Loyihaning qisqacha mazmuni:

Finlyandiya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan loyiha Markaziy Osiyoda inklyuziv va barqaror iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Loyiha “yashil” qiymat zanjirlarini rivojlantirish, mintaqaviy va global bozorlarga integratsiya qilish hamda raqobatbardoshlikni oshirishni maqsad qiladi. Oldingi bosqichlarda erishilgan natijalarga tayanib, loyiha ishlab chiqarish salohiyatini kuchaytirish, yangi “yashil” ish o‘rinlarini yaratish va tashqi zarbalarga, jumladan COVID-19 oqibatlariga nisbatan iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga e’tibor qaratadi. Muhim yo‘nalishlardan biri –ayollar va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish hamda raqamlashtirish va elektron tijorat imkoniyatlaridan foydalanish.

Asosiy maqsadlar:

  • Mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va “yashil” qiymat zanjirlari orqali global bozorga integratsiya qilish.

  • Qishloq xo‘jaligi, agro-sanoat va boshqa “yashil” tarmoqlarda qiymat zanjirlarining samaradorligi, raqobatbardoshligi va eksportga tayyorgarligini oshirish.

  • Kichik bizneslar uchun raqamli savdo, elektron tijorat va innovatsion savdo yechimlarini rivojlantirish.

  • Ayollar va yoshlarning tadbirkorligi hamda tashqi savdodagi ishtirokini kengaytirish.

Kutilayotgan natijalar:

  • Mintaqaviy hamkorlik kuchayadi va global bozorlar bilan integratsiya chuqurlashadi.

  • KSOlar va “yashil” qiymat zanjirlarida raqobatbardoshlik oshadi, kamida 1 500 ta yangi yoki saqlab qolingan “yashil” ish o‘rinlari yaratiladi.

  • Qo‘llab-quvvatlangan qiymat zanjirlarida $300 mln gacha eksport shartnomalari amalga oshiriladi.

  • KSOlarning raqamli vositalardan, elektron tijoratdan va katta ma’lumotlar tahlilidan keng foydalanishi ta’minlanadi.

  • Ayollar va yoshlar tadbirkorligida ishtirok kuchayadi, loyiha resurslarining kamida 15% ularga yo‘naltiriladi.

On the ground in about 170 countries and territories, UNDP works to eradicate poverty while protecting the planet. We help countries develop strong policies, skills, partnerships and institutions so they can sustain their progress.