Davlat xizmatlarini birgalikda takomillashtiramiz: Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturi O‘zbekistonda hamkorlikda erishilgan natijalarni muhokama qildi

5-December, 2025
Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

Toshkent, 2025-yil 5-dekabr — Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi kengash yig‘ilishini o‘tkazdi. Unda 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi va 2026-yil uchun ustuvor yo‘nalishlar belgilandi. Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur tashabbus davlat xizmatlarini yanada samarali, qulay va foydalanuvchilar ehtiyojlariga yo‘naltirilgan bo‘lishiga, ayniqsa chekka hududlarda yashovchi fuqarolar uchun teng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

2025-yilda loyiha doirasida “Davlat xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi, juda faol, kompozit va soddalashtirilgan xizmatlar bo‘yicha takliflar Prezidentning 157-sonli Farmoniga kiritildi, asossiz rad etishlar bo‘yicha va xalqaro ilg‘or tajribalar asosida ikkita tahliliy hisobot tayyorlandi hamda davlat xizmatlari ko‘rsatishdagi so‘nggi yangiliklarga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etdi. Salohiyatni oshirish bo‘yicha ham bir qancha ishlar amalga oshirildi. Xususan, biznes jarayonlarini qayta loyihalash bo‘yicha 35 nafar davlat xizmatchilari, Big Data va sun’iy intellekt bo‘yicha 36 nafar AKT mutaxassislari, davlat xizmatlarida kommunikatsiyalarga bag‘ishlangan mavzuda 26 nafar OAV va jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislar hamda 27 nafar jurnalist va blogerlarning malaka va ko‘nikmalari oshirildi. Shuningdek, ikkita hududiy boshqaruv samaradorligi markazlari faoliyati o‘rganildi va foydalanuvchilar qoniqish darajasi hamda Barqaror rivojlanish maqsadlariga mos tarzda xizmat sifatini baholash bo‘yicha milliy metodologiya ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departmenti boshlig‘i Eldor Mahkamov “Bizning qo‘shma sa’y-harakatlarimiz samaradorlik, hisobdorlik va inklyuzivlikka asoslangan, haqiqatan ham fuqaroga yo‘naltirilgan davlat xizmatlari tizimini barpo etishga yordam bermoqda”, – deya ta’kidladi.

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi Birinchi kotibi, Hamkorlik bo‘limi rahbari Xristos Marazopulos shunday dedi: “Yevropa Ittifoqi «O‘zbekistonda Davlat Xizmatlarini Yanada Takomillashtirish» loyihasini qo‘llab-quvvatlashdan faxrlanadi. Ushbu loyiha davlat xizmatlarini mustahkamlash, raqamli transformatsiyani ilgari surish va fuqarolarga yo‘naltirilgan, inklyuziv boshqaruvni, ayniqsa qishloq va uzoq hududlardagi jamoalar uchun rag‘batlantirishga qaratilgan. Bu loyiha O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bilan Yevropa Ittifoqining kengroq hamkorligini aks ettiradi, jumladan yaqinda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi–Markaziy Osiyo sammiti va Kengaytirilgan Hamkorlik va Hamkorlik Shartnomasini imzolash kabi muhim bosqichlarni alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Yevropa Ittifoqi zamonaviy, samarali va insonlarga qaratilgan davlat boshqaruvini qo‘llab-quvvatlashga sodiq bo‘lib qoladi, bu esa barcha fuqarolarga aniq foyda keltiradi.”

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Anas Fayyad Qarman ushbu loyihaning islohotlarni amalga oshirishdagi ahamiyatini alohida qayd etdi: “Ushbu loyiha samarali, inklyuziv va fuqaroga yo‘naltirilgan boshqaruv bo‘yicha umumiy qarashlarimizni aks ettiradi.”

BMT Taraqqiyot Dasturining loyiha rahbari Azamat Salaev loyiha doirasida erishilgan asosiy natijalarni taqdimotini qildi. U huquqiy islohotlar, institutsional salohiyatni mustahkamlash, raqamli yangilanish va fuqarolar ehtiyojiga yo‘naltirilgan mahalliy boshqaruv bo‘yicha yutuqlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Loyiha raqamli texnologiyalarga asoslangan va foydalanuvchilar ehtiyojlariga yo‘naltirilgan yangilanishlarni ham qo‘llab-quvvatladi. Jumladan, uchta ustuvor xizmatlarni optimallashtirish masalasi ko‘rib chiqildi, sud tizimi ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlarni raqamlashtirish bo‘yicha ikki tadqiqot tayyorlandi, ma’lumotlar boshqaruvini tahliliy hisoboti tayyorlandi va 37 nafar ekspertlar ishtirokida seminar o‘tkazildi. My.gov.uz portali orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar va loyiha yettita pilot hududlaridagi Davlat xizmatlari markazlarining faoliyati o‘rganildi. Aholi ehtiyojlariga yo‘naltirilgan mahalliy boshqaruv tizimini rivojlantirish maqsadida 40 mingdan ortiq murojaatlarni qamrab olgan litsenziyalash va apostil xizmatlari ko‘rib chiqildi. Nurobod (200 gektar maydonda) va Quvasoy (100 gektar maydonda) bosh reja tahlillari tayyorlandi, jamoatchilik maslahat kengashlari tashkil etilishi rejalashtirilgan uchta tumanda o‘rganish olib borildi, Xotin-qizlar maslahat guruhi a’zolari yana yetti nafarga oshirildi hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda gender masalalariga bag‘ishlangan to‘rt kunlik Kuzgi maktab tashkil etildi. Unda 30 nafardan ortiq Xotin-qizlar maslahat guruhi ekspertlari hamda Davlat xizmatlari markazlari rahbarlari ishtirok etishdi

Ma’lumot uchun:

“O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan amalga oshirilmoqda, Umumiy byudjeti 4,900,000 evroni tashkil etadigan mazkur loyiha 2024-2029 yillar davomida amalga oshirilib, qishloq hududlarda davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatining cheklanganligi, raqamlashtirish darajasining yuqori emasligi va eskirgan institutsional tizim kabi asosiy muammolarni yechishga qaratialdi. Ushbu natijalarga quyidagi to‘rtta asosiy yo‘nalish orqali erishiladi:

  1. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimining “bek-ofis”ini ta’minlovchi institutsional, huquqiy va me’yoriy bazani isloh qilish.

  2. Bek-ofis muassasalarining milliy, hududiy va mahalliy darajalarda samarali faoliyat yuritish salohiyatini oshirish.

  3. Bek-ofis muassasalarining raqamli va foydalanuvchiga yo‘naltirilgan transformatsiyasini tezlashtirish.

  4. Hududiy va mahalliy institutlarning tezkorligi, mas’uliyati va bek-ofis sifatida faoliyat yuritishini yaxshilash uchun mahalliy boshqaruv tizimlarini o‘zgartirish.

Loyiha O‘zbekistonning islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlaydi hamda Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga, jumladan BRM 16 – kuchli institutlar va BRM 9 – innovatsiya va infratuzilma maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiladi. 2029 yilgacha tashabbus doirasida 11 ta institutsional tahlil o‘tkazish, 1 000 nafar davlat xizmatchisi malakasini inkyuzivlik va fuqarolarga yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish bo‘yicha oshirish, 35 ta xizmatni raqamlashtirish, 34 ta mahallada o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish zonasini yaratish ko‘zda tutilmoqda. Ushbu keng qamrovli islohotlar aholining samarali, shaffof va inklyuziv davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi.