BMTTD va UNICEF “Maktablarda iqlim oʻzgarishiga chidamlilik hamda suv taʼminoti, sanitariya va gigiyenani modellashtirish” Qo‘shma Dasturi

Qo‘shma dastur doirasida O’zbekistonning Qashqadaryo va Surxadaryo viloyatlarida kamida 45 ta qishloq maktabini ta’mirlash, maktablarda energiya sarfini 30 foizga va dimlangan gazlar chiqindilarini 50 foizga kamaytirish uchun xavfsiz suv, zamonaviy sanitariya, ishonchli isitish tizimlari va ekologik toza energiya bilan ta’minlash ko’zda tutilgan. Loyiha 31 500 nafar bola, ayniqsa, o’smir qizlar uchun kundalik ta’lim sharoitlarini bevosita yaxshilaydi. Ular gender jihatlarni hisobga olgan holda alohida qulayliklardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar, bu esa darslarni qoldirish holatlarini kamaytiradi. Qolaversa, loyiha yakunlangandan so’ng uning natijalari barqarorligini ta’minlash maqsadida, 2700 nafar maktab o’qituvchilari va xodimlari iqlim o’zgarishiga chidamlilik, SSGga gender jihatlar hisobga olingan yondashuv va jarayonlarga jamoatchilikni jalb qilish bo’yicha o’qitiladi.

 “O‘zbekiston Vision 2030 Jamg‘armasi” (shuningdek, Ishonch jamg‘armasi nomi bilan tanilgan) tomonidan moliyalashtiriladigan dastur UNICEF bilan hamkorlikda hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Qo‘shma Dastur iqtisodiyot va moliya, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash vazirliklari, mahalliy hokimiyatlar va fuqarolik jamiyati tashkilotlari kabi keng doiradagi milliy hamkorlarni jalb qiladi. Uning boshqaruvi ko‘p darajali mexanizmga asoslanadi, Qo‘shma Dastur Muvofiqlashtiruvchi kengashi hamda Milliy va Hududiy Texnik Ishchi Guruhlarni birlashtirib, strategik boshqaruv, texnik aniqlik va joylardagi ishonchli verifikatsiyani ta’minlaydi. Birgalikda ushbu tuzilmalar shaffoflikni kuchaytiradigan, standartlarni uyg‘unlashtiradigan va amalga oshirish jarayonini milliy ustuvorliklar hamda maktablar va mahallalardagi real sharoitlarga to‘liq mos kelishini ta’minlaydigan yagona boshqaruv tizimini shakllantiradi.

“Ishonch” jamg‘armasi korrupsiyaga aloqador bo‘lgan mablag‘larni Shveysariyadan O‘zbekistonga qaytarish va ularni O‘zbek xalqi farovonligi uchun sarflashga ko‘maklashadi. Batafsil ma’lumot uchun www.ishonch.org saytiga o’tishingiz mumkin.

Asosiy maqsadlar:

Bolalar va o‘smirlarning eng ko‘p zarar ko‘rgan maktablarda teng, inklyuziv va iqlimga bardoshli ta’lim muhitiga kirish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ta’lim tizimining maktab muhitini yanada samarali rejalashtirish, ta’minlash va boshqarish salohiyatini oshirish quyidagilar orqali amalga oshiriladi:

  • maktablarda iqlimga chidamli va WASH yondashuvlarini modellashtirish orqali teng, inklyuziv va iqlimga bardoshli ta’lim muhitini yaratish;
  • kamida 45 ta maktabda inklyuziv va genderga sezgir WASH xizmatlariga kirishni ustuvor qilish, bolalar va o‘smirlarning, ayniqsa qiz-o‘smirlarning ehtiyojlarini inobatga olish;
  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (MMTV) hamda mahalliy idoralarga maktab infratuzilmasini genderga sezgir va shaffof usullarda boshqarish uchun institutsional qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatish, bu jarayonda mahallalar bilan hamkorlik qilish va takomillashtirishlarning barqarorligini ta’minlash.

Kutilayotgan natijalar:

  • 45 ta genderga sezgir Mahalla Rivojlantirish Rejalari ishlab chiqildi. 
  • MMTV, maqsadli maktablar va mahalliy hokimiyatlarning 945 nafar xodimlari iqlimga chidamli WASH bo‘yicha rejalashtirish, byudjetlashtirish va amalga oshirish masalalarida o‘qitildi. 
  • MMTV, maqsadli maktablar va mahalliy hokimiyatlarning 100 nafar xodimlari Natijalarga asoslangan byudjetlashtirish tamoyillari hamda byudjetni rejalashtirish, monitoring va baholash bo‘yicha ilg‘or tajribalar yuzasidan o‘qitildi. 
  • Kamida 45 ta maktab iqlim o‘zgarishiga moslashuv, energiya samaradorligi, suvni tejash, gender sezgirligi va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulaylikni ta’minlaydigan texnik dizayn asosida WASHning asosiy xizmatlari bilan ta’minlash uchun ta’mirlandi. 
  • Maktablardagi isitish tizimlarida ko‘mir yoqadigan qozonlar o‘rniga energiya samarador innovatsion texnologiyalar joriy etilishi orqali issiqxona gazlari chiqindilari kamida 50% ga qisqartirildi. 
  • BMT tomonidan qo‘llab-quvvatlangan dasturlar orqali 11025 nafar ayol va o‘smir qizlarning hayz ko‘rish gigiyenasi bilan bog‘liq ehtiyojlari qondirildi. 
  • 31500 nafar bola va o‘smirlar iqlimga chidamli, genderga sezgir WASH bo‘yicha muhim bilimlarga ega bo‘ldi.