O‘zbekistondagi suv toshqinlari va sel oqimlari
O‘zbekistondagi suv toshqinlari va sel oqimlari
9-January, 2026
Suv toshqinlari va sel oqimlari O‘zbekistonning ko‘plab hududlari uchun, ayniqsa iqlim o‘zgarishi sharoitida, jiddiy xavf bo‘lib qolmoqda. Yog‘ingarchilik miqdorining ortishi va qor chizig‘ining yuqorilashi daryo havzalarida eroziya jarayonlarini kuchaytirib, vayronkor sel oqimlari xavfini oshiradi. Ushbu jarayonlar, ayniqsa tog‘ va tog‘oldi hududlarida, aholi, infratuzilma va mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar yetkazadi.
Ushbu nashr O‘zbekistonda suv toshqinlari va sel oqimlarini o‘rganish bo‘yicha amaliy tajribani umumlashtiradi hamda suv toshqini xavfini dastlabki baholash uchun mo‘ljallangan. Material ofatlar xavfini kamaytirish sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar, shuningdek infratuzilma obyektlarini rejalashtirish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarida foydali bo‘lishi mumkin.
Mazkur yordamchi qo‘llanma Yashil iqlim jamg’armasi ko’magida amalga oshirilayotgan BMT Taraqqiyot Dasturi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va O‘zgidrometning “O‘zbekiston aholisining iqlimo‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan xavf-xatarlarga nisbatan chidamliligini oshirishgaqaratilgan kompleks erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish” qo’shma loyihasi doirasida ishlab chiqildi.