Orol dengizining qurigan tubi bo‘ylab yakuniy ekspeditsiya natijalari qisqa bayoni

Orol dengizining qurigan tubi bo‘ylab yakuniy ekspeditsiya natijalari qisqa bayoni

30-April, 2024

Ushbu hisobot 2023 yilgi Orol dengizining 1,5 million gektar qurigan tubini qamrab oluvchi 2 ta ekspeditsiyalarning natijalarini qisqacha ta’riflaydi.

Dengizning qurigan tubi noqulay ekologik tizimga sabab bo‘lib, bu atrof muhit va aholi sog‘lig‘iga xavf tug‘diradi. Olingan ma'lumotlar Amudaryo deltasi va Orol dengizi qurigan tubining holatini kosmik nazoratlar va yer ekspeditsiyalari yordamida baholash imkonini beradi. Bu dengiz va Orolbo‘yi holatidagi o‘zgarishlarni aniqlashga yordam berib, keyinchalik ekologik muhitni yaxshilash va suv resurslaridan samarali foydalanish uchun yordam beradi. Ekspeditsiyalardan to‘plangan ma'lumotlar Orol dengizi qurigan tubining ekologik holatini aniqlash va shundan kelib chiqib to‘g‘ri chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Ekspeditsiyalar Markaziy Osiyo davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv xojaligi komissiyasining ilmiy-axborot markazi, BMTning O‘zbekistondagi Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik trast fondi tomonidan moliyalashtiriladigan BMT Taraqqiyot dasturining "Orolbo‘yi mintaqasida yashil va innovatsion rivojlanish orqali yoshlarning porloq kelajakka erishish yo‘lida imkoniyatlarini kengaytirish" qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etildi.