladan, suv bilan bog‘liq ofatlar natijasida yuzaga kelgan global yalpi ichki mahsulotdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy yo‘qotishlarni sezilarli darajada kamaytirish, bunda asosiy e’tiborni aholining kambag‘al qatlamlari va ijtimoiy himoyaga muhtoj odamlarni himoya qilishga qaratish.
2030-yilga qadar shaharlarning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish, shu jumladan havo sifati, maishiy va boshqa chiqindilarni boshqarish masalalariga alohida e’tibor qaratish.
2030-yilga qadar barcha uchun xavfsiz, inklyuziv va foydalanish qulay bo‘lgan yashil va jamoat joylaridan, xususan, xotin-qizlar va bolalar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun foydalanish imkoniyatini ta’minlash.
Milliy va mintaqaviy rivojlanishni rejalashtirishni mustahkamlash orqali shaharlar, shahar atrofidagi va qishloq hududlar o‘rtasidagi ijobiy iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik aloqalarni qo‘llab-quvvatlash.
2020-yilga qadar inklyuzivlik, resurslardan foydalanish samaradorligi, iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish, tabiiy ofatlarga chidamlilik bo‘yicha kompleks siyosat va rejalarni qabul qiladigan va amalga oshiradigan shaharlar va aholi punktlari sonini sezilarli darajada oshirish hamda, 2015-2030-yillar davomida tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Senday hadli dasturiga muvofiq, barcha darajalardagi tabiiy ofatlar xavfini kompleks boshqarish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Mahalliy materiallardan foydalangan holda barqaror va bardoshli binolar qurishda eng kam rivojlangan mamlakatlarni moliyaviy va texnik yordam orqali qo‘llab-quvvatlash.
Barqaror rivojlanish maqsadlari amalda
12-maqsad
Masʼuliyatli isteʼmol va ishlab chiqarish
Iqtisodiy o‘sish va barqaror rivojlanishga erishish uchun mahsulot va resurslarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish usullarini o‘zgartirish orqali ekologik izimizni zudlik bilan kamaytirishimiz kerak. Qishloq xo‘jaligi dunyodagi eng yirik suv iste’molchisi bo‘lib, bugungi kunda sug‘orish uchun odamlar tomonidan foydalaniladigan barcha chuchuk suvning 70 foizga yaqini ishlatilmoqda.
Umumiy tabiiy resurslarimizni samarali boshqarish, zaharli chiqindilar va ifloslantiruvchi moddalarni utilizatsiya qilish usullarimiz bu maqsadga erishish yo‘lidagi muhim vazifalardandir. Sanoat tarmoqlari, korxonalar va iste’molchilarni chiqindilarni qayta ishlash va hajmini kamaytirishga rag‘batlantirish, rivojlanayotgan mamlakatlarga 2030-yilga qadar yanada barqaror iste’mol modellariga o‘tishga yordam berish kabi muhim ahamiyatga ega.
Dunyo aholisining katta qismi oziq-ovqat mahsulotlarini o‘zining asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun ham yetmaydigan hajmda iste’mol qilmoqda. Chakana savdo va iste’molchilar darajasida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan oziq-ovqat chiqindilarini ikki baravar kamaytirish ham samaraliroq ishlab chiqarish va ta’minot zanjirlarini yaratish uchun muhim ahamiyatga ega. Bu oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga yordam berib, bizni resurslardan samaraliroq foydalaniladigan iqtisodiyotga o‘tkazish imkonini yaratadi.
1.3
milliard
Har yili 1,3 milliard tonna oziq-ovqat isrof qilinadi, shu bilan birga deyarli 2 milliard kishi ochlik yoki to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekadi.
22
percent
Oziq-ovqat sohasi umumiy issiqxona gazlari chiqindilarining taxminan 22 foizini tashkil etadi, bu asosan o‘rmonlarning qishloq xo‘jaligi yerlari uchun kesilishi hisobiga yuz beradi.
2
milliard
Butun dunyo bo‘ylab 2 milliard kishi ortiqcha vazn yoki semizlikdan aziyat chekadi.
3
foiz
Dunyo bo‘yicha mavjud suv zaxiralarining atigi 3 foizi ichimlikka yaroqli toza suvdir, va insoniyat uni tabiat tiklay oladigan tezlikdan ham tezroq iste’mol qilmoqda.
120
milliard $
Agar butun dunyo aholisi energiya tejamkor lampalardan foydalansa, har yili 120 milliard AQSh dollari tejab qolingan bo‘lardi.
5
dan bir qismi
2013-yilda dunyo bo‘yicha yakuniy energiya iste’molining beshdan bir qismi qayta tiklanadigan manbalardan olingan.
Maqsadli koʻrsatkichlar
Rivojlanayotgan mamlakatlarning rivojlanish darajasi va imkoniyatlarini hisobga olgan holda barqaror iste’mol va ishlab chiqarish bo‘yicha 10-yillik dasturlarni amalga oshirish. Bunda barcha mamlakatlar tegishli choralarni ko‘rishi, rivojlangan davlatlar esa yetakchilik vazifasini olishi lozim.
