O‘zbekistonda davlat moliyasini barqaror rivojlanish maqsadlari va yashil ustuvor yo‘nalishlar bilan uyg‘unlashtirish yo‘lida

23-June, 2026
Photo: Conference hall with attendees at round tables watching a presentation on a large screen.

Foto: UNDP O‘zbekiston

Toshkent, 2026-yil 18–19-iyun – BMT Taraqqiyot Dasturi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, tegishli vazirliklar, davlat idoralari hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va xodimlari uchun “O‘zbekistonda davlat moliyasini barqaror rivojlanish maqsadlari va yashil ustuvor yo‘nalishlar bilan uyg‘unlashtirish” mavzusida ikki kunlik o‘quv dasturi o‘tkazdi.

Mazkur o‘quv dasturi O‘zbekistonda davlat moliyasini boshqarish sohasidagi islohotlar doirasida tashkil etilib, ishtirokchilarning barqaror rivojlanish maqsadlari hamda iqlimga oid ustuvor yo‘nalishlarni strategik rejalashtirish va byudjet jarayonlariga integratsiya qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan.      

Photograph: man at podium addressing a panel at a conference, flags in the background.

Foto: UNDP O‘zbekiston

"O'zbekiston taraqqiyot strategiyasining muhim maqsadlari bo'lgan kambag'allikni qisqartirish, mamlakatda yashil tamoyillarni joriy etish, ekologik holatni yaxshilash, tengsizlikni qisqartirishda byudjetning o'rni katta. Sababi har qanday davlatning asosiy moliyalashtirishi davlat byudjeti hisoblanadi. Agar davlat budjeti barqaror rivojlanish maqsadlariga mos bo'lsa, demak, biz to'g'ri yo'lda bo'lamiz. Bu maqsadlarni amalga oshirishda birinchi navbatda kadrlarning malakasini oshirish alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun ham bu kabi treninglar muhim", dedi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Axadbek Xaydarov.

O‘zbekiston “O‘zbekiston–2030” strategiyasi hamda Davlat moliyasini boshqarish islohotlari strategiyasini izchil amalga oshirar ekan, jumladan, Davlat byudjetini qonun sifatida qabul qilish, o‘rta muddatli fiskal strategiyani joriy etish hamda dasturiy byudjetlashtirishni bosqichma-bosqich tatbiq etish jarayonida davlat moliyasini barqaror rivojlanish ustuvorliklari bilan uyg‘unlashtirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur o‘quv dasturi barqaror rivojlanish maqsadlari byudjet markirovkasi, yashil davlat moliyasini boshqarish, dasturiy byudjetlashtirish hamda natijadorlikni baholash bo‘yicha xalqaro tajribalar va amaliy vositalarni o‘rganish uchun platforma bo‘lib xizmat qildi. Bu esa xodimlarni davlat xarajatlarini rivojlanish natijalari bilan yanada samarali bog‘lash, shaffoflikni oshirish hamda samaradorlik va hisobdorlikni kuchaytirishga imkon beradi.

“Ushbu treningning eng muhim va ta’sirchan jihatlaridan biri shundaki, davlat moliyasi uchun mas’ul bo‘lgan turli vazirlik va idoralar birlashib, mamlakat kelajagi uchun belgilangan maqsadlarni birgalikda ko‘rib chiqmoqda hamda sarflanayotgan va ajratilayotgan har bir mablag‘ O‘zbekiston xalqining umumiy taraqqiyoti va farovonligiga xizmat qilishini ta’minlamoqda”, dedi BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakilasi Akiko Fujii o‘zining treningning ochilish qismidagi nutqida.

Foto: UNDP O‘zbekiston

Ikki kunlik dastur davomida ishtirokchilar xalqaro ekspert tomonidan olib borilgan taqdimotlar, interaktiv muhokamalar hamda guruh mashg‘ulotlarida faol ishtirok etdilar. Mashg‘ulotlarda barqaror rivojlanish uchun strategik byudjetlashtirish, BRMga mos byudjet markirovkasi, dasturiy byudjetlashtirish islohotlari hamda BRM va yashil ustuvor yo‘nalishlarni milliy va mahalliy darajada integratsiya qilish yondashuvlari kabi keng qamrovli mavzular ko‘rib chiqildi. Davlat byudjeti siyosati departamenti, Fiskal siyosat departamenti, Fiskal tadqiqotlar instituti, O‘quv markazi hamda boshqa tegishli bo‘linmalar vakillari tajriba almashib, amaliy islohot yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Bundan tashqari, milliy ekspertlar barqaror rivojlanish maqsadlari va yashil ustuvor yo‘nalishlarga asoslangan qo‘shma byudjet markirovkasi metodologiyasi hamda uning 2025-yil byudjeti ijrosi asosida o‘tkazilgan pilot sinov natijalarini taqdim etdilar. Mazkur metodologiya Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda UNDPning "O‘zbekistonda yashil rivojlanishni moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlash" qo‘shma loyihasi doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan Fransiya Taraqqiyot Agentligi (AFD) orqali moliyalashtiriladi.

Trening, shuningdek, byudjet ajratmalari va rivojlanish natijalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni yanada mustahkamlash uchun muhim imkoniyat bo‘lib xizmat qildi. Bu esa O‘zbekistonning natijaga yo‘naltirilgan, yanada barqaror, inklyuziv va samarali davlat moliyasi tizimini rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Institutsional salohiyatni oshirish hamda BRM va yashil ustuvor yo‘nalishlarga mos byudjetlashtirish bo‘yicha umumiy tushunchani mustahkamlash orqali ushbu tashabbus institutsional salohiyatni rivojlantirish, xalqaro ilg‘or tajribalarni joriy etish hamda byudjet samaradorligi va hisobdorligini yanada yaxshilash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi. 

Loyiha haqida

Trening “O‘zbekiston taraqqiyoti uchun davlat moliyasi loyihasi” loyihasi doirasida tashkil etildi. Mazkur loyiha BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda hamda Slovakiya Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi.

Loyiha hukumatning barqaror rivojlanish maqsadlariga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish tizimiga o‘tish bo‘yicha institutsional va texnik salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, yashil byudjetlashtirish orqali iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik natijalarni o‘lchab borish imkonini yaratishni ko‘zda tutadi. Shuningdek, u davlat boshqaruvi tizimida natijaga yo‘naltirilgan, barqaror va dasturiy byudjetlashtirishga o‘tishni rag‘batlantiradi hamda natijalarga asoslangan resurslarni taqsimlash orqali rejalashtirish, byudjetlashtirish va BRM monitoringini takomillashtiradi. Kutilayotgan natija — O‘zbekistonning rejalashtirish va byudjet jarayonlariga BRM va yashil ustuvor yo‘nalishlarni integratsiya qiluvchi mustahkam huquqiy va institutsional tizimni shakllantirishdan iborat.