Aksilkorrupsiya yoshlar kvestida ishtirok etish uchun arizalar qabuli boshlandi!
12-October, 2026
Rasm: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP), Yevropa Ittifoqi (YeI), GIZ O‘zbekiston va O‘zbekiston Volontyorlar Assotsiatsiyasi yoshlar uchun halollik, korrupsiyaga qarshi kurashish va mas’uliyatli fuqarolik masalalariga bag‘ishlangan ikki kunlik interaktiv dasturga ishtirokchilarni taklif qiladi.
Sana: 2026-yil 31-oktabr – 1-noyabr
Manzil: Buxoro shahri
Kimlar ishtirok etishi mumkin? Buxoro shahri va Buxoro viloyatida istiqomat qiluvchi, halollik, fuqarolik faolligi va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga qiziqadigan 18–25 yoshdagi yoshlar.
Dastur doirasida nimalar bo‘ladi?
- 31-oktabr — bilimlar kuni
Ishtirokchilar interaktiv mashg‘ulotlar, amaliy topshiriqlar va jamoaviy mashqlarda qatnashadilar. Mashg‘ulotlar korrupsiya va uning jamiyatga ta’siri, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi (UNCAC), halollik va axloqiy qarorlar qabul qilish, korrupsiya xavflari, shaffoflik va hisobdorlik, fuqarolarning huquqlari, hamda yoshlarning korrupsiyaning oldini olishdagi roli kabi mavzularni qamrab oladi. - 1-noyabr — interaktiv kvest (o‘yin) kuni
Ishtirokchilar jamoalarga birlashib, 10–12 ta interaktiv bosqichdan o‘tadilar. Ularda amaliy vazifalarni bajarish, korrupsiya xavflari va firibgarliklarni aniqlash, axloqiy dilemmalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish, bilimlarini sinovdan o‘tkazish va birgalikda yechimlar ishlab chiqish kerak bo‘ladi.
Kvest yakunida eng faol ishtirokchilar maxsus sovrinlar bilan taqdirlanadi.
Ikki kun davomida yangi bilimlarga ega bo‘ling, jamoa bilan ishlang va halollik tamoyillarini amalda qo‘llash bo‘yicha o‘z mahoratingizni sinab ko‘ring!
🗣 Tadbir o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Sinxron tarjima ta’minlanadi.
📌 Tadbirda ishtirok etish bepul.
Buxoro viloyatining chekka hududlaridan kelgan ishtirokchilarning yo‘l va yashash xarajatlari turar joyi va individual sharoitlarni hisobga olgan holda tadbir doirasida qoplanishi mumkin.
Ishtirokchilar qanday tanlab olinadi?
Arizalar quyidagi mezonlar asosida tanlov tartibida baholanadi:
Ishtirok etish motivatsiyasi va mavzuga qiziqish — 15 ballgacha. (Nomzodning halollik, korrupsiyaga qarshi kurashish va fuqarolik faolligi masalalariga qiziqishi, shuningdek, tadbirda ishtirok etish sabab va maqsadlari baholanadi.)
Fuqarolik, volontyorlik yoki jamoat faoliyati — 10 ballgacha. (Volontyorlik tashabbuslari, yoshlar loyihalari, jamoat tadbirlari, talabalar tashkilotlari va boshqa jamoat faoliyatidagi ishtirok hisobga olinadi.)
Olingan bilimlarni amalda qo‘llash va kelgusidagi tashabbuslarda ishtirok etishga tayyorlik — 10 ballgacha. (Nomzodning olgan bilim va ko‘nikmalarini o‘qish, ish, volontyorlik yoki jamoat faoliyatida qo‘llash rejalari baholanadi.)
📌 Ishtirokchilarning yakuniy ro‘yxatini shakllantirishda gender xilma-xilligi hamda turli guruhlarga mansub yoshlarning teng ishtirok etish imkoniyatlarini ta’minlashga ham e’tibor qaratiladi. Ishtirokchilar soni 50 nafargacha cheklanadi.
Arizalar qanday topshiriladi?
📝 Ro‘yxatdan o‘tish shaklini 2026-yil 20-oktabr, Toshkent vaqti bilan soat 23:59 ga qadar to‘ldiring.
❗️Ariza topshirishdan oldin ishtirok etish shartlari va boshqa tashkiliy masalalar haqida qo‘shimcha ma’lumot beruvchi “Ko‘p beriladigan savollar” (FAQ) bo‘limi bilan diqqat bilan tanishib chiqishingizni so‘raymiz.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/HpUTem3peL29NgAX8
Tanlov natijalari ariza topshirgan nomzodlarga 2026-yil 26-oktabrga qadar yuboriladi.
Tadbir "O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash" (BMTTD va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan, Yevropa Ittifoqi (YEI) tomonidan moliyalashtirilayotgan) va "O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish: korrupsiyaning inklyuziv oldini olish" (Yevropa Ittifoqi va Germania Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) tomonidan birgalikda moliyalashtirilayotgan va Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ) tomonidan amalga oshirilayotgan) O’zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.
Ro‘yxatdan o‘tish va ishtirok etish bo‘yicha savollar uchun:
📧 anti-corruption.uz@undp.org
📱 +998 90 330 41 70, +998 90 018 27 88