2030-yilga qadar tabiiy resurslarni barqaror boshqarish va ulardan samarali foydalanishga erishish.
2030-yilga qadar chakana savdo va iste’molchilar darajasida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan oziq-ovqat chiqindilari hajmini ikki baravar kamaytirish hamda ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirlarida oziq-ovqat yo‘qotishlarini, shu jumladan hosildan keyingi yo‘qotishlarni kamaytirish.
2020-yilga qadar kimyoviy moddalar va barcha chiqindilarning inson salomatligi va atrof-muhitga salbiy ta’sirini minimallashtirish maqsadida, kelishilgan xalqaro me’yorlarga muvofiq, kimyoviy moddalarning butun hayoti davomida ularning ekologik jihatdan to‘g‘ri boshqarilishiga erishish hamda ularning havo, suv va tuproqqa tashlanishini sezilarli darajada kamaytirish.
2030-yilga qadar chiqindilar hosil bo‘lishining oldini olish, hajmini kamaytirish, qayta ishlash va qayta ishlatish orqali chiqindilar hosil bo‘lishini sezilarli darajada kamaytirish.
Kompaniyalarni, ayniqsa yirik va transmilliy kompaniyalarni barqaror amaliyotlarni joriy etishga va barqaror rivojlanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hisobot davriga kiritishga undash.
Milliy siyosat va ustuvor yo‘nalishlarga muvofiq, barqaror davlat xaridlari amaliyotini ilgari surish.
2030-yilga qadar butun dunyodagi odamlar barqaror rivojlanish va tabiat bilan uyg‘un turmush tarzi to‘g‘risidagi tegishli ma’lumot va xabardorlikka ega bo‘lishini ta’minlash.
Iste’mol va ishlab chiqarishning barqaror modellariga o‘tish uchun ilmiy va texnologik salohiyatini mustahkamlashda rivojlanayotgan mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash.
Ish o‘rinlari yaratadigan hamda mahalliy madaniyat va mahsulotlarni targ‘ib qiladigan barqaror turizmning barqaror rivojlanishga nisbatan ta’sirini monitoring qilish vositalarini ishlab chiqish va joriy etish.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning o‘ziga xos ehtiyojlari va sharoitlarini to‘liq hisobga olgan holda, aholining kambag‘al qatlamlari va zarar yetkazilgan hamjamiyatlarni himoya qilish uchun ularga salbiy ta’sir o‘tkazadigan omillarni minimallashtirish orqali, milliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, bozordagi beqarorliklarni bartaraf etish, shu jumladan, soliqqa tortish tizimini restrukturizatsiya qilish va qazib olinadigan yoqilg‘ining atrof-muhitga ta’sirini aks ettirish uchun qazib olinadigan yoqilg‘i subsidiyalarini bosqichma-bosqich bekor qilish orqali isrofgarchilikni rag‘batlantiradigan samarasiz zararli subsidiyalarni kamaytirish;
Barqaror rivojlanish maqsadlari amalda
13-maqsad
Iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish
Iqlim o‘zgarishining keskin oqibatlarini boshdan kechirmayotgan mamlakat yo‘q. Issiqxona gazlari tashlanmalari 1990-yilga nisbatan 50 foizdan ko‘proqqa ortdi. Global isish iqlim tizimimizda uzoq muddatli o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda, va agar biz qarshi choralar ko‘rmasak, qaytarilmas oqibatlar kelib chiqadi.
Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq ofatlardan kyeladigan yillik o‘rtacha iqtisodiy yo‘qotishlar yuzlab milliard dollarni tashkil etmoqda. Bu yerda 91 foiz iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan va 1998-2017-yillar oralig‘ida 1,3 million nafar odamning o‘limiga va 4,4 milliard nafar odamning jarohatlanishiga sabab bo‘lgan geofizik ofatlarning insoniyatga ta’siri to‘g‘risida gapirmasa ham bo‘ladi. Maqsad - 2020-yilgacha rivojlanayotgan mamlakatlarning iqlim o‘zgarishiga moslashish va kam uglerodli rivojlanishga investitsiya kiritish bo‘yicha ehtiyojlarini qondirish uchun har yili 100 milliard AQSH dollarini jalb qilishdan iborat.
Xavf ostidagi mintaqalarni qo‘llab-quvvatlash nafaqat 13-maqsadga, balki boshqa BRMlarga erishiga ham bevosita hissa qo‘shadi. Ushbu harakatlar, shuningdek, tabiiy ofatlar xavfinii kamaytirish choralari, tabiiy resurslarni barqaror boshqarish va inson xavfsizligi masalasini milliy rivojlanish strategiyalariga kiritishga qaratilgan sa’y-harakatlar bilan birga olib borilishi kerak. Hali ham kuchli siyosiy iroda mavjud bo‘lgan, investitsiyalar hajmi orttirilgan va mavjud texnologiyalardan foydalangan holatda, global o‘rtacha harorat o‘sishini sanoat davrigacha bo‘lgan darajadan 2 °S yuqori bo‘lishiga cheklash va 1,5 °S ga tushirishni maqsad qilib belgilash mumkin, ammo buning uchun shoshilinch va keng ko‘lamli jamoaviy harakatlar talab etiladi.
+1°
Selsiy
2017-yil holatiga ko‘ra, insoniyat sanoat davrigacha bo‘lgan darajaga nisbatan global isishni taxminan 1,0°C ga oshirgan.
+20
sm
1880-yildan buyon dengiz sathining balandligi taxminan 20 sm (8 dyuym) ga oshgan, va 2100-yilgacha yana 30–122 sm (1 dan 4 futgacha) ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.
2050
yilgacha
Global isishni 1,5°C darajada cheklash uchun, 2010-yildan 2030-yilgacha bo‘lgan davrda CO₂ chiqindilari 45 foizga kamaytirilishi, va 2050-yilga borib nol darajaga yetkazilishi lozim.
1/3
qismi
Parij bitimi doirasidagi iqlim bo‘yicha va’dalar global isishni 2°C darajadan pastda ushlab turish uchun zarur bo‘lgan issiqxona gazlari chiqindilarining atigi uchdan bir qismini qoplaydi.
26
trillion $
Jasoratli iqlim choralari 2030-yilgacha kamida 26 trillion AQSh dollari miqdorida iqtisodiy foyda keltirishi mumkin.
18
million
Faqatgina energetika sohasining o‘zi 2030-yilgacha barqaror energiya yo‘nalishida taxminan 18 million yangi ish o‘rni yaratadi.
Maqsadli koʻrsatkichlar
- Barcha mamlakatlarda iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq xavf-xatarlar va tabiiy ofatlarga chidamlilik va moslashish salohiyatini kuchaytirish.
- Iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni milliy siyosat, strategiya va rejalashtirishga kiritish.
- Iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, unga moslashish, taʼsirini kamaytirish va erta ogohlantirish boʻyicha taʼlim va xabardorlikni oshirish tizimini hamda inson va institutsional salohiyatni takomillashtirish.
- Iqlim oʻzgarishi oqibatlarini samarali yumshatish boʻyicha chora-tadbirlar va amalga oshirishning shaffofligi nuqtayi nazaridan, rivojlanayotgan mamlakatlarning ehtiyojlarini qondirish va Yashil iqlim jamgʻarmasini kapitallashtirish orqali uni imkon qadar tezroq toʻliq ishga tushirish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi hadli konvensiyasining rivojlangan ishtirokchi davlatlari tomonidan 2020-yilga qadar barcha manbalar hisobidan har yili 100 milliard dollarni birgalikda jalb qilish boʻyicha qabul qilingan majburiyatning bajarilishiga erishish.
- Eng kam rivojlangan mamlakatlar va rivojlanayotgan kichik orol davlatlarda iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq samarali rejalashtirish va boshqarish salohiyatini oshirish mexanizmlarini, shu jumladan ayollar, yoshlar, mahalliy va marginal jamoalarga alohida eʼtibor qaratish orqali ilgari surish.
Barqaror rivojlanish maqsadlari amalda
14-maqsad
Dengiz ekotizimlarini asrash
Dunyo okeanlari - ularning harorati, kimyosi, oqimlari va hayoti - Yerni insoniyat uchun yashashga yaroqli qiladigan global tizimlarni boshqaradi. Ushbu muhim resursni boshqarish usulimiz butun insoniyat va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini muvozanatlash uchun juda muhimdir.
Uch milliarddan ortiq odamning tirikchilik manbalari dengiz va qirg‘oqbo‘yi hududlarning biologik xilma-xilligiga bog‘liq. Biroq bugungi kunda dunyodagi baliq zaxiralarining 30 foizi haddan tashqari ekspluatatsiya qilinayotgani va ular barqaror hosil beradigan darajadan kamayib ketganini ko‘rmoqdamiz.
Okeanlar, shuningdek, odamlar tomonidan ishlab chiqarilgan karbonat angidridning, taxminan, 30 foizini yutadi va biz sanoat inqilobi boshlanganidan beri okeanlardagi oksidlanish darajasi 26 foizga oshganini ko‘rmoqdamiz. Dengiz muhitining ifloslanishi xavotirli darajaga yetmoqda va bunga asosan quruqlikdan kelib tushayotgan chiqindilar sabab bo‘lmoqda - okeanning har kvadrat kilometriga, o‘rtacha, 13 000 dona plastik chiqindi to‘g‘ri kelishi buning yaqqol isboti.
BRMlar dengiz va qirg‘oqbo‘yi ekotizimlarini barqaror boshqarish va ularni ifloslanishdan himoya qilishga, shuningdek, okeanlarning oksidlanishi oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan. Xalqaro huquq vositasida okean resurslarini asrash va ulardan barqaror foydalanishni kengaytirish ham okeanlarimiz oldida turgan ayrim muammolarni yumshatishga yordam beradi.
