Markaziy Osiyoda savdoni rivojlanishga ko’maklashish (IV bosqich)

Markaziy Osiyoda savdoni rivojlanishga ko’maklashish (IV bosqich)

Loyihaning qisqacha tavsifi:

Markaziy Osiyoda savdoni rivojlantirishga ko’maklashish (IV bosqich) mintaqaviy loyiha boʻlib, umumiy maqsadi yashil ishlab chiqarish tarmoqlarida savdo va raqobatbardoshlikni oshirish orqali Oʻzbekistonda inklyuziv va barqaror iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirishdan iborat. Loyiha O’zbekiston hukumatini qishloq xo’jaligi va agrosanoat, shuningdek, bandlikka ko’maklashuvchi va potentsial “yashil” boshqa sektorlarda aniqlanishi kerak bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan barqaror o’sish modellariga hissa qo’shishda qo’llab-quvvatlashga qaratilgan.

Kutilayotgan natijalar:

  • Xususiy sektorga nisbatan siyosatni takomillashtirish;
  • Xususiy sektorning samarali xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash;
  • Ish o'rinlarini yaratishga hissa qo'shadigan yashil mahsulotlarini yaratish yoki rivojlantirishda qo'llab-quvvatlash.

Asosiy maqsadlar:

  1. Xususiy sektorga samarali xizmatlarni ko'rsatish uchun savdoni qo'llab-quvvatlovchi tashkilotlarning salohiyatini oshirish;
  2. Barqaror inson rivojlanishiga hissa qo'shadigan yanada samarali va raqobatbardosh ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlash korxonalar orqali barcha uchun bozor imkoniyatlarini qo'llab-quvvatlash.