Fotosurat: BMTTD O'zbekiston
O'zbekiston hukumati nogironligi bo’lganlarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko'rsatish tizimini takomillashtirish, ularning hayot sifatini oshirish, shu bilan birga ularning bilimlari va bandligini ta'minlash yo’lida sezilarli darajada ishlar oilb borayapti. Shu jumladan, ko'rish va eshitish qobiliyati cheklangan insonlar uchun imkoniyatlar va qulay atrof muhit sharoitlarini yaratishga ham alohida e’tibor berildi.
Shu bilan birga, boshqa toifadagi nogironligi bor insonlar xali ham mehnat qilish, yoki mehnat bozorida ishtirok etishlari uchun kerak bo'lgan malaka oshirish va ta'lim olish imkoniyatiga ega emaslar. Nogironligi bo’lgan shahslarni asosiy kasblarga o'rgatadigan va bolalik va o'spirinlik davrida sifatli va inklyuziv ta'limga asoslangan kurslar yoki ustaxonalar mavjud emas.
Nogironlar huquqlarini himoya qilish bo'yicha o'z sadoqatini aks ettirgan holda, BMT Taraqqiyot dasturi BMTning O'zbekistonda Ijtimoiy himoyani mustahkamlash qo'shma dasturi doirasida ularning ijtimoiy tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash uchun nogironlar tashkilotlari o'rtasida kichik grantlar tanlovi o’tkazildi. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (RCSAD) tanlovning 11 g'oliblaridan biri bo'lib, uning nogironligi bor bolalar va yoshlarga hunarmandchilikni o'rgatish uchun mo'ljallangan "Bolalar badiiy ustaxonasi” loyihasi moliyalashtirildi.
«Ushbu inklyuziv ustaxonaning asosiy maqsad - boshqa bolalar bilan birgalikda ishlash orqali nogironligi bo’lgan bolalarning ijtimoiylashuvini ta'minlash. Ular turli xil hunarmandchilik turlarini o'rganayotganda bir-birlari bilan muloqot qilishadi va bir-biriga yordam berishadi. Xuddi shu tarzda, san'at darslari nozik vosita qobiliyatlari, aqliy qobiliyatlarni yaxshilangan konsentratsiya, ranglarni farqlash va atrof-muhitni anglash kabi jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradi", dedi loyiha rahbari fanlar doktori Vasila Alimova.
“Nogironligi bo’lgan bolalar va agar xohlashsa, ularning ota-onalari hunarmandchilikning bir nechta turlarini o'zlashtira oladilar. Kelajakda ularning ishlari savdo ko'rgazmalariga joylashtirilishi mumkin va ishtirokchilar o’z uylarida hunarmandchilik bilan shug'ullanishni davom ettirishga qaror qilishlari mumkin.”
Ushbu tashabbus RCSAD bilan o'zaro anglashuv memorandumini imzolagan O'zbekiston Respublikasi "Hunarmand" Hunarmandlar Uyushmasi bilan birgalikda amalga oshirildi. Unda uyushma murabbiylari va hunarmand mutaxassislari "Bolalar" badiiy ustaxona loyihasini amalga oshirishda va loyiha tugaganidan so’ng ham yordam berishlari to'g'risida kelishib olindi.
Inklyuziv ustaxona nogironligi bo’lgan bolalarga nafaqat aql-zakovatidan foydalanish va nozik vosita mahoratini va estetik tasavvurlarini rivojlantirish imkonini, balki tengdoshlari bilan do'stlashish, ular bilan muloqot qilish, bilim va ko'nikmalar bilan o’rtoqlashish imkoniyatini beradi. Ishtirokchilarda haqiqiy yutuq xissi paydo bo’lib, o'zlariga bo'lgan ishonch kuchayadi.
2021 yil mart oyida markazda Bolalar badiiy ustaxonasi ochilishi bo'lib o'tdi va unda BMT Taraqqiyot Dasturi, "Hunarmand" uyushmasi, mahalliy hukumat, nogironligi bo’lgan bolalar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Ustaxona 8 yoshdan 20 yoshgacha bo'lgan nogironligi bor bolalar va yosh kattalar uchun o'quv va ijtimoiy maydonlarni birlashtirdi. Unda 2 nafardan 4 tagacha bo’lgan 5ta bolalar guruhlarida Hunarmadn uyushmasi hunarmandlari sopol idish yasash, miniatyura chizish, o'yinchoq yasash, va an'anaviy kashtachilik va kigiz tikish bo'yicha beshta ixtisoslashtirilgan darslar o'tkazdi.
BMT grant loyihasi bajarib bo’lingan bo’lsa-da, “ish to’xtagani yoq”, deydi Vasila Alimova. Ustaxona xalqaro tajriba me'yorlari va tamoyillariga muvofiq ravishda nogironligi bo’lgan bolalar va kattalar uchin inklyuziyani hayotning turli jabhalariga kiritish borasida ajoyib namuna bo’ldi. Bolalar oquv kurslarida o’qishni davom etttirayaptilar Hunarmand uyushmasi bilan hamkorlik esa davom etmoqda. Yaxshi ish davomiyligini ta’minlash maqsadida Hunarmand Uyushmasi nogironligi bo’lgan bolalarni ijtimoiylashishi, integratsiya va reabilitatsiyasiga o’z xissasini qo’sha olish uchun 4 000 AqSh dollari miqdorida grant yutib oldi. Umid qilamizki, nogironligi bo’lgan kattalar va bolalar uchun inklyuziv va to'siqsiz imkoniyatlarni taqdim eta oladigan va kengroq davlat dasturlari uchun g'oyalar chashmasi bo’la oladigan shu kabi loyihalar yaratiladi.
