[YAKUNLANGAN] O‘zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror
O‘zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish texnik salohiyatni mustahkamlash ( 2-komponent)
Qisqacha tavsif:
Ushbu loyiha irrigatsiya tizimi havza boshqarmalari, suv istemolchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklari darajasida hamda treninglar o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan tashkilotlar darajasida suv xo‘jaligi tashkilotlarining texnik salohiyatini mustahkamlash uchun mo‘ljallangan. Bu esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, ayniqsa, zamonaviy suv va resurslarni tejaydigan qishloq xo‘jaligi texnologiyalariga intensiv usullarni joriy etishga yordam beruvchi 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasining maqsadlariga erishishga o‘z hissasini qo‘shadi. Shuningdek, barqaror suv xo‘jaliklarini boshqarish va sanitariya sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan Barqaror rivojlanish uchun 2030 yilgi Dasturning 6maqsadiga erishish uchun ham yordam beradi. Bu barcha darajalardagi suv resurslarining integratsiyalashgan boshqaruvini qo‘llabquvvatlashlash va mahalliy hamjamiyatning suv resurslarini samarali boshqarish borasidagi ishtirokini qo‘llabquvvatlash orqali amalga oshirilishi mumkin.
Kutilayotgan natijalar:
- Loyihaning bitiktirilgan oltita hududlarida irrigatsiya tizimlarining ta’mirlash va qayta tiklash ishlari natijasida 13000 gektar sug’oriladigan yerlarda suv ta’minoti yahshilandi. Uning natijasida suv yo’qotilish 30-50% ga kamaydi.
- Ichimlik suvi tizimini qurilishi natijasida 9500 kishilik qishloq aholi punktlari shuningdek ijmitoiy ob’ektlar, asosan bolalar bog’chasi, maktablar va poliklinika toza va havfsiz ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
- Suv resurslarini samarali va barqaror boshqarishga imkon beruvchi suv xo‘jaligini boshqarish, gidrometriya va metrologiya, yirik inshootlar va suv omborlari, irrigatsiya va melioratsiya, suv nasoslari va energiya tejash hamda inovatsion texnologiyalar sohasida 3718 nafar suv xo‘jaligi mutaxassislari yangi bilimlarga ega bo‘lgdi va ularning amaliy ko‘nikmalari oshirilgdi.
- Suv o'lchash vositalarini kalibrlash bo'yicha milliy tizimi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutini komparator moslamasi bilan jihozlash natijasida tashkil etildi.
- TIQXMMI, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining ilmiy salohiyatini oshirish maqsadidia lizimetrik kompleks yaratildi va ularni zarur laboratoriya bilan jihozlash orqali suvni tejaydigan texnologiyalarni o'rganish uchun o'quv maydonchasini yaratildi.
- Ikkita ITHB kanallarning suv o'tkazuvchanligini yaxshilash uchun innovatsion ekskavatorlar bilan ta’minladi.
- 6 ta ITHB, TIQXMMI va Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti zamonaviy raqamli nivelirlar va doppler-profilograflar bilan jihozlandi.
- Loyihaning oltita tajriba sinov hududlarida 35 ta aholi tomorqalarida va 1 ta fermer ho’jaligida tomchilab sug’orish tizimi o’rnatildi.
- 14 ta ISO xalqaro metrologiya va standartizatsiyalash me`zonlari UzStandart tomonidan tasdiqlandi va qo’llanilmoqda.
- Bitta Irrigatsiya tizimi havza boshqarmasi (ItHB), bitta Irrigatsiya tizimi boshqarmasi (ItB) va yettita Suv istemolchilari uyushmalarining (SIU) moddiytexnika bazasi ularning transport vositalari (7 ta mototransport va 35 velosipedlar) va portativ suv o‘lchash asboblari bilan jihozlanishi orqali mustahkamlandi; ularning binolari ta’mirlanib, yangi mebel va ofis uskunalari bilan jihozlandi.
- Suv mutahassislarining malakalarini oshirish maqsadida Milliy Malaka oshirish dasturi yaratildi va 8 ta o’quv modullari ishlab chiqildi.
- Sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini monitoring qilish milliy tizimi yaratildi.
- Daryalik-arna magistral kanalda nasos stansiyalari uchun yagona energiya ta'minoti tizimi yaratildi. Bu esa, o`z o`rnida reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish va yiliga 170 ming kVt soat faol quvvatni tejash imkonini beradi.
- TIQXMMI, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy salohiyatini oshirish maqsadidia zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlandi.