[YAKUNLANGAN] Orolboʻyida inson xavfsizligini taʼminlashning dolzarb muammolarini hal qilish

BMTTD va YuNESKOning “Barqaror qishloq hududlari rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash orqali Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligining dolzarb muammolarini hal qilish” qo'shma loyihasi

Loyihaning qisqacha tavsifi:

Orol dengizni qurishi tufayli davom etayotgan inqiroz yerlarni yemirilishi, choʻllanish, ichimlik suvini yetishmasligi, mahalliy aholining salomatligi va farovonligi holatlarini yomonlashuvi kabi qator salbiy oqibatlarga ega. BMTTD tomonidan 2017 yilda oʻtkazilgan Orolboʻyi hududidagi ehtiyojlarning majmuaviy bahosi Orol dengizi fojiasidan kelib chiqqan hududdagi inson xavfsizligi uchun oʻzaro bogʻliq boʻlgan xatarliklarni aniq belgilab berdi.

Loyiha Orolboʻyi hududi uchun BMTning Inson xavfsizligi boʻyicha koʻphamkorlik trast jamgʻarmasi doirasida loyiha arizalarini birinchi qabul qilish mobaynida koʻrsatilgan mavzuli yoʻnalishlarga mos keladi, unda atrof-muhit, salomatlik va ijtimoiy xavfsizlik bilan bogʻliq boʻlgan muammolarni hal qilishga yoʻnaltirilgan takliflar eng ustuvor hisoblanishi belgilab qoʻyilgan edi. Loyihaning maqsadi-ekologik vaziyatni yaxshilash uchun majmuaviy yechimlarni taqdim etish orqali Orolboʻyining eng zaif hamjamiyatlarida ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorliklarni bartaraf qilish, asosiy xizmatlardan bemalol foydalana olishni kengaytirish, turizmni rivojlantirish orqali mahalliy aholi farovonligini oshirish, barqaror rivojlanishni taʼminlash, hamda ichimlik suvi bilan taʼminlanishga koʻmak berishdan iboratdir.

Loyihani amalga oshirish doirasida, hukumatning Orol dengizining ekologik fojiasining salbiy oqibatlarini bartaraf qilishga birinchi navbatda eʼtibor qaratilgan siyosatiga mos ravishda, Orol dengizining inqirozining salbiy oqibatlari sababli aziyat chekkan hamjamiyatlarning turmush darajasini yaxshilash rejalashtirilmoqda.

Kutilayotgan natijalar:

  • Ichimlik suvi bilan taʼminlanish orqali hamjamiyatlarning barqarorligini oshirish;
  • Daromad olish imkoniyatlarini oshirish va Qoraqalpogʻistonda turizm iqtisodiyotini barqaror inklyuziv oʻsishiga koʻmak berish yoʻli bilan qishloq aholisining (shu jumladan, ayollar/ yoshlarning) ijtimoiy farovonligini yaxshilash;
  • Haqiqiy maʼlumotlarga asoslangan holda oʻrmonlashtirish sohasidagi tashabbuslar orqali iqlim oʻzgarishiga moslashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.