99
foiz
Okean Yer yuzasining to‘rtdan uch qismini qamrab oladi va hajm jihatidan sayyoramizdagi yashash maydonining 99 foizini tashkil etadi.
200
ming
Okeanlarda hozirgacha aniqlangan taxminan 200 000 tur mavjud, biroq haqiqiy soni millionlab bo‘lishi mumkin.
40
foiz
Okeanlarning qariyb 40 foizi ifloslanish, baliq zaxiralarining kamayishi, qirg‘oqbo‘yi muhitining yo‘qolishi va boshqa insoniy faoliyatlar tufayli jiddiy zarar ko‘rgan.
30
foiz
Okean insoniyat tomonidan chiqarilgan karbonat angidridning taxminan 30 foizini o‘ziga singdiradi va shu orqali global isishning salbiy ta’sirini yumshatadi.
3
milliard
3 milliarddan ortiq kishi tirikchiligi uchun dengiz va qirg‘oqbo‘yi biologik xilma-xilligiga tayanadi.
3
trillion $
Dengiz va qirg‘oqbo‘yi resurslari hamda sanoat tarmoqlarining bozor qiymati yiliga taxminan 3 trillion AQSh dollariga baholanadi, bu esa global YAIMning qariyb 5 foizini tashkil etadi.
Maqsadli koʻrsatkichlar
- 2025-yilga qadar dengiz muhitining barcha turlari quruqlikdagi faoliyat natijasida dengiz chiqindilari va ozuqaviy moddalar tufayli ifloslanishining oldini olish va sezilarli darajada kamaytirish.
- 2020-yilga qadar jiddiy salbiy taʼsirlarning oldini olish uchun dengiz va qirgʻoqboʻyi ekotizimlarini, jumladan ularning chidamliligini oshirish hamda okeanlar sogʻlom va mahsuldor boʻlishiga erishish uchun ularni qayta tiklash choralarini koʻrish orqali barqaror boshqarish va himoya qilish.
- Okeanlar oksidlanishi taʼsirini, jumladan barcha darajadagi ilmiy hamkorlikni kuchaytirish orqali minimallashtirish va bartaraf etish.
- Baliq zaxiralarini imkon qadar qisqa muddatda, hech boʻlmaganda, ularning biologik xususiyatlariga koʻra belgilangan maksimal barqaror hosildorlik darajasiga yetkazish uchun 2020-yilga qadar baliq ovlashni samarali tartibga solish va ortiqcha baliq ovlash, noqonuniy, hisobot berilmagan va tartibga solinmagan baliq ovlash va halokatli baliq ovlash amaliyotiga barham berish hamda ilmiy asoslangan boshqaruv rejalarini joriy etish.
- 2020-yilga qadar milliy va xalqaro qonunchilikka muvofiq hamda mavjud eng ishonchli ilmiy maʼlumotlarga asoslanib, qirgʻoqboʻyi va dengiz hududlarining kamida 10 foizini asrab qolish.
- 2020-yilga qadar baliq yetishtirishning ortiqcha quvvatlari va haddan tashqari baliq ovlashga hissa qoʻshadigan baliqchilik subsidiyalarining ayrim shakllarini taqiqlash, noqonuniy, hisobot berilmaydigan va tartibga solinmagan baliq ovlashga hissa qoʻshadigan subsidiyalarni bekor qilish va bunday yangi subsidiyalarni joriy etishdan voz kechish, rivojlanayotgan va eng kam rivojlangan mamlakatlar uchun tegishli va samarali maxsus va differensiallashgan rejimlar Jahon savdo tashkilotining baliqchilikni subsidiyalash toʻgʻrisidagi muzokaralarga kiritilishi kerakligini tan olish.
- 2030-yilga qadar rivojlanayotgan kichik orol davlatlari va eng kam rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy daromadlarini dengiz resurslaridan barqaror foydalanish, jumladan, baliqchilik, akvakultura va turizmni barqaror boshqarish orqali oshirish.
- Okean salomatligini yaxshilash va dengiz biologik xilma-xilligining rivojlanayotgan mamlakatlar, xususan, rivojlanayotgan kichik orol davlatlari va eng kam rivojlangan mamlakatlar rivojlanishiga qoʻshadigan hissasini oshirish maqsadida, Hukumatlararo okeanografiya komissiyasi mezonlari va dengiz texnologiyalarini taqdim etish boʻyicha rahbariy tamoyillarini hisobga olgan holda, ilmiy bilimlarni oshirish, tadqiqot salohiyatini rivojlantirish va dengiz texnologiyalarini taqdim etish.
- Kichik miqyosdagi baliqchilarning dengiz resurslari va bozorlariga kirish imkoniyatini taʼminlash.
