Beekeepers

Oʻzbekiston

Bizning e’tiborimiz

Oʻzbekiston va BMTTD harakatda

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) O‘zbekiston xalqi va hukumati bilan 1993-yilda, ya’ni mamlakat mustaqilligi e’lon qilinganidan so‘ng bor-yo‘g‘i ikki yil o‘tgach hamkorlik o‘rnatgan bo‘lib, o‘tgan yillar davomida respublikaning rivojlanish sohasidagi keng ko‘lamli maqsadlarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. 2021-2025-yillarga mo‘ljallangan Mamlakat dasturi hujjatida ta’kidlanganidek, joriy ustuvor yo‘nalishlar barqaror rivojlanishning keng qamrovli rejasi, jumladan, 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) keltirilgan 2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi Barqaror rivojlanish kun tartibiga asoslanadi va u bilan muvofiqlashtirilgan. Asosiy yo‘nalishlarimiz O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, samarali demokratik boshqaruvni targ‘ib qilish, inklyuziv va barqaror o‘sishga erishish, atrof-muhitni toza saqlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, erkaklar bilan ayollar o‘rtasidagi tenglikni ilgari surish dasturlarini o‘z ichiga oladi.

 

 Faoliyatimiz

Raqamlashtirish, innovatsiyalar va rivojlanishni moliyalashtirishga asoslangan oʻziga xos kompleks yechimlarimiz Oʻzbekistonda taʼsir va miqyos darajasi kengayishini qay tarzda jadallashtirayotganini bilib oling.