O‘zbekistondagi GEF Kichik Grantlar Dasturi (SGP)
20-May, 2026
Global Ekologik Jamg‘arma (GEF) ko‘magida va BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) tomonidanamalga oshirilayotgan O‘zbekistondagi GEF Kichik Grantlar Dasturi mahalliy ekologik tashabbuslar uchun yangi loyiha tanlovini e’lon qiladi.
Dastur nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) va mahalliy hamjamiyat tashkilotlariga global ekologik muammolarni hal qilish, mahalliy aholining barqarorligini oshirish hamda tabiiy resurslarni barqaror boshqarishni rivojlantirishga qaratilgan innovatsion, amaliy va mahalliy ehtiyojlarga yo‘naltirilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar taqdim etadi.
Tanlov O‘zbekiston bo‘ylab tegishli mezonlarga javob beruvchi nodavlat notijorat tashkilotlari uchun ochiq.
Loyiha takliflari quyidagi ustuvor yo‘nalishlardan kamida biriga mos bo‘lishi kerak: biologik xilma-xillikni saqlash; yer va suv resurslarini barqaror boshqarish; iqlim o‘zgarishini yumshatish va unga moslashish; degradatsiyaga uchragan ekotizimlarni tiklash; barqaror qishloq xo‘jaligi va agroo‘rmonchilik; chiqindilar va kimyoviy moddalarni boshqarish; ekologik ta’lim va salohiyatni oshirish; shuningdek qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalari va energiya samaradorligi asosidagi past uglerodli hamda resurslarni tejovchi yechimlarni joriy etish orqali issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va ekologik barqarorlikni oshirish.
Arizalar ro‘yxatdan o‘tgan nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT), mahalliy hamjamiyat tashkilotlari (mahallalar), uyushmalar, fondlar, notijorat tashabbuslar uchun ilmiy va ta’lim muassasalari hamda boshqa tegishli fuqarolik jamiyati tashkilotlari tomonidan topshirilishi mumkin.
Ariza topshiruvchi tashkilotlar o‘zlarining ustav faoliyati va tashkiliy-operatsion mandati taklif etilayotgan loyiha mavzusi hamda Dastur ekologik maqsadlariga mos ekanligini ko‘rsatishi lozim.
Davlat muassasalari, davlat tashkilotlari, tijorat subyektlari va foyda olishga yo‘naltirilgan tashkilotlar ushbu tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Dastur tijorat yoki foyda olishga qaratilgan faoliyatlarni, siyosiy yoki diniy loyihalarni, avval amalga oshirilgan tadbirlarni moliyalashtirishni, shuningdek davlat organlari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshiriladigan tashabbuslarni moliyalashtirmaydi. Ekologik innovatsiya, hamjamiyat ishtiroki va barqarorlik komponentlarisiz faqat qurilish yoki infratuzilmaga yo‘naltirilgan loyihalar ham odatda ko‘rib chiqilmaydi.
Mahalliy hamjamiyatlarning faol ishtiroki va egalik hissini namoyon etuvchi, amaliy va innovatsion ekologik yechimlarni taklif qiluvchi, o‘lchab bo‘ladigan ekologik natijalarga ega, kengaytirish va barqarorlik salohiyatini ko‘rsatadigan, aholining zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlaydigan hamda arizachi va hamkorlar tomonidan qo‘shimcha moliyalashtirish yoki natura shaklidagi hissa taqdim etiladigan loyihalarga ustuvorlik beriladi. Shuningdek, ayollar va yoshlarning loyiha rejalashtirish, amalga oshirish va qaror қабул қилиш jarayonlaridagi faol иштирокини таъминлайдиган inklyuziv yondashuvlarga alohida e’tibor qaratiladi.
Arizachilar loyiha amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash uchun asosli qo‘shimcha moliyalashtirish va/yoki natura shaklidagi hissani taqdim etishi kerak. Bunday hissa moliyaviy mablag‘lar, uskunalar, materiallar, volontyorlik меҳнати, yer maydonlari, binolar, texnik ekspertiza yoki arizachi tashkilot, mahalliy hamjamiyatlar, hamkorlar va boshqa manfaatdor tomonlarning boshqa tegishli ko‘magini o‘z ichiga olishi mumkin.
Standart loyihalar uchun grant miqdori odatda 50 000 AQSh dollarigacha bo‘lishi mumkin. Istisno hollarda Dastur ustuvorliklari va tartiblariga muvofiq strategik grantlar ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Arizachilar loyiha konsepsiyasi/ariza shakli, dastlabki byudjet, tashkilotga oid tasdiqlovchi hujjatlar hamda boshqa tegishli ilova va texnik materiallarni taqdim etishlari lozim. Loyiha takliflari ekologik ahamiyat, amalga oshirish imkoniyati, kutilayotgan natijalar, amalga oshirish salohiyati, natijalarning barqarorligi va Dastur ustuvorliklariga mosligini aniq ko‘rsatishi kerak.
Arizalar dastlab ma’muriy va texnik baholashdan o‘tkaziladi, so‘ngra Dastur tartiblari va ustuvorliklariga muvofiq Milliy Muvofiqlashtiruvchi Qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Arizachilardan barcha ariza topshirish ko‘rsatmalari va talablariga qat’iy rioya qilish so‘raladi. To‘liq bo‘lmagan, noto‘g‘ri to‘ldirilgan yoki ishtirok mezonlariga mos kelmaydigan tashkilotlar tomonidan topshirilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Arizalarni topshirishning oxirgi muddati - 2026-yil 5-iyun.
Kutilayotgan arizalar soni ko‘pligi sababli, faqat dastlabki saralashdan o‘tgan tashkilotlargina Dastur tomonidan xabardor qilinadi va ular bilan keyingi aloqa olib boriladi.
Batafsil ma’lumotlar, ariza shakllari va qo‘shimcha ko‘rsatmalar dasturning rasmiy veb-saytida (www.sgp.uz) mavjud.
Qo‘shimcha ma’lumotni maxsus tayyorlangan bir sahifalik axborot materialida topishingiz mumkin.