Pandemiyadan keyingi iqtisodiyotga aholining ko‘nikmalarini moslashtirish

Farg‘ona vodiysida pandemiyadan keyingi iqtisodiyotga aholining ko‘nikmalarini moslashtirish

Loyihaning qisqacha tavsifi:

Loyiha O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda BMTTD qo’shma tashabbusi bilan ishga tushirilgan.

Taklif etilayotgan loyiha talabalar va ish izlovchilar o'rtasida ishbilarmonlik va kelajakdagi ko'nikmalarni shakllantirish orqali aholining, ayniqsa Farg'ona vodiysi yoshlarining bandligi va tadbirkorlik imkoniyatlarini oshirish orqali qashshoqlikni kamaytirishga hissa qo'shadi. Ushbu loyiha kelajakdagi ish uchun yangi yo'lni yaratishga qaratilgan - bu doimiy mahoratga ega bo'lish, raqamli sakrash va hayot bilan ish o'rtasidagi yangi muvozanat. Loyihaning rivojlanish maqsadi - post-pandemiya davrida yangi biznes modellarini yetkazib berish uchun ishchi kuchini qayta tayyorlash va malakasini oshirish. U kollej va universitet bitiruvchilari, norasmiy ish bilan band bo'lgan ayollar va erkaklar, qaytib kelayotgan muhojirlar va boshqa zaif guruhlarni qamrab oladi va O'zbekiston hukumati va xususiy sektorga xodimlarning muhim raqamli va kognitiv imkoniyatlarini, ularning texnik va ijtimoiy ko’nikmalarini rivojlantirish siyosati va iste'dod strategiyasini ishlab chiqishda, hissiy ko'nikmalar va ularning moslashuvchanligi va chidamliligi rivojlantirishda yordam beradi.

Kutilayotgan natijalar:

2025 yilga kelib, yoshlar, ayollar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari yashash tarzini ta'minlash, munosib mehnat qilish imkoniyatlarini yaxshilab, inklyuziv va teng iqtisodiy o'sish natijasida yaratilgan imkoniyatlarni kengaytiradilar.

Loyihadan yiliga kamida 20000 nafar yoshlar manfaat ko’rishadi.