Banner with a large multicolor circular logo on the left and small photo thumbnails.

“Oʻzbekistonda yuqori qiymatga ega landshaftlarni saqlash va qayta tiklashni integratsiyalashgan boshqarish” loyihasi

O‘zbekistonda landshaftlarni tiklashni kengaytirish. Ushbu loyiha GEF-8 Global dasturining bir qismi bo‘lib, G‘arbiy Tyanshan, Nurota va Ko‘hitang landshaftlarida ekotizimlarni tiklash bo‘yicha innovatsion va kompleks yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan. Yer degradatsiyasining asosiy sabablarini bartaraf etish orqali loyiha 1,3 million gektar muhim o‘rmon va yaylovlarni boshqarishni yaxshilashga xizmat qiladi. Inklyuziv va ishtirokga asoslangan yondashuv orqali loyiha ayollar, yoshlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarning imkoniyatlarini kengaytirib, barcha uchun barqaror va adolatli ekologik manfaatlarni ta’minlaydi.

Asosiy maqsadlar:

  1. Degradatsiyaga uchragan ekotizimlarni, jumladan 139 958 gektar yaylov va o‘rmon hududlarini tiklash.
  2. 349 597 gektar landshaft hududlarida yer resurslarini boshqarish amaliyotlarini yaxshilash.
  3. 881 000 gektar Muhim biologik xilma-xillik hududlarini (KBA) muhofaza qilish.
  4. 142 278 gektar muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda boshqaruv samaradorligini 20 foizga oshirish.
  5. Barqaror yer resurslaridan foydalanish va biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha institutsional salohiyatni mustahkamlovchi innovatsion va ishtirokga asoslangan yondashuvlarni ilgari surish.
  6. Ayollar, yoshlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarning keng ko‘lamli va barqaror tiklash ishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun innovatsion moliyalashtirish va salohiyatni oshirish mexanizmlarini kengaytirishdagi imkoniyatlarini mustahkamlash.
  7. Yaylov va o‘rmonlarni tiklash orqali 7,5 million tonna CO₂ chiqindilarini kamaytirish va sayyoramiz ekologik holatini yaxshilashga hissa qo‘shish.

Kutilayotgan natijalar:

  • 53 000 gektar o‘rmon va yaylov hududlari tiklanadi.
  • Ekotizimlarni tiklash va biologik xilma-xillikni saqlash maqsadida 200 000 gektar davlat o‘rmon fondi yerlarida boshqaruv tizimi yaxshilanadi.
  • 142 278,4 gektar muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda boshqaruv samaradorligi oshiriladi.
  • Ekotizimlarni tiklash uchun yangi barqaror moliyalashtirish mexanizmlari ishlab chiqiladi.
  • GEF tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan faoliyatlar orqali 30 000 nafar mahalliy tabiiy resurs foydalanuvchilari manfaatdor bo‘ladi, jumladan tabiatga asoslangan turizmni rivojlantirish, yaylovlarni samarali boshqarish va tabiiy resurslarga asoslangan barqaror daromad manbalarini kengaytirish orqali.
  • O‘zbekistonning milliy muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimi mustahkamlanadi hamda xalqaro ilg‘or tajribalar bilan yanada uyg‘unlashtiriladi.