Orolbo‘yi mintaqasini barqaror, yashil va inklyuziv rivojlantirish bo‘yicha birgalikdagi ishlar sarhisob qilindi

12-December, 2025
Person in a white headscarf touches grapevines in a sunny vineyard.
Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

2025-yil 11-dekabr, TOSHKENT - Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan hamkorlikda BMT Taraqqiyot dasturining "Orolbo‘yi mintaqasida mahalliy aholining barqarorligini oshirish va eng zaif jamoalarning yashil, inklyuziv rivojlanishiga ko‘maklashish" loyihasining 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashi bo‘lib o‘tdi.

Loyiha Qoraqalpog‘istonning uchta - Qorao‘zak, Kegeyli va Qonliko‘l tajriba tumanlarida amalga oshirilmoqda va Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga kelgan mintaqaning ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishda tizimli yondashuvni qo‘llaydi. Tashabbus agrar sektorning ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, xalqaro bozorlarga kirishni kengaytirish va mintaqaning eng zaif jamoalarida asosiy ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash orqali mahalliy aholining iqlim o‘zgarishiga chidamliligini oshirishga qaratilgan.

Yig‘ilish davomida loyihaning barcha komponentlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari taqdim etildi. Fermer xo‘jaliklarining salohiyatini oshirish ishlab chiqarish kooperativlarini rivojlantirish, 400 dan ortiq fermer va dehqonlarni zamonaviy agrotexnologiyalarga va iqlimga chidamli texnologiyalarni joriy etishga texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va o‘qitish orqali amalga oshirildi, bu esa suv sarfini 40 foizga kamaytirishga yordam berdi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakili Nursulton Qayupov: "Loyiha O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020−2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi va Yashil iqtisodiyotga o‘tish milliy strategiyasini amalga oshirishga hissa qo‘shadi, mintaqaning ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarining oldini olishga yordam beradi."

Eksport salohiyatini rivojlantirish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha salmoqli natijalarga erishildi. Laboratoriya infratuzilmasini modernizatsiya qilish mintaqaning 2 milliondan ortiq aholisi uchun oziq-ovqat xavfsizligini oshirishga yordam berdi - 2025-yilda 15 800 ta tadqiqot o‘tkazildi, bu esa 18 ta ishlab chiqaruvchiga xalqaro bozorlarga, shu jumladan Yevropa mamlakatlariga eksportga chiqish imkonini berdi. Ijtimoiy infratuzilmaning mustahkamlanishi 4 ming 302 nafar aholini toza suv, 2 ming 24 nafar maktab o‘quvchisini raqamli ta’lim, 129 ming 218 nafar olis hududlar aholisini internet bilan ta’minladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari Vladimir Jolibekov o‘z minnatdorchiligini bildirdi: "Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlayapmiz, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etyapmiz, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilayapmiz. Hukumat tashabbuslarni amalga oshirishda qo‘lidan kelgan barcha yordamni ko‘rsatadi".

Erishilgan natijalar Orolbo‘yi mintaqasini yanada rivojlantirish yo‘lidagi sheriklik uchun asos yaratadi. BMTTDning 2026-2029-yillarga mo‘ljallangan yangi strategik rejasi doirasida hamkorlik mintaqaning barqaror rivojlanishi va mahalliy hamjamiyatlar uchun imkoniyatlar yaratishga e’tibor qaratgan holda rivojlantiriladi. Loyiha Rossiya Federatsiyasi Hukumatining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.