Buklet. Tabiiy ofatlar vaqtida aholining evakuatsiyasi

Buklet. Tabiiy ofatlar vaqtida aholining evakuatsiyasi

12-January, 2026

Ushbu buklet evakuatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish, ofat yuz berishidan oldin, uning davomida va undan keyin amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar, shuningdek evakuatsiya qilingan aholining xavfsizligi va asosiy yashash sharoitlarini ta’minlash masalalarini tushuntirib beradi.

Bukletda evakuatsiyaning asosiy turlari va bosqichlari, uni samarali tashkil etishning muhim omillari, har bir oila uchun zarur bo‘lgan minimal favqulodda to‘plam ro‘yxati hamda vaqtinchalik joylashtirish punktlariga qo‘yiladigan talablar keltirilgan. Ayniqsa, ayollar va bolalar, keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar kabi aholining himoyaga muhtoj guruhlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Mazkur buklet Yashil iqlim jamg’armasi ko’magida amalga oshirilayotgan BMT Taraqqiyot Dasturi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va O‘zgidrometning “O‘zbekiston aholisining iqlimo‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan xavf-xatarlarga nisbatan chidamliligini oshirishgaqaratilgan kompleks erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish” qo’shma loyihasi doirasida ishlab chiqildi.

Document Type
Regions and Countries
Sustainable Development Goals