GLOBAL STANDARTLAR, MAHALLIY MAHSULOTLAR: O‘zbekistondagi fermerlar va eksportchilar uchun qishloq xo‘jaligi sertifikatlash bo‘yicha qo‘llanma
GLOBAL STANDARTLAR, MAHALLIY MAHSULOTLAR: O‘zbekistondagi fermerlar va eksportchilar uchun qishloq xo‘jaligi sertifikatlash bo‘yicha qo‘llanma
29-June, 2026
Qoraqalpog‘iston Respublikasi fermer va dehqonlarining xalqaro bozorlarga chiqishga qiziqishi ortib borayotgan bir sharoitda, xalqaro standartlar va sertifikatlashtirish tartib-taomillari talablarini tushunish muvaffaqiyatli eksport faoliyatining asosiy shartiga aylanmoqda.
Ushbu qo‘llanma Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) "Orolbo‘yi mintaqasidagi mahalliy aholining barqarorligini mustahkamlash va eng zaif jamoalarning yashil, inklyuziv rivojlanishini rag‘batlantirish" loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasi Hukumatining moliyaviy ko‘magida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda Yevropa Ittifoqi (YI), Janubi-G‘arbiy Osiyo va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishda xalqaro standartlarni qo‘llash va sifat sertifikatlarini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
Qo‘llanma sertifikatlashtirishning asosiy bosqichlarini - zarur hujjatlarni tayyorlash va mahsulot sifatini tekshirishdan tortib, xalqaro bozorlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan mahalliy eksportchilarning amaliy misollarigacha qamrab oladi. Yevropa Ittifoqi yagona bozori talablari va meva-sabzavot mahsulotlarini import qilish tartib-taomillarining o‘ziga xos xususiyatlariga alohida e’tibor qaratilgan.
Qo‘llanma qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishga qiziquvchi fermer va dehqonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, maqsadli bozorlarning o‘ziga xos talablarini hisobga olgan holda xalqaro sertifikatlashtirishning umumiy tamoyillariga asoslanadi.