O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi ta’limini umumta’lim maktablari o‘quv dasturlariga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar tasdiqlandi

19-December, 2025
Large group of professionals in a conference room posing for a formal group photo.
Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

2025-yil 18-19-dekabr, TOSHKENT, — Toshkentda biologiya, geografiya, fizika, kimyo va matematika fanlarining 7-11-sinf o‘quv dasturlariga iqlim o‘zgarishi mavzularini kiritish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni yakuniy ishlab chiqish va tasdiqlash maqsadida oʻquv-amaliy seminari o‘tkazildi. Mazkur oʻquv-seminarda xalqaro va mahalliy ekspertlar, soha mutaxassislari ishtirok etdi. 

Seminar BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, "Ta’lim hamma narsadan ustun" jamg‘armasi (EAA), "Zamin" xalqaro jamoat fondi va Respublika ta’lim markazi bilan hamkorlikda "O‘zbekistonda iqlim harakati ta’limi orqali yoshlarning yetakchilik qobiliyatlarini kuchaytirish va rivojlantirish loyihasi" qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etildi.

UNESCOning o‘quv dasturlarini "yashillashtirish" bo‘yicha qo‘llanmasida ko’rsatib o’tilgan , iqlim o‘zgarishi bo‘yicha ta’lim jarayoni yaxlit va fanlararo yondashuv asosida yondashuv asosida o‘quv-seminarda iqlim o‘zgarishi ta’limi yo‘nalishidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-11-sinf o‘quvchilarida biologiya, geografiya, fizika, kimyo va matematika fanlari o‘quv dasturlarida shakllantirilishi lozim bo‘lgan kompetensiyalar tahlil qilindi. Shuningdek, tabiiy va aniq fanlar dasturlarini oʻqitish natijalari va mavzularni tizimli integratsiya qilish boʻyicha ishlab chiqilgan tavsiyalar yakuniy koʻrib chiqildi, dasturlarni ilmiy asoslangan holda takomillashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Asosiy natijalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • maktab dasturlariga iqlim mavzularini kiritish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
  • har bir sinf uchun iqlim bilan bog‘liq kompetensiyalar ro‘yxatini ishlab chiqish;
  • o‘quv dasturlarini yangilash, yangi o‘quv materiallarini ishlab chiqish va o‘qituvchilarni tayyorlashning aniq muddatlarini belgilovchi yo‘l xaritasini tasdiqlash.

Ushbu integratsiya natijasida 50 000 dan ortiq o‘qituvchi va 2520 nafar o‘qituvchi-murabbiy o‘qitiladi hamda 7-11-sinflarda tahsil olayotgan 1,3 milliondan ziyod o‘quvchilarga iqlim haqidagi hayotiy bilimlar va jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun zarur ko‘nikmalarni berishga tayyorlanadi. Mazkur tashabbus O‘zbekistonning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij bitimi va 2019-2030-yillarga mo‘ljallangan "yashil" iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi doirasidagi majburiyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Media Contact:

Mr. Alpamis Babaniyazov

PR and Outreach Associate, UNDP in Uzbekistan 

Email: alpamis.babaniyazov@undp.org 

For more information, visit: www.uz.undp.org 

 

[1] Greening Curriculum Guidance, UNESCO, France, 2024, p.50