- “Biz istayotgan kelajak” hujjatining 158-bandida koʻrsatib oʻtilganidek, okeanlar va ularning resurslarini asrash va ulardan barqaror foydalanish boʻyicha huquqiy asosni taʼminlaydigan BMTning Dengiz huquqi toʻgʻrisidagi konvensiyasida aks ettirilgan xalqaro huquq qoidalarini joriy etish orqali okeanlar va ularning resurslarini asrash va ulardan barqaror foydalanishni kengaytirish.
Barqaror rivojlanish maqsadlari amalda
15-maqsad
Quruqlikdagi ekotizimlarni asrash
Inson hayoti oziqlanish va daromad manbalari nuqtayi nazaridan okeanga qay darajada bog‘liq bo‘lsa, yerga ham shu darajada bog‘liq. O‘simliklar inson ratsionining 80 foizini ta’minlaydi va biz qishloq xo‘jaligiga muhim iqtisodiy resurs sifatida tayanamiz. O‘rmonlar yer yuzasining 30 foizini qoplagan bo‘lib, millionlab turlarni hayot uchun muhim yashash muhiti, toza havo va suvning muhim manbalari bilan ta’minlaydi, shuningdek, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Har yili 13 million gektar o‘rmonlar yo‘qolib ketmoqda, qurg‘oqchil yerlarning doimiy degradatsiyasi 3,6 milliard gektar maydonning cho‘llanishiga olib keldi va kambag‘al hamjamiyatlarga nomutanosib ravishda ta’sir ko‘rsatdi.
Yerning 15 foizi muhofaza ostiga olingan bo‘lsa-da, biologik xilma-xillik hali ham xavf ostida. 7000 ga yaqin hayvon va o‘simlik turlari noqonuniy savdo obyektlariga aylangan. Yovvoyi hayvonlar savdosi nafaqat biologik xilma-xillikka putur yetkazmoqda, balki ishonchsizlik muhitini keltirib chiqarib, nizolarni kuchaytirmoqda va korrupsiyani kuchaytirmoqda.
Umumiy merosimizning bir qismi bo‘lgan tabiiy yashash muhitlari va biologik xilma-xillik yo‘qolib borishini kamaytirish hamda global oziq-ovqat va suv xavfsizligi, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish, tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash uchun shoshilinch choralar ko‘rish lozim.
1.6
milliard
Taxminan 1,6 milliard kishi o‘rmonlardan o‘z tirikchiligi uchun foydalanadi.
80
foiz
O‘rmonlar quruqlikda yashovchi hayvonlar, o‘simliklar va hasharotlarning 80 foizidan ortig‘iga yashash joyi bo‘lib xizmat qiladi.
2.6
milliard
2,6 milliard kishi bevosita qishloq xo‘jaligi orqali tirikchilik qiladi.
33
foiz
Tabiatga asoslangan iqlim yechimlari 2030-yilgacha kerakli CO₂ kamaytirish hajmining taxminan uchdan bir qismini ta’minlashi mumkin.
125
trillion $
Ekotizimlarning inson farovonligi va tirikchiligi uchun qiymati yiliga 125 trillion AQSh dollariga baholanadi.
60-80
foiz
Tog‘li hududlar Yer yuzidagi toza ichimlik suvining 60–80 foizini ta’minlaydi.
Maqsadli koʻrsatkichlar
Xalqaro shartnomalar doirasidagi majburiyatlarga muvofiq, 2020-yilga qadar quruqlikdagi va ichki chuchuk suv ekotizimlari hamda ularning xizmatlaridan, xususan, o‘rmonlar, suv-botqoqliklar, tog‘lar va lalmikor yerlarni asrash, tiklash va ulardan barqaror foydalanishni ta’minlash.
2020-yilga qadar barcha turdagi o‘rmonlarni barqaror boshqarishni joriy etishga ko‘maklashish, o‘rmonlar kesilishini to‘xtatish, degradatsiyaga uchragan o‘rmonlarni tiklash va butun dunyo miqyosida o‘rmonzorlar barpo etish hamda o‘rmonlarni qayta tiklashni sezilarli darajada oshirish.
2030-yilga qadar cho‘llanishga qarshi kurashish, degradatsiyaga uchragan yer va tuproqni, shu jumladan cho‘llanish, qurg‘oqchilik va suv toshqinlaridan zarar ko‘rgan yerlarni tiklash va yer degradatsiyasidan xalos bo‘lgan dunyoga erishishga intilish.
2030-yilga qadar tog‘ ekotizimlarining barqaror rivojlanish uchun zarur bo‘lgan foyda va afzalliklarni taqdim etish imkoniyatlarini oshirish uchun tog‘ ekotizimlari, jumladan, ularning biologik xilma-xilligi asralishini ta’minlash.
Tabiiy yashash muhitlarining degradatsiyasini kamaytirish, biologik xilma-xillikning yo‘qolishini to‘xtatish va 2020-yilga qadar yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi turlarni himoya qilish va yo‘q bo‘lib ketishining oldini olish bo‘yicha shoshilinch va jiddiy choralar ko‘rish.
