
BMT Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi
Akselarator laboratoriyasi
Biz barqaror rivojlanish, inklyuziv boshqaruv va kambag‘allikni qisqartirish sohasidagi yangi tajriba va amaliyotlar kesishmasida noyob salohiyat va yondashuvlar bilan ishlaymiz.
BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi Akselerator laboratoriyasi 2019-yilda yangi yondashuvlar, innovatsion yechimlar va hamkorlik aloqalarini ilgari surish hamda tashkiliy ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari va o‘rganishni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan. Laboratoriya faoliyatiga portfel yondashuvini joriy etishda yetakchilik qilish, yangi yechimlarni sinovdan o‘tkazish va BMT Taraqqiyot Dasturining dasturlari uchun g‘oyalar yaratish kabilar kiradi.
O‘zining qisqa tarixi davomida laboratoriya kraudfanding vositalari, xulq-atvor sohasidagi eksperimentlar, yangi davlat-xususiy sheriklik modellari hamda turli yangi tadqiqot vositalarini mamlakatdagi vakolatxona dasturlariga kiritilishi va milliy hamkorlar tomonidan qabul qilinishiga hissa qo‘shishda yetakchiga aylandi.
O‘zbekistondagi Akselerator laboratoriyasi 115 mamlakatni qo‘llab-quvvatlovchi 91 laboratoriyadan iborat global tarmoqning bir qismi sifatida ishlaydi. Laboratoriyalarning global tarmog‘idan tashqari biz Yevropa va Markaziy Osiyodagi BMT Taraqqiyot Dasturi innovatsion hamjamiyatidagi yordam, yo‘l-yo‘riq va aloqalardan ham foydalanamiz.
Joriy faoliyatning asosiy jihatlari:
Mamlakatdagi vakolatxona dasturlari uchun portfellarni loyihalash va joriy etish orqali dasturlarga tizimli fikrlash kiritish (Bandlik kelajagi, Gender jihatlar hisobga olingan aqlli shaharlar).
Asosiy milliy hamkorlar bilan strategik prognozlash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish (O‘zbekistonning yashil iqtisodiyotga o‘tish istiqbollari, Gender tenglikka erishish strategiyasini ko‘rib chiqish)
Gender jihatlarni hisobga olish tashabbuslari (CallUmida – ko‘chalarda gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi kurashish uchun ittifoq, STEM sohasidagi qizlar)
Hamkorlik va sheriklik masalalari bo‘yicha yoki qo‘shimcha ma’lumotlar uchun acclab.uz@undp.org manzili orqali jamoamiz bilan bog‘lanishingiz mumkin.
