O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi pilot hamjamiyatlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun biznes g‘oyalari tanlovini e’lon qildi

29-January, 2026
Blue event banner for Biznes-G'oyalar Tanlovi with OSCE, EU, and UNDP logos.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (UNDP) Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan va Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (OSCE) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida pilot hamjamiyatlarda tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun kichik biznes loyihalarini tanlovini e’lon qildi.

Arizalar 2026-yil 28-yanvardan 28-fevralgacha qabul qilinadi. 

Tanlov quyidagi ikkita pilot shaharda ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy iqtisodiyotni mustahkamlash va barqaror tadbirkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shuvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan:

  • Yangiobod shahri  (Toshkent viloyati)
  • Chorkesar shahri (Namangan viloyati)

Istiqbolli biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash

Tanlov g‘oliblari 5,000 dan 10,000 AQSh dollarigacha mablag‘ olishlari mumkin, shu bilan birga agarda aholi uchun katta ijtimoiy ahamiyatga ega yirik loyihalar topshirilsa ularni ham ko‘rib chiqish imkoniyati mavjud.

Moliyalashtirish biznes tashabbuslarini boshlash va rivojlantirish uchun zarur uskunalar va resurslarni sotib olishga yordam beradi.


Loyihalarning ustuvor yo‘nalishlari

Quyidagi sohalardagi loyihalar ishtirok etishga taklif etiladi:

  • mahsulot ishlab chiqarish;
  • mahalliy aholi uchun zarur xizmatlar;
  • agrobiznes va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash;
  • hunarmandchilik, ijodiy va innovatsion tashabbuslar;
  • Ayollar, yoshlar va nogironlarni ish bilan ta’minlashga hissa qo‘shadigan loyihalar.

Ayniqsa, ayol tadbirkorlar tomonidan boshqariladigan loyihalar rag‘batlantiriladi!


Ishtirok etish shartlari

Ariza topshirish uchun:

  • Ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkor yoki kompaniya bo‘lishingiz kerak (yakka tartibdagi tadbirkor, oilaviy biznes, MChJ va boshqalar)
  • Yangiabad yoki Chorkesarda loyihani amalga oshirish (boshqa mintaqalardan tadbrikorlarning ishtirokiga ruxsat beriladi, agar biznes faoliyati pilot shaharlarda va mahalliy aholi ishtirokida amalga oshirilsa);
  • Ariza formasi va biznes loyihasi tavsifi bilan to‘liq hujjatlar to‘plamini tayyorlab, topshiring.

Shart sifatida arizachidan hamkorlikda moliyalashtirish talab etiladi, bu mehnat hissasi, uskunalar, moliyaviy resurslar, xomashyo va boshqa resurslarni o‘z ichiga olishi mumkin.

Chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, ko‘chmas mulkni ijaraga beruvchi korxonalar , shuningdek, likvidatsiya yoki bankrotlik jarayonidagi korxonalar ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.


Ariza tartibi

To‘ldirilgan ariza formasi 2026-yil 28-fevralgacha quyidagi elektron pochta manziliga yuborilishi lozim: muzaffar.atabaev@undp.org

Ariza formasini bu yerdan yuklab olish mumkin: 
O‘zbek tilida: https://go.undp.org/5cZ

Ingliz tilida: https://go.undp.org/5c3

Rus tilida: https://go.undp.org/5co 


Tanlov jarayoni

Tanlov qo‘mitasi taqdim etilgan loyihalarni bir qator mezonlar bo‘yicha baholaydi, jumladan:

  • moliyaviy barqarorlik;
  • iqtisodiy samaradorlik;
  • innovatsionlik;
  • arizachining tajribasi;
  • mahalliy aholi uchun ijtimoiy ahamiyati;
  • ish o‘rinlarini yaratish imkoniyati;
  • ayollar va nogironlar ishtiroki;
  • amalga oshirish uchun resurslarning mavjudligi;
  • hamkorlikda moliyalashtirish va kengaytirish imkoniyatlari miqdori.

Baholash jarayoni arizalarni topshirish muddatidan keyin 30 kalendar kunigacha davom etadi.


Agar hayotingizni o‘zgartirishga, biznes ochishga yoki mavjud biznesni kengaytirishga tayyor bo‘lsangiz, bugunoq ariza topshiring! O‘zbekistondagi BMTTD barcha ishtirokchilarga omad tilaydi!