Qishloq joylarda tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha pilot tashabbus

Qishloqlardagi poliklinikalarga yangi IT-uskunalar

19-December, 2024
a group of people posing for the camera with provided equipment
Photo: UNDP Uzbekistan

Biz O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda qishloqlardagi sog'liqni saqlash markazlarini jihozlash tashabbusini boshladik. Tashabbus Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan va Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida 170 ta pilot mahallani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyiha doirasida amalga oshirilmoqda.

 

a group of people standing in a room
Photo: UNDP Uzbekistan

Pilot tashabbusning maqsadi

Tashabbus qishloq joylarda sifatli birlamchi tibbiy yordamni ta’minlashga qaratilgan:

  1. Raqamli integratsiya – ma’lumotlar va resurslarni samarali boshqarish uchun tibbiy bo‘linmalarni milliy raqamli sog‘liqni saqlash tizimiga bog‘lash.

  2. Salohiyatni oshirish - tibbiyot xodimlarini yangi uskunalar va raqamli vositalardan foydalanishga o‘rgatish.

  3. Bemorlar haqidagi ma’lumotlar boshqarilishini optimallashtirish – bemorlarni ro‘yxatga olishni yaxshilash va ularning holatini monitoring qilish uchun tibbiyot maskanlarini kompyuterlar va elektron planshetlar bilan jihozlash.

Mahalliy aholi uchun foyda

Mazkur tashabbus tufayli mahalliy aholiga yanada qulay va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. Qishloq aholisi tezda birlamchi tibbiy yordam olish imkoniyatiga ega bo‘ladi, raqamli integratsiya esa tibbiyot xodimlariga hujjatlarni samarali yuritish, bemorlarning ahvolini kuzatish va teletibbiyot orqali masofadan turib maslahatlar berish imkonini beradi. Bu, ayniqsa, tibbiy mutaxassislardan foydalanish imkoniyati cheklangan chekka hududlar uchun juda muhimdir. Diagnostika sifatini oshirish va salomatlik holatini muntazam monitoring qilish aholi turmush darajasi va farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Uskunalarni qabul qiluvchi tibbiyot punktlari

Quyidagi qishloq tibbiyot maskanlariga zamonaviy uskunalar yetkazib berildi:

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqala tumanidagi Kilchinoq mahallasining 66-oilaviy poliklinikasi;

  2. Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi O‘zgarish mahallasining O‘zgarish oilaviy shifokor punkti;

  3. Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi Saxovat maxallasining G‘alaosiyo oilaviy shifokor punkti;

  4. Navoiy viloyati Karmana tumanidagi Azamat mahallasining Azamat oilaviy shifokor punkti.

Tibbiyot maskanlarini jihozlash

Yuqorida nomi zikr etilgan to‘rtta maskanda zamonaviy IT uskunalari o‘rnatiladi:

  • Maʼmuriy va tibbiy ishlar uchun 2 ta kompyuter.

  • Bemorlar haqidagi ma’lumotlarni kiritish, patronaj ko‘riklari, teletibbiyot va tibbiy yozuvlarni ko‘rish uchun 3 ta planshet.

  • Ma’lumotlarni samarali hujjatlashtirish uchun 1 ta printer.

  • Elektr ta’minoti uzilgan holatlarda foydalanish uchun 2 ta uzluksiz quvvat manbai.

O‘quv dasturi

Yangi uskunalar va raqamli tizimlardan muvaffaqiyatli foydalanish uchun tibbiyot xodimlari keng qamrovli treningdan o‘tadilar:

  • Uskunalardan foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘qitish.

  • Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari rahbarligida sog‘liqni saqlash tizimidan, jumladan, bemorlar haqidagi ma’lumotlarni boshqarish va teletibbiyot xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar.

Kutilayotgan natijalar

Qishloq tibbiyot punktlarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash va tibbiyot xodimlarini o‘qitish chekka hududlarda tibbiy xizmatlarning sifatini sezilarli darajada oshiradi. Milliy raqamli sog‘liqni saqlash tizimi bilan integratsiya yanada samarali ma’lumotlar almashish va resurslarni boshqarish imkonini beradi, natijada qishloq aholisi salomatligini yaxshilashga olib keladi.

Ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan hamda Islom taraqqiyot banki va OPEKning Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” qo‘shma loyihasi tomonidan oshirildi.

Loyiha haqida batafsil ma’lumot: https://go.undp.org/srdpuz