KELAJAK UCHUN G‘AMXO‘RLIK O‘zbekiston tajribasi: Parvarish tizimining gender jihatlarini inobatga olgan holda tahlili

Graphic poster illustrating a sunny city park with families and a playground.

uzb_care_report.pdf

pdf (8.1MB)

Yuklab olish

KELAJAK UCHUN G‘AMXO‘RLIK O‘zbekiston tajribasi: Parvarish tizimining gender jihatlarini inobatga olgan holda tahlili

17-January, 2026

Parvarish iqtisodiyoti barqaror rivojlanish va gender tengligining muhim tayanchi hisoblanadi, biroq O‘zbekistonda u hanuzgacha parchalangan bo‘lib, asosan ayollarning to‘lanmagan mehnatiga tayanadi.

BMT Taraqqiyot Dasturining “Kelajak uchun g‘amxo‘rlik: O‘zbekiston tajribasi” tadqiqoti ayollar erkaklarga nisbatan ikki baravardan ko‘proq vaqtini to‘lanmagan parvarish ishlariga sarflashini ko‘rsatadi. Bu holat ayollar mehnat bozoridagi ishtirokining pastligi, gender ish haqi tafovutining kengligi hamda yosh ayollar orasida NEET ko‘rsatkichlarining yuqoriligiga sabab bo‘lmoqda. Parvarish xizmatlarini mustahkamlash, bolalar va uzoq muddatli parvarish tizimlariga sarmoya kiritish, shuningdek genderga sezgir siyosatlarni ilgari surish ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, inklyuziv o‘sishni ta’minlash va BMTning 5-, 8- va 10-barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun muhimdir.