[YAKUNLANGAN] Raqamli iqtisodiy diplomatiya

O'zbekistonda raqamli iqtisodiy diplomatiya salohiyatini kuchaytirish

Loyihaning qisqacha tavsifi:

Loyiha O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (TIV) hamda BMTTD qo’shma tashabbusi bilan ishga tushirilgan. 

Taklif etilayotgan loyiha O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini raqamli transformatsiya dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirishda qo'llab-quvvatlaydi. Ushbu loyiha davlatning raqamli iqtisodiy diplomatiya salohiyatini oshirish hamda qulay sharoitlar va maqsadli choralar yaratishga yordam beradi. Loyiha COVID-19 tarqalishi oqibatida aniqlangan xalqaro munosabatlar sohasidagi eng dolzarb muammolarni hal qilishga hissa qo'shadi.

O'zbekiston sharoitida ushbu loyiha mamlakatni qo'llab-quvvatlaydigan raqamli iqtisodiy diplomatiya uchun salohiyatni oshirish mexanizmi bo'lib xizmat qiladi. Xususan, Tashqi ishlar vazirligi, asosiy davlat idoralari, mintaqaviy / mahalliy rivojlanish bo'linmalari va tijorat korxonalari shular jumlasidandir. Loyiha sezilarli darajada raqamlashtirilgan dunyoda O'zbekistonning iqtisodiy ishtirokini rivojlantirishga qaratilgan yangi, zamonaviy amaliyotni yaratishga xizmat qiladi.

Kutilayotgan natijalar:

2021 yil yakuniga qadar raqamli va texnologik yechimlardan foydalanish orqali O'zbekistonda iqtisodiy diplomatiya maqsadlarini ilgari surish uchun asos yaratishga qaratilgan loyiha hujjatini ishlab chiqish.