Ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berishga qo‘shiling: She’riyat tanlovimizda ishtirok eting
20-November, 2025
G‘oliblar planshetlar bilan taqdirlanadi. Tanlab olingan ijodiy ishlar esa jamoatchilikni xabardor qilish kampaniyasida namoyish etilishi mumkin.
Ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish uchun o‘z ijodingizni ishga solmoqchimisiz? Inson huquqlarini ilgari surish istagidamisiz? Unda bu yilgi 16 kunlik faollik xalqaro aksiyasiga qo‘shiling!
16 kunlik faollik nima?
Har yili 25-noyabr — Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kunidan boshlab 10-dekabrgacha — Inson huquqlari kuniga qadar “Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” kampaniyasi o‘tkaziladi. Bu davrda butun dunyo bo‘ylab faollar odamlar ongini oshirish va ayollar hamda qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi choralar ko‘rishga chaqiradilar.
Bu yilgi mavzu: “UNiTE: Barcha ayollar va qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish”. Kampaniya raqamli makonlarda ko‘payib borayotgan zo‘ravonlik shakllariga qarshi choralar ko‘rish zaruratini ta’kidlaydi.
Nega tanlovda qatnashish kerak?
Ushbu tanlov o‘zgarishlarga ilhom beradigan ta’sirli she’rlar yaratish imkonini beradi. Ishtirok etgan holda siz ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning turli shakllari haqida xabardorlikni oshirasiz va ularni himoya qilish bo‘yicha harakatlarni qo‘llab-quvvatlaysiz. Ishtirokchilardan ushbu muammoning dolzarbligini aks ettiruvchi kuchli she’rlar yaratish kutiladi.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
16–35 yosh oralig‘idagi har bir ishtirokchi. She’riyat bo‘yicha tajriba talab qilinmaydi.
Tanlov formati qanday?
Ishtirokchilar quyidagi formatlardan birini topshirishi mumkin:
- Yozma she’r — PDF yoki Word shaklida
- Audio yoki video ijro — 1 daqiqagacha (100 MB gacha). Audio aniq bo‘lishi kerak; subtitr tavsiya etiladi.
Baholash mezonlari
She’rlar quyidagilarga ko‘ra baholanadi:
- mavzuga moslik
- ijodkorlik va o‘ziga xoslik
- emotsional va kommunikativ ta’sir
- badiiy vositalardan foydalanish
- xabarning ravshanligi va harakatga undovchi kuchi
Mukofotlar
Uch nafar g‘olib planshet bilan taqdirlanadi.
Tanlab olingan eng yaxshi ishlar esa jamoatchilikni xabardor qilish kampaniyasida namoyish etilishi mumkin.
She’r topshirish muddati
Arizalar 3-dekabrgacha qabul qilinadi.
She’ringizni quyidagi shakl orqali yuklashingiz mumkin:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScqLB5N9fBqMWg-c-Ws-5ON642LcyuDUvzvKr9VMBi3cJ-yxw/viewform?usp=dialog
Har bir ishtirokchi faqat bitta ish topshirishi mumkin.