O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturining 2025-yil Yillik hisoboti
O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturining 2025-yil Yillik hisoboti
4-March, 2026
2025-yilda BMT Taraqqiyot Dasturi O‘zbekistonda 2021–2025-yillarga mo‘ljallangan Mamlakat dasturini yakunladi — 105 million AQSh dollari miqdorida rivojlanish yordamini taqdim etdi hamda iqlim bo‘yicha harakatlarni jadallashtirish, hisobdor boshqaruvni mustahkamlash va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida 115,4 million AQSh dollarini safarbar qildi. Yillik hisobot ushbu natijalar ortidagi haqiqiy voqealarni yoritadi: Orolbo‘yi hududidagi jamoalar toza ichimlik suvi va iqlimga mos barqaror tirikchilik manbalariga ega bo‘layotgani, millionlab fuqarolar tezkor raqamli davlat xizmatlaridan foydalanayotgani, ayollar va yoshlar esa tadbirkorlik hamda ko‘nikmalarni rivojlantirishda yangi marralarni zabt etayotgani haqida hikoya qiladi.
Keng ko‘lamli milliy islohotlar, rekord darajadagi investitsiyalar hamda bioxilma-xillik, yashil moliya va ijtimoiy inklyuziya yo‘nalishlaridagi muhim yutuqlar O‘zbekistonning barqaror va adolatli kelajak sari harakatini jadallashtirmoqda. Ushbu hisobot institutlar mustahkamlanganda, hamkorlar birlashganda va inson manfaatlari taraqqiyot markazida bo‘lganda qanday natijalarga erishish mumkinligini namoyon etadi. Barqaror rivojlanish imkoniyatlarini yangicha talqinda ochib bergan yil bilan yaqindan tanishing.