O’ZBEKISTONDA DAVLAT XIZMATLARINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH
MAQSAD
Loyiha O‘zbekiston Hukumatini markaziy, tuman va mahalliy darajalarida davlat boshqaruvini yanada isloh qilish va modernizatsiya qilish orqali davlat xizmatlari sifati va qishloq hududlarida mahalliy boshqaruvni yaxshilashda qo‘llab quvvatlashga qaratilgan. Bu inklyuziv va foydalanuvchiga yo‘naltirilgan davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ilg‘or texnologiyalar va amaliyotlarni raqamlashtirish orqali integratsiyalash hamda markazlashtirilmagan va ko‘p kanalli xizmat ko‘rsatish tizimini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Loyiha 2017-2024-yillarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishni isloh qilish bo‘yicha erishilgan yutuqlarga asoslanadi.
TO'SIQLAR
Erishilgan ijobiy natijalarga qaramay, ayniqsa olis hududlarda sifatli davlat xizmatlaridan foydalanishda to‘siqlar mavjud. Bularga axborotning yetarli emasligi, murakkab tartib-taomillar, shaffoflikning past darajasi, me’yoriy hujjatlardagi va huquqiy bazadagi bo‘shliqlar, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning institutsional salohiyatining cheklanganligi va raqamli texnologiyalarning yetarlicha joriy etilmaganligi kiradi.
LOYIHADAN KUTILAYOTGAN NATIJALAR
Loyiha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi “bek-ofis”ini mustahkamlashga qaratilgan kompleks yondashuvni qo‘llaydi. Quyidagi ikki asosiy natijaga erishish maqsad qilingan:
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishning samaradorligi va natijadorligini oshirish – xizmat ko‘rsatishga mas’ul “bek-ofis” institutlarining operatsion salohiyatini kuchaytirish va ularning mustahkam poydevorini yaratish orqali oshirish.
Davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini va sifatini raqamli transformatsiya va mahalliy boshqaruv orqali oshirish – texnologiyalar va mahalliy boshqaruv tuzilmalaridan foydalanish orqali xizmat ko‘rsatishni yaxshilash.
Ushbu natijalarga quyidagi to‘rtta asosiy yo‘nalish orqali erishiladi:
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimining “bek-ofis”ini ta’minlovchi institutsional, huquqiy va me’yoriy bazani isloh qilish. Faoliyatlarga amaldagi hujjatlarni ko‘rib chiqish, xizmatlarni boshqarish standartlarini joriy etish, institutsional va texnik salohiyatni oshirish, funksional tahlillarni o‘tkazish kiradi.
5 ta bek-ofi s muassasasi ISO sertifi katiga ega bo‘ladi
11 ta institutsional tahlil o‘tkaziladi
Bek-ofis muassasalarining milliy, hududiy va mahalliy darajalarda samarali faoliyat yuritish salohiyatini oshirish. Faoliyatlarga xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoj va sifatni baholash, ilg‘or kadrlar boshqaruvi va monitoring tizimlarini joriy etish, salohiyatni oshirish va o‘quv mashg‘ulotlari, axborotga kirishni yaxshilash, stajirovka va ko‘ngillilar dasturlarini joriy etish kiradi.
35 ta xizmat raqamlashtiriladi
7 ta inklyuziv Davlat xizmatlari markazi (DXM)
35 ta mahalla o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish zonasi
Bek-ofis muassasalarining raqamli va foydalanuvchiga yo‘naltirilgan transformatsiyasi tezlashtirish. Faoliyatlarga davlat xizmatlarini raqamlashtirish, ilg‘or raqamli ma’lumotlarni tahlil qilish vositalarini joriy etish, xizmat ko‘rsatish markazlari va bek ofislarida foydalanuvchi tajribasini yaxshilash, xususiy sektor ishtirokini rag‘batlantirish kiradi.
1 000 nafar davlat xizmatchisi malakasini oshiradi
5 000 nafar qishloq aholisi ko‘ngillilar orqali qo‘llab quvvatlanadi
Mahalliy boshqaruv tizimlari transformatsiya qilinib, ularning javobgarligi, hisobdorligi va samaradorligi oshiriladi, shuningdek, hududiy va mahalliy muassasalar “bek-ofislar” sifatida yanada yaxshiroq faoliyat yuritishlari ta’minlanadi. Faoliyatlar mahalliy davlat organlariga oid qonunchilikni takomillashtirish, mahalliy hokimiyat vakillarining salohiyatini oshirish va ularni o‘qitish, davlat organlari hamda fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, gender jihatdan sezgir davlat xizmatlarini ko‘rsatish modellari ishlab chiqishga qaratilgan.
500 nafar xodim o‘qitiladi
14 ta NNT va 14 ta Ayollar maslahat guruhi qarorlar qabul qilishga jalb etiladi.
Kutilayotgan natijalar:
Loyiha qishloq aholisi, shu jumladan ayollar, yoshlar, bolalar, keksalar va nogironligi bor shaxslarning arzon, qulay va sifatli davlat xizmatlari, xususan masofaviy onlayn xizmatlarga kirishini kengaytirish, shuningdek, fuqarolarning mahalliy darajadagi qarorlar qabul qilishda ishtirokini oshirish orqali ularning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.