O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi BMT Taraqqiyot Dasturining Davlat muassasalari uchun Gender tenglik Nishoni dasturining kumush medaliga sazovor bo‘ldi

17-February, 2026
Foto: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati

Toshkent shahri, 2026-yil 14-fevral – Senat huzurida bo‘lib o‘tgan "Gender tenglik faoli - 2025" milliy marosimda Davlat bojxona qo‘mitasiga (DBQ) davlat muassasalari uchun Gender tengligi kumush Nishonini rasman topshirilishi bilan O‘zbekiston davlat boshqaruvida gender tengligini ilgari surishda muhim bosqichni bosib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbir ayollar va qizlar hamda erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ilgari surishda institutsional yetakchilikni tarannum etish maqsadida yuqori martabali hukumat a’zolari, parlament a’zolari, xalqaro hamkorlar, fuqarolik jamiyati vakillari va ommaviy axborot vositalarini birlashtirdi.

Davlat muassasalari uchun Gender tenglik Nishoni - bu hukumatlarni gender siyosati, amaliyot va hisobdorlik mexanizmlarini institutsionalizatsiya qilishda qo‘llab-quvvatlaydigan xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatlash dasturidir. Davlat bojxona qo‘mitasiga berilgan kumush nishoni gender tengligi bo‘yicha xalqaro mezonlarga 70 foiz rioya etilishini aks ettiradi, bu esa inklyuziv va adolatli boshqaruv yo‘lidagi sezilarli yutuqlarni ko‘rsatadi.

Videotaqdimotda Bojhona Qo‘mitasining Kumush Nishoni tomon bosib o‘tgan yo‘li, muassasada amalga oshirilgan aniq islohotlar va madaniy o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi.

O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi BMTDning Gender tenglik Nishoni dasturida ishtirok etishi orqali ayollar vakilligini kengaytirish, institutsional asoslarni mustahkamlash va ayollarning kasbiy o‘sishiga sarmoya kiritish orqali gender tengligini ta’minlashda sezilarli yutuqlarga erishdi. Tizimda xotin-qizlar ulushi 8 foizdan 12 foizga oshdi, rahbarlik lavozimlariga tayinlangan va iste’dodlar zaxirasiga kiritilgan ayollar soni ko‘paydi.

Davlat Bojxona Qo‘mitasi gender tahlili va gender byudjetlashtirish kabi keng qamrovli islohotlarni joriy etdi, gender tengligi bo‘yicha maxsus maslahat tuzilmalarini tashkil etdi va rais maslahatchisi va gender tengligi bo‘yicha ekspert kabi yangi lavozimlarni joriy etdi. Qo‘mita ayollarni salohiyatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlarni amalga oshirdi - 500 dan ortiq ayollar milliy va xalqaro kurslarda o‘qitildi va yetakchilik, huquqiy, IT va yumshoq ko‘nikmalarini oshirdi. Qo‘mita ayollarni oliy ta’lim va ilmiy darajalarga erishishini qo‘llab-quvvatladi.

Ayol xodimlar kuchaytirilgan ijtimoiy himoya choralari, mazmunli e’tirof va maqsadli rag‘batlantirishlardan bahramand bo‘ldilar, BMT Taraqqiyot Dasturi bilan yaqin hamkorlik esa gender-inklyuziv va qo‘llab-quvvatlovchi ish muhitini mustahkamlashga yordam berdi.  

O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi BMT Taraqqiyot dasturining Davlat muassasalari uchun gender tenglik nishoni dasturining kumush medal bilan taqdirlangan Markaziy Osiyodagi birinchi davlat muassasasi bo‘ldi. Ushbu muhim bosqich O‘zbekistonni gender tengligiga erishish yo‘lida tan olingan mintaqaviy yetakchi va standart yaratuvchi sifatida e’tirof etadi.

Ayol xodimlar kuchaytirilgan ijtimoiy himoya choralari, mazmunli e’tirof va maqsadli rag‘batlantirishlardan bahramand bo‘ldilar, BMT Taraqqiyot Dasturi bilan yaqin hamkorlik esa gender-inklyuziv va qo‘llab-quvvatlovchi ish muhitini mustahkamlashga yordam berdi.  

O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi BMT Taraqqiyot dasturining Davlat muassasalari uchun gender tenglik nishoni dasturining kumush medal bilan taqdirlangan Markaziy Osiyodagi birinchi davlat muassasasi bo‘ldi. Ushbu muhim bosqich O‘zbekistonni gender tengligiga erishish yo‘lida tan olingan mintaqaviy yetakchi va standart yaratuvchi sifatida e’tirof etadi.

Marosimni ochib bergan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy qonunchilik va 2021-2030-yillarga mo‘ljallangan Gender tenglikni ta’minlash milliy strategiyasida belgilangan gender tenglikka sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov gender tenglik institutsional samaradorlik va jamoatchilik ishonchiga asos bo‘lishini ta’kidladi.

BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakilasi Akiko Fujii Gender tenglik Nishonining siyosiy majburiyatlarni amaliy natijalarga aylantirishdagi ahamiyatini ta’kidlab, dasturning 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish kun tartibiga qo‘shgan hissasini qayd etdi. BMT Taraqqiyot Dasturining Gender Nishoni bo‘yicha global jamoasining xabarlari O‘zbekiston taraqqiyotining xalqaro ahamiyatini yana bir bor ta’kidladi va boshqa davlat institutlarini Davlat Bojxona Qo‘mitasidan o‘rnak olishga undadi.

Marosim yakunida Davlat bojxona qo‘mitasiga "Kumush Nishon" diplomi  tantanali ravishda topshirildi.

Institutsional yetakchilikni e’tirof etish va olingan saboqlarni ulashish orqali Milliy mukofotlash marosimi O‘zbekistonning davlat sektorida gender tengligini ilgari surish majburiyatini yana bir bor tasdiqladi va barcha institutlarni inklyuziv, sezgir va samarali boshqaruvni barpo etishda dadil yetakchilik qilishga chaqirdi.