O‘quv dasturini ishlab chiqish bo‘yicha grant tanlovi
23-September, 2025
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi elektromobil va yashil shahar transporti bo‘yicha o‘quv dasturini ishlab chiqish va oliy ta’lim tashkilotlarida amaliyotga joriy etish uchun grant tanlovini e’lon qiladi.
O‘quv dasturini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Transport vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi o‘rtasida amalga oshirilayotgan “Toshkent – kam uglerodli avtotransportga investitsiyalar jalb etishni jadallashtirish” loyihasi tomonidan 2025-2026-yillar uchun umumiy 45 000 AQSH dollari miqdorida grant mablag‘i ajratiladi.
O‘quv dasturini ishlab chiqishdan maqsad oliy ta’lim tashkilotlarida elektromobil va yashil shahar transportini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmaga ega bo‘lgan talabalarni tayyorlashdan iborat.
Grant quyidagi tashkilotlarga beriladi:
nodavlat ilmiy-tadqiqot yoki oliy ta’lim tashkilotlari;
davlat muassasasi tarkibida faoliyat yurituvchi nodavlat tashkilotlar (fondlar).
Mazkur tanlovda qatnashish istagini bildirgan hamda reglament (1-ilova) talablariga mos bo‘lgan nomzodlar o‘z takliflarini veb saytga yuklangan shakllarga (1,2,3,4,5-ilovalar) muvofiq, 2025-yil 3-oktyabrga qadar projecttailev@mintrans.uz elektron pochta manziliga yuborishlari so‘raladi.
Ilovalarni yuklab olish:
⬇️ Annex 2 (Capacity AssessmentChecklist (Cache)