Xalqaro miqyosda kelishilganidek, genetik resurslardan foydalanish natijasida yuzaga keladigan foyda va afzalliklarning adolatli va teng taqsimlanishiga ko‘maklashish va bunday resurslardan to‘g‘ri foydalanishni rag‘batlantirish.
O‘simlik va hayvonot dunyosidagi muhofaza etiladigan turlarning noqonuniy ovlanishi va savdosiga chek qo‘yish hamda noqonuniy yovvoyi tabiat mahsulotlariga bo‘lgan talab va taklif bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rish.
2020-yilga qadar yer va suv ekotizimlariga invaziv begona turlar kirib kelishining oldini olish va ta’sirini sezilarli darajada kamaytirish hamda ustun keladigan turlarni nazorat yoki bartaraf choralarini ko‘rish.
2020-yilga qadar ekotizimlar va bioxilma-xillik qiymatlarini milliy va mahalliy rejalashtirish, rivojlanish jarayonlari, qashshoqlikni qisqartirish strategiyalari va hisoblariga kiritish.
Biologik xilma-xillik va ekotizimlarni asrash hamda ulardan barqaror foydalanish uchun barcha manbalardan moliyaviy resurslarni safarbar qilish va ularning hajmini sezilarli darajada oshirish.
O‘rmonlarni barqaror boshqarishni moliyalashtirish uchun barcha manbalardan va barcha darajalardagi katta resurslarni safarbar qilish hamda rivojlanayotgan mamlakatlarga bunday boshqaruvni rivojlantirish, jumladan, o‘rmonlarni asrash va qayta tiklash uchun tegishli rag‘batlarni taqdim etish.
Muhofaza etiladigan turlarning noqonuniy ovlanishi va savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha sa’y-harakatlarni, shu jumladan, mahalliy hamjamiyatlarning barqaror daromad topish salohiyatini oshirish orqali global qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish.
Barqaror rivojlanish maqsadlari amalda
16-maqsad
Tinchlik, adolat va samarali boshqaruv
Tinchlik, barqarorlik, inson huquqlari va qonun ustuvorligiga asoslangan samarali boshqaruvsiz barqaror rivojlanishga umid qila olmaymiz. Shunga qaramay, dunyomiz tobora boʻlinib bormoqda. Ayrim hududlarda tinchlik, xavfsizlik va farovonlik hukmron boʻlsa, boshqalari mojaro va zoʻravonlikning girdobiga tushib qolgan. Bu bartaraf etib boʻlmaydigan muammo emas va uni hal qilish lozim.
Qurolli zoʻravonlik va xavfsizlikning taʼminlanmaganligi mamlakat taraqqiyoti uchun halokatli oqibatlar keltirib chiqaradi, iqtisodiy oʻsishga taʼsir qiladi va, koʻpincha, bir necha avlodlar davrida davom etadigan yoʻqotishlarga olib keladi. Mojarolar davom etayotgan yoki qonun ustuvorligi boʻlmagan joylarda jinsiy zoʻravonlik, jinoyatchilik, ekspluatatsiya va qiynoqlar ham keng tarqalib, davlatlar xavf ostida boʻlganlarni himoya qilish choralarini koʻrishi lozim.
BRMlar zoʻravonlikning barcha shakllarini sezilarli darajada kamaytirishga, mojaro va xavfsizlik yoʻqligiga barham berish uchun hukumatlar va hamjamiyatlar bilan ishlashga qaratilgan. Qonun ustuvorligi va inson huquqlarini ilgari surish, noqonuniy qurollar oqimini kamaytirish va rivojlanayotgan mamlakatlarning global boshqaruv institutlaridagi ishtirokini kuchaytirish bu jarayonning asosiy omillaridan hisoblanadi.
68.5
million
2017-yil oxiriga kelib, ta'qib, qurolli to‘qnashuvlar, zo‘ravonlik yoki inson huquqlari buzilishi oqibatida 68,5 million kishi majburan o‘z uyini tark etgan edi.
10
million
Hech bo‘lmaganda 10 million nafar fuqaroligi yo‘q shaxs mavjud bo‘lib, ular fuqarolik va unga bog‘liq huquqlardan mahrum bo‘lgan.
1.26
trillion $
Korruptsiya, poraxo‘rlik, o‘g‘irlik va soliqlardan bo‘yin tovlash rivojlanayotgan mamlakatlarga har yili 1,26 trillion AQSh dollariga tushadi.
49
mamlakatda
49 ta mamlakatda ayollarni oilaviy zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi qonunlar mavjud emas.
46
mamlakatda
46 ta mamlakatda ayollar hozirda milliy parlamentning kamida bitta palatasida 30 foizdan ortiq o‘rinni egallagan.
1
milliard
1 milliardga yaqin kishi huquqiy jihatdan “ko‘rinmas” hisoblanadi, chunki ular shaxsini tasdiqlovchi hujjatga ega emas. Ular orasida taxminan 625 million nafar 14 yoshgacha bo‘lgan bola ham bor, ularning tug‘ilganligi hech qachon ro‘yxatga olinmagan.
