O‘zbekiston delegatsiyasi Italiya qishloq xo‘jaligi tizimi bilan tanishdi

5-June, 2023
Photo: UNDP Uzbekistan
  • Italiya qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti siyosati dasturi bilan tanishish; 

  • O'zbekiston qishloq xo‘jaligi siyosati va amalga oshirilayotgan islohotlar haqida taqdimot o‘tkazish;

  • Italiyaning Qishloq xo'jaligi tadqiqotlari va iqtisodiyoti kengashi (CREA) Italiya qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi faoliyati bilan tanishish;  

  • Yevropa qishloq xo‘jaligi innovatsion hamkorligi (EIP-AGRI) kontseptsiyasi doirasida CREA boshchiligida tashkil etilgan Operatsion guruhlar faoliyatini o‘rganish;

  • Qishloq xo‘jaligida tabiy resurslardan oqilona foydalanish va iqlim o‘zgarishsiga moslashish bo’yicha innovatsion yondashuvlarni ko‘zdan kechirish;

Photo: UNDP Uzbekistan

Shu maqsadlarda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan #EU-AGRIN loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi, qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurutivchi ilmiy-tadqiqot institutlari, AKIS agroxizmatlar markazi, Agrar soha ayollari uyushmasi hamda BMT Taraqqiyot dasturi vakillaridan iborat delegatsiya 2023-yilning 22–28 may kunlari Italiyaga o‘quv safari uyushtirildi.

Photo: UNDP Uzbekistan

Tashrif davomida Qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat suvereniteti va o'rmon xo'jaligi vazirligi, CREA shtab-kvartirasi, Italiyadagi eng muhim melioratsiya va irrigatsiya kengashi, Qishloq xo'jaligida innovatsiyalar bo'yicha viloyat idorasi, Sut mahsulotlarini ishlab chiquvchi yirik fabrikasi, Uzumchilik va enologiya ilmiy-tadqiqot markazi, Sifat, bilim va qishloq-oziq-ovqat innovatsiyalari idorasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, chorvachilik fermasi, innovatsion issiqxonasi va meva dalalarida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi. 

Italiyaning qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi ilg‘or tajribasini o‘rganish O‘zbekistonda tashkil etilayotgan Innovatsion guruhlar faoliyati samaradorligini ta’minlashga xizmat qilib, yangi g‘oyalarni ishlab chiqishga zamin yaratadi.