Hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish

O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish

Qisqacha tavsif:

Loyiha davlat xizmatlari qamrovi, tizimni integratsiyalash sohalarini kengaytirish, uyushtiruvchi strukturalarni va markazlashtirilmagan xizmat ko‘rsatishni  yaxshilash,  boshqaruvning strategik instrumentlari va bu o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashning zaruriy mexanizmlarini mustahkamlash yo‘li bilan davlat muassasalari tomonidan taqdim etiladigan xizmatlarni ko‘rsatishni kengaytirishga ko‘maklashishga yo‘naltirilgan.

SHuningdek, loyiha qaror qabul qilish jarayonida hamma tomonlarning ishtirokini va ma’lumotlardan foydalanish huquqini kengaytirishga, mamlakatda mahalliy boshqaruv tizimining shaffofligini oshirishga ko‘maklashadigan hisobotdorlikning turli mexanizmlarini qo‘llab-quvvatlash vositasida fuqarolarning jalb qilinishini  kuchaytirishni maqsad qilgan. 

Davlat xizmatlarining taqdim etish mexanizmlarini takomillashtirgancha Loyiha qishloq tumanlarida ayollar, yoshlar va bolalar, keksa odamlar va imkoniyati cheklanganlar kabi aholining himoyaga muhtoj qatlamining xizmatlardan foydalanish huquqini kengaytirish va xizmat ko‘rsatishning sifatini oshirish yo‘li bilan ularning turmush tarzini yuksaltirishga ko‘maklashadi.

Loyiha vazifalari Hukumatning institutsional samaradorlik, shaffoflikni oshirishga  va fuqarolarning keng qamrovli islohotlarni amalga oshirishda keng ishtirok etishiga ko‘maklashadigan tashabbuslarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish sohasidagi ustuvorliklariga muvofiqdir. SHunday qilib, loyiha O‘zbekiston Respublikasida rivojlanish va islohotlarning ustuvor maqsadlari bilan chambarchas bog‘liq.

Kutilayotgan natijalar:

  • Boshqaruv me’yorlari va tegishli qoidalarni optimallashtirish va ma’lumotlar asosida siyosatni ishlab chiqishni ilgari surish  vositasi orqali davlat xizmatlarini taqdim etish sifatini yaxshilash uchun qulay sharoitlarni yaratishga ko‘maklashish.
  • Davlat xizmatlari agentligi, Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari markazi orqali davlat xizmatlarini taqdim etish sohasida siyosatga reaksiya qilishni ishlab chiqish, rejalashtirish, amalga oshirish va nazorat qilish sohasida  boshqa jalb qilingan tashkilotlarning institutsional potensialini mustahkamlash.
  • Pilot mintaqalarda «yagona darcha» orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarining barqarorligini ta’minlash va aholi ishonchini oshirish uchun xizmatlarni taqdim etishning namunaviy modellarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida eng kamida 5 ta Davlat xizmatlari markazining texnik potensialini rivojlantirish.
  • Himoyaga muhtoj guruhdagilarning qiziqishlari va ehtiyojlarini hisobga olishni ta’minlash maqsadida pilot mintaqalarda ularning mahalliy hukumat organlarida keng ishtirok etishi asosida rejalashtirish tizimini tatbiq etish va qo‘llab-quvvatlash.