Maqsadli koʻrsatkichlar
- Butun dunyoda zoʻravonlikning barcha shakllari va ular bilan bogʻliq oʻlim koʻrsatkichlarini sezilarli darajada kamaytirish.
- Zoʻravonlik, ekspluatatsiya, odam savdosi va bolalarga nisbatan zoʻravonlik va qiynoqlarning har qanday turlariga barham berish.
- Milliy va xalqaro darajada qonun ustuvorligini taʼminlash va barcha uchun odil sudlovdan teng foydalanish imkoniyatini taʼminlash.
- 2030-yilga qadar noqonuniy moliyaviy va qurol-yarogʻ oqimini sezilarli darajada qisqartirish, oʻgʻirlangan aktivlarni topish va qaytarishni kuchaytirish hamda uyushgan jinoyatchilikning barcha shakllariga qarshi kurashish.
- Korrupsiya va poraxoʻrlikning barcha shakllarini sezilarli darajada kamaytirish.
- Barcha darajalarda samarali, hisobdor va shaffof muassasalarni rivojlantirish.
- Barcha darajalarda masʼuliyatli, inklyuziv, keng ishtirokchilik va vakillik asosida qarorlar qabul qilinishini taʼminlash.
- Rivojlanayotgan mamlakatlarning global boshqaruv institutlaridagi ishtirokini kengaytirish va kuchaytirish.
- 2030-yilga qadar barchani shaxsni tasdiqlovchi qonuniy hujjat, shu jumladan tugʻilganlik guvohnomasi bilan taʼminlash.
- Milliy qonunchilik va xalqaro shartnomalarga muvofiq, aholining axborotdan foydalanish imkoniyatini taʼminlash va asosiy erkinliklarni himoya qilish.
- Zoʻravonlikning oldini olish, terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun barcha darajalarda, xususan, rivojlanayotgan mamlakatlarda salohiyatni oshirish uchun tegishli milliy institutlarni, shu jumladan xalqaro hamkorlik orqali mustahkamlash.
- Barqaror rivojlanish uchun kamsituvchi qonunlar va siyosatlarni ilgari surish va ularga rioya etilishini taʼminlash.
Barqaror rivojlanish maqsadlari amalda
17-maqsad
Barqaror rivojlanish yoʻlidagi hamkorlik
BRMlarga faqat mustahkam global sheriklik va hamkorlik orqali erishilishi mumkin. Rivojlanish maqsadlaridagi rasmiy yordam barqaror taqdim etib kelinmoqda, ammo maqsadli koʻrsatkichdan past boʻlib qolmoqda, masalan, 2017-yilda 147 milliard AQSH dollarini tashkil etgan. Mojarolar yoki tabiiy ofatlar natijasida yuzaga kelayotgan gumanitar inqirozlar koʻproq moliyaviy resurslar va yordam ajratishni talab qilayotgan bir vaqtda, koʻpgina mamlakatlar rivojlanish maqsadlaridagi rasmiy yordamni oʻsish va savdoni ragʻbatlantirish uchun ham talab qilmoqda.
Dunyo har qachongidan ham bir-biriga bogʻlangan. Texnologiya va bilimlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish gʻoyalar almashinuvi va innovatsiyalarni ragʻbatlantirishning muhim usuli hisoblanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarga oʻz qarzlarini boshqarishda yordam beradigan siyosatni muvofiqlashtirish, shuningdek, eng kam rivojlangan mamlakatlar uchun investitsiyalarni ragʻbatlantirish barqaror oʻsish va rivojlanish uchun juda muhim.
Maqsadlar barcha maqsadli koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha milliy rejalarni qoʻllab-quvvatlash orqali Shimol-Janub va Janub-Janub hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan. Xalqaro savdoni ragʻbatlantirish va rivojlanayotgan mamlakatlarga eksport hajmini oshirishga yordam berish hamda boshqa choralar adolatli va ochiq hamda hamma uchun foyda keltiradigan universal qoidalarga asoslangan va adolatli savdo tizimiga erishishning bir qismi hisoblanadi.
5
trillion $
BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (UNCTAD) ma’lumotiga ko‘ra, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun har yili 5 trilliondan 7 trillion AQSh dollarigacha sarmoya talab etiladi.
147.2
milliard $
2017-yilda rasmiy rivojlanish yordami (ODA) jami 147,2 milliard AQSh dollariga yetdi.
613
milliard $
2017-yilda xalqaro pul o‘tkazmalari jami 613 milliard AQSh dollarini tashkil etgan, uning 76 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarga yuborilgan.
6
ta mamlakat
2016-yilda atigi 6 ta davlat rasmiy rivojlanish yordamini yalpi milliy daromadning 0,7 foizi yoki undan yuqori darajada saqlash bo‘yicha xalqaro maqsadga erisha oldi.
