Funksional vazifalar tahlili bo‘yicha hisobot

Funksional vazifalar tahlili bo‘yicha hisobot

6-February, 2026

Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan hamda Islom taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi 3 ta tuman hokimligi va 15 ta mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bo‘yicha funksional tahlil hisobotı tayyorlandi.

Mazkur tahlil mahalliy boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash hamda boshqaruv darajalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Tadqiqot davomida amaldagi funksiyalar va jarayonlar o‘rganildi, asosiy muammolar va rivojlanish imkoniyatlari aniqlandi, shuningdek, mavjud tizimning kuchli va zaif tomonlari baholandi. Hisobotda mahalliy jamoalar ehtiyojlariga funksiyalarning qay darajada mos kelishiga alohida e’tibor qaratilgan.

Hisobotda mahalla va tuman darajasida boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan institutsional, tarkibiy va funksional o‘zgarishlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar, shuningdek qisqa va uzoq muddatli yechimlar keltirilgan.

Document Type
Regions and Countries
Sustainable Development Goals