O‘zbekistondagi Afg'oniston Fuqarolari Uchun Ta'lim Grantlari

14-April, 2022

Photo: UNDP Uzbekistan

Hurmatli ariza beruvchi,

Yevropa Ittifoqi (Yevropa Ittifoqi) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) “Аfgʻoniston fuqarolariga taʼlim berish va ularni kasbiy tayyorlash boʻyicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasidoirasida texnik hamda kasbiy taʼlim va tayyorgarlik (TKTT), shuningdek asosiy kasblar boʻyicha qisqa muddatli kurslar dasturlarida oʻqish uchun grantlar eʼlon qiladi.

Ushbu grantlar Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi va BMTTD tomonidan amalga oshiriladi.

Grantlarning muddatlari qanday?

TKTT dasturlari uchun 2022-yilning aprel-dekabr oylari

Yoʻnalishlar: qurilish, agrobiznes, toʻqimachilik, turizm va axborot texnologiyalari.

Taʼlim tili: oʻzbekcha, ruscha va inglizcha.

Birinchi semestrda nazariy fanlar oʻqitiladi; ikkinchi semestrda esa amaliyot oʻtash koʻzda tutilgan.

Qisqa kurslar 3 oygacha muddatli boʻlib, uning bir oyi amaliy mashgʻulotlar uchun moʻljallangan.

Yoʻnalishlar: quruvchilar, payvandchilar, IT-mutaxassislari, xizmat koʻrsatish va maishiy xizmat koʻrsatish sohasi ishchilari, transport va avtotaʻmirlash ishchilari, tikuvchilar va kosiblar, oshpazlar, gilamdoʻzlik, kashtachilik (zardoʻzlik) va boshqalar.

Taʼlim tili: oʻzbekcha, ruscha va inglizcha.

Kimlar ariza berishi mumkin?

Afg‘oniston fuqarolari, ayniqsa, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan yoshlar va ayollar bu grantni olish uchun ariza topshirishlari mumkin.

Grantlar boʻyicha qanday xarajatlar qoplab berilishi koʻzda tutilgan?

Grant taʼlim uchun toʻlov, turar joy, yoʻl kira va oylik stipendiyalar boʻyicha xarajatlarni qoplab beradi.

Ehtimoliy qaramogʻdagi shaxslar, shu jumladan bolalar bilan bogʻliq boshqa xarajatlar mazkur grant bilan qoplab berilishi nazarda tutilmagan.

Konkurs asosidagi tanlov bosqichlari

1-bosqich

Ariza berish, 2022-yilining 20-aprel, Toshkent vaqti bilan (GMT+5) soat 15:00 gacha.

(“Zarur hujjatlar roʻyxati” boʻlimini diqqat bilan oʻqing. Faqat tanlovdan oʻtgan nomzodlar keyingi bosqich, yaʼni yozma testga qoʻyiladi).

2-bosqich

Yozma test

Testning shakli va sanasi tez orada eʼlon qilinadi. Faqat tanlovdan oʻtgan nomzodlar keyingi bosqich, yaʼni suhbatga qoʻyiladi.

3-bosqich

Baholovchi komissiya bilan suhbat

Testning shakli va sanasi tez orada eʼlon qilinadi.

Zarur hujjatlar roʻyxati *:

Pasport va/yoki Afgʻonistonning mahalliy guvohnomasi nusxasi;

Ariza shakli (bu yerdan yuklab oling, barcha qatorlar toʻldirilishi kerak);

Qisqacha ragʻbat xati

Attestat va diplomlar:

·   12 yillik (oʻrta) maktabni tugatganligi toʻg‘risidagi attestat (tegishli fanlar boʻyicha baholari bilan); 

·   Afgʻonistonda olingan sertifikat va diplomlar (agar boʻlsa).

* Zarur hujjatlar roʻyxati dastur sxemasiga qarab farqlanishi mumkin. Barcha hujjatlar oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida boʻlishi kerak.

Hujjatlar diqqat bilan skanerdan oʻtkazilishi va 2022-yilining 20-aprel, Toshkent vaqti bilan (GMT+5) soat 15:00 gacha bobur.jurakhujaev@undp.orgelektron manziliga joʻnatilishi zarurxatning sarlavhasida esa yuqorida koʻrsatilgan tillarning birida ariza beruvchining ism-sharifi koʻrsatilishi lozim. Notoʻgʻri skanerlangan yoki notoʻgʻri yuborilgan yoki qisman kam tarzda yuborilgan hujjatlar qabul qilinmaydi.

Faqat belgilangan muddatdan oldin topshirilgan arizalar koʻrib chiqiladi.

Nomzodning aloqa maʻlumotlari toʻgʻri koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

Ariza beruvchilarga ularning arizasi muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz boʻlganligi haqida elektron pochta orqali xabar beriladi.

 Bog'lanish:

Agar sizda ariza yoki grant uchun maqbullik boʻyicha biror savol yoki soʻrovingiz boʻlsa, hech ikkilanmay bobur.jurakhujaev@undp.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Sizga omad yor boʻlsin!

Yuklab olish uchun hujjatlat ro’yhati:

1.     Ariza (TKTT);

2.     Ariza (qisqa muddatli kurslar);

3.     Ko’p beriladigan savollar (TKTT);

4.     Ko’p beriladigan savollar qisqa muddatli kurslar);

5.     Afg'oniston fuqarolarining ehtiyojlarini baholash so‘rovnomasi.