18.2
trillion $
Barqaror va mas’uliyatli investitsiyalar Barqaror rivojlanish maqsadlari uchun yuqori salohiyatga ega moliyaviy manbalar hisoblanadi. 2016-yil holatiga ko‘ra, ushbu yo‘nalishga 18,2 trillion AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritilgan.
155.5
milliard $
Barqaror biznes uchun obligatsiyalar bozori tobora o‘sib bormoqda. 2018-yilda global “yashil” obligatsiyalar hajmi 155,5 milliard AQSh dollariga yetdi, bu avvalgi yilga nisbatan 78 foizga ko‘pdir.
Maqsadli koʻrsatkichlar
Moliya
- Soliqlar va boshqa daromadlarni toʻplash boʻyicha ichki imkoniyatlarni kuchaytirish maqsadida, shu jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarni xalqaro qoʻllab-quvvatlash orqali ichki resurslar safarbar etilishini kuchaytirish.
- Rivojlangan mamlakatlar oʻzining rivojlanishga koʻmaklashish borasidagi rasmiy majburiyatlarini, shu jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun RRYO/YAMMning 0,7 foizi va eng kam rivojlangan mamlakatlar uchun RRYO/YAMMning 0,15-0,20 foizi miqdoridagi maqsadli koʻrsatkichga erishish boʻyicha majburiyatlarini toʻliq bajarishi lozim. RRYO taqdim etuvchilarga eng kam rivojlangan mamlakatlarga RRYO/YAMMning kamida 0,20 foizini taqdim etish borasidagi maqsadli koʻrsatkichni belgilash imkoniyatini koʻrib chiqish tavsiya etiladi.
- Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun turli manbalardan qoʻshimcha moliyaviy resurslarni safarbar qilish.
- Rivojlanayotgan mamlakatlarga qarzni moliyalashtirish, qarzni yengillashtirish va zarur holatlarda qarzni restrukturizatsiya qilishga koʻmaklashishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan siyosat orqali uzoq muddatli qarz barqarorligiga erishishda yordam berish va qarz inqirozini kamaytirish uchun yuqori darajadagi qarzdorlikka ega boʻlgan kambagʻal mamlakatlarning tashqi qarzi muammosini hal qilish.
- Eng kam rivojlangan mamlakatlar uchun investitsiyalarni ragʻbatlantirish rejimlarini qabul qilish va joriy etish.
Texnologiyalar
- Ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasida hamda ulardan foydalanish imkoniyatini yaratish boʻyicha Shimol-Janub, Janub-Janub va uch tomonlama mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda oʻzaro kelishilgan shartlar asosida bilim almashishni, jumladan, mavjud mexanizmlar orasida, xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti darajasida muvofiqlashtirishni yaxshilash orqali hamda texnologiyalarni engillashtirishning global mexanizmi orqali kengaytirish.
- Rivojlanayotgan mamlakatlarda ekologik toza texnologiyalarni qulay shartlarda, shu jumladan, oʻzaro kelishilgan holda imtiyozli va preferensial shartlarda ishlab chiqish, taqdim etish, tarqatish va joriy etish uchun koʻmaklashish.
- 2017-yilga qadar eng kam rivojlangan mamlakatlar uchun texnologiyalar banki hamda ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar salohiyatini oshirish mexanizmini toʻliq ishga tushirish va istiqbolli texnologiyalardan, xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish.
Salohiyatni kuchaytirish
- Barqaror rivojlanish sohasidagi barcha maqsadlarni amalga oshirish boʻyicha milliy rejalarni qoʻllab-quvvatlash uchun rivojlanayotgan mamlakatlarda salohiyatni samarali va maqsadli kuchaytirish uchun xalqaro yordamni, shu jumladan Shimol-Janub, Janub-Janub va uch tomonlama hamkorlik orqali kuchaytirish.
Savdo
- Jahon savdo tashkiloti doirasida universal, qoidalarga asoslangan, ochiq, kamsitishga yoʻl qoʻyilmaydigan va adolatli koʻp tomonlama savdo tizimini yaratishga, shu jumladan Rivojlanish boʻyicha Doha kun tartibi doirasidagi muzokaralarni yakunlash orqali koʻmaklashish.
- Rivojlanayotgan mamlakatlar eksportini, xususan, 2020-yilga qadar eng kam rivojlangan mamlakatlarning jahon eksportidagi ulushini ikki baravar oshirish maqsadida sezilarli darajada oshirish.
- Jahon savdo tashkiloti qarorlariga muvofiq, barcha eng kam rivojlangan mamlakatlar uchun bozorlarga uzoq muddatli tarzda bojsiz va kvotasiz kirish imkoniyatini, shu jumladan, eng kam rivojlangan mamlakatlar importiga nisbatan qoʻllanadigan kelib chiqish davlatiga oid preferensial qoidalar shaffof va sodda boʻlishini taʼminlash va bozorlarga kirishni osonlashtirishga hissa qoʻshish orqali oʻz vaqtida joriy etish taʼminlash.