Yerlar degradatsiyasi neytralligini taʼminlash: baholash usullari va yechimlari

18-June, 2025
A presenter gestures toward a presentation slide while seated audience members listen.
Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

2025-yil 17-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi va Global ekologik jamg‘armaning "Orol dengizi havzasi landshaftining tanazzul yerlarida ko‘llar, suv-botqoq va qirg‘oqbo‘yi hududlarni saqlash va boshqarish" qo‘shma loyihasi (Aral Sea Wetlands) doirasida, mutaxassislar uchun seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Butunjahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikning oldini olish kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda, tegishli ixtisoslashgan davlat tuzilmalari, xalqaro va jamoat tashkilotlari vakillari, Amudaryo, Olot, Qorako‘l va Mo‘ynoq tumanlari hokimliklari mutaxassislari ishtirok etdi. Tadbirning asosiy ma’ruzachisi bo‘lib, Aral Sea Wetlands loyihasining xalqaro maslahatchisi German Kust so‘zga chiqdi.

Yer degradatsiyasini kamaytirish va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga bo‘ladigan salbiy bosimlarni yumshatish uchun ko‘llar, suv-botqoq yerlar va qirg‘oq ekotizimlari atrofidagi landshaftlarda barqaror yer boshqaruvi amaliyotlarini joriy etish choralarini o‘rganish va amalga oshirish ishlari rejalashtirilgan.

Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

O‘zbekiston Respublikasi iqlim o‘zgarishi tufayli kuchaygan, suv tanqisligi va Orol dengizi halokati oqibatlari kabi omillar tufayli yerlarning tanazzulga uchrashi bilan bog‘liq jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Ushbu muammolar biologik xilma-xillik, ekotizim xizmatlari, qishloq xo‘jaligi mahsuldorligi, iqlimga chidamlilik va qishloq aholisining turmush tarziga sezilarli darajada ta’sir qiladi.

O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi (UNCCD) doirasida 2030-yilgacha Yer degradatsiyasi neytralligiga (LDN) erishish bo‘yicha global maqsadga erishish majburiyatini olgan. LDN ga erishish vaqt o‘tishi bilan sog‘lom va unumdor yer resurslari miqdorini saqlab qolish yoki yaxshilashni o‘z ichiga oladi. Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha harakatlar (IO‘H), biologik xilma-xillikni saqlash (BXAH) va oziq-ovqat xavfsizligi maqsadlariga hissa qo‘shgan holda, O‘zbekistonning barqaror rivojlanish yo‘li uchun LDN ga erishish juda muhimdir.

A large group of people seated at a long conference table, engaged in discussion.
Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

Bugungi kunda LDN konsepsiyasini samarali amalga oshirish turli manfaatdor tomonlar o‘rtasida keng tushunish va muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlarni talab qiladi. LDN tamoyillari, maqsadlarni belgilash jarayoni, monitoring talablari va milliy kontekstda ehtimoliy javob harakatlari haqida umumiy bilimlarni shakllantirish zarurati mavjud. Ushbu seminarning maqsadi manfaatdor tomonlarni birlashtirish, xabardorlikni oshirish va LDN bo‘yicha muloqotni boshlash uchun asosiy qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Seminarning maqsadi O‘zbekistondagi asosiy manfaatdor tomonlar o‘rtasida yer degradatsiyasi neytralligi (LDN) tushunchalari, tamoyillari va dolzarbligi haqida fundamental tushuncha hosil qilish, LDN mahalliy maqsadlariga erishish yo‘llari bo‘yicha muloqotni rag‘batlantirishdan iborat.

Maqsad va vazifalari

  • UNCCD doirasida belgilangan Yer degradatsiyasi neytralligi (LDN) ning global konteksti va asosiy tushunchalarini kiritish.

  • O‘zbekistonning milliy rivojlanish ustuvorliklari va ekologik muammolari doirasida LDNni qabul qilish va amalga oshirishning ahamiyati va potensial afzalliklarini muhokama qilish.

  • O‘zbekistonda yer degradatsiyasi holatini va LDN bilan bog‘liq mavjud milliy siyosat, strategiya va tashabbuslarni muhokama qilish.

  • LDN konsepsiyasining asosiy elementlarini, jumladan maqsadlarni belgilash, monitoring (yer qoplami, unumdorlik, tuproq organik uglerodi tarkibi kabi ko‘rsatkichlar) va javob iyerarxiyasini (bartaraf etish, kamaytirish, tiklash) bo‘yicha tushunishga erishish.

  • Yer resurslarini boshqarishda ishtirok etuvchi asosiy manfaatdor tomonlarni aniqlash va ularning potensial vazifalari, mas’uliyatlari va LDN ga erishishga hissa qo‘shish imkoniyatlarini muhokama qilish.

  • Ustuvor yo‘nalishlar, tanazzulning asosiy omillari, potensial aralashuv strategiyalari va O‘zbekistonda LDNni amalga oshirish muammolari bo‘yicha dastlabki fikrlar almashinuvga ko‘maklashish.

  • LDN bo‘yicha kelgusidagi muvofiqlashtirilgan harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ishtirokchilar o‘rtasida hamkorlik va aloqalarni rivojlantirish.