BMT Taraqqiyot Dasturi ko‘magida Takaful sug‘urtasi yo‘nalishida salohiyat oshirildi

1-July, 2025
Four panelists sit at a table during a conference, with branding and presentation slides in the background.
Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli Loyihalar  Milliy Agentligi bilan hamkorlikda sug‘urta bozori regulyatori va sug‘urta sohasi mutaxassislari uchun “Takafulni amaliyotda joriy etish” mavzusida xalqaro ekspert ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazdi.

Takaful — bu shariat tamoyillari asosida ishlaydigan, o‘zaro yordam va hamkorlikka asoslangan islomiy sug‘urta tizimidir. Bu an’anaviy sug‘urtadan farqli o‘laroq, ishtirokchilarning belgilangan xavflarga qarshi bir-birini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z mablag‘larini umumiy jamg‘armaga yig‘ishiga asoslangan kooperativ tizimdir.

A group of professionals seated in a brightly lit conference room engaged in discussion.
Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

Treningning asosiy maqsadi – sug‘urta bozori regulyatori, sug‘urta kompaniyalari, davlat idoralari hamda O‘zbekiston sug‘urta sohasining boshqa tegishli vakillarining bilimlarini davlat va xususiy miqiyosda mustahkamlashdan iborat edi.

Treningni o‘tkazish uchun Takaful sug‘urtasi bo‘yicha global miqyosda katta tajribaga ega xalqaro ekspert — Indoneziyadan Ervin Noekman taklif etildi.

Ikki kun davom etgan treningda ishtirokchilar Takaful haqida bilimlarini chuqurlashtirdilar, jumladan: Takaful modellari, tartibga solish va shariat asoslari, Takaful shartnomalarining tuzilmasi, operatsion tizim, mahsulotlarni ishlab chiqish, tarqatish kanallari va marketing, xavf va moliyaviy boshqaruv hamda Takaful bilan bog‘liq boshqa mavzular bo‘yicha.

Trening 2025-yil 25-26 iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi va unda 40 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Ular Istiqbolli Loyihalar Milliy Agentligi, Islom Taraqqiyot Bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Sug‘urta bozori professional ishtirokchilari assotsiatsiyasi, sug‘urta kompaniyalari hamda davlat va xususiy sektorga oid boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat.

Trening ishtirokchilari tomonidan trening yuzasidan ijobiy fikrlar bildirildi. Trening mavzusining dolzarbligi, xalqaro amaliyotga asoslangan tegishli misollar bilan boyitilgan bilimlar, shuningdek, qiziqarli va interaktiv tarzda ma’lumot taqdim etilishi alohida e’tirof etildi.

Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

Sanjаr Berdiev, "Gross Insurance" kompaniyasining hududlar bilan ishlash bo‘yicha departamenti direktori: Inson salohiyatini oshirish O‘zbekistonda sug‘urta sohasini rivojlantirishda muhim asosiy omil hisoblanadi. Takaful sug‘urtasi mamlakat aholisini turli xil xavf-xatarlardan himoya qilishga qaratilgan sug‘urta bozorini rivojlantirish va variantlarni ko‘paytirish uchun noyob va barqaror yo‘lni taklif etadi. Shu bois, ushbu treningda ishtirok etish yurtimizdagi sug‘urta bozori vakillari uchun juda foydali va ahamiyatli bo‘ldi.

Latif Zokirov, “Alskom” sug‘urta kompaniyasining Sug‘urta faoliyatini raqamlashtirish bo‘limi boshlig‘i: Sug‘urta -bu turli xavflardan himoya qilishning eng samarali vositalaridan biridir. O‘zbekiston sug‘urta bozorini yanada rivojlantirish, jumladan Takaful sug‘urtasi orqali uning diversifikatsiyasiga erishish bo‘yicha katta maqsadlarni qo‘ygan. Takafulni joriy etish bo‘yicha treningda ishtirok etish sug‘urta sohasi uchun muhim bilimlar berdi va ushbu sug‘urta turini yanada rivojlantirish, O‘zbekiston aholisini yuzaga keladigan xavflardan yanada ko‘proq himoya qilish yo‘lida aniq yo‘nalishni ko‘rsatdi.

Ervin Noekman, xalqaro ekspert: Menga O‘zbekistonda Takaful bo‘yicha trening o‘tkazish katta shara. Ta’kidlamoqchimanki, O‘zbekiston Takaful sug‘urtasini rivojlantirish uchun ulkan salohiyatga ega bo‘lib, bu barqaror iqtisodiy o‘sish va aholining turli xavflardan qo‘shimcha himoyasini ta’minlaydi. Takaful bo‘yicha trening tashkil etilishi salohiyatni kuchaytirish nuqtayi nazaridan muhim ta’sirga ega bo‘lib, bu O‘zbekiston sug‘urta bozorini rivojlantirish yo‘lida ilk va muhim qadamlardan biridir. O‘zbekistonda Takaful sug‘urtasini rivojlantirish bosqichma-bosqich o‘zaro hamkorlikni va har bir bosqichda hukumat hamda sug‘urta sohasi tomonidan katta sa’y-harakatlarni talab qiladi.

A large group of diverse individuals poses for a photo outside a modern building.
Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

Mazkur trening Germaniya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan BMTTDning "O‘zbekistonda sug‘urta va risklarni moliyalashtirishni takomillashtirish" global loyihasi doirasida tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi sug‘urta bozorini rivojlantirishda ishtirok etuvchi davlatlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. O‘zbekiston, shu jumladan sug‘urta polisini mamlakatning iqtisodiy rivojlanish dasturiga kiritish, suveren xavflarni, tabiiy ofatlar xavfini inklyuziv sug‘urta moliyalashtirishni rivojlantirish, sug‘urta sohasiga qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish va boshqalar.