Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi, Islom taraqqiyot banki va BMTTD tomonidan loyiha kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

19-December, 2022
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

TOSHKENT – 2022-YIL, 19-DEKABR: Joriy yilning oktabr oyida ishga tushirilgan “Qishloq hududlarini  barqaror rivojlantirish” loyihasining B komponentini amalga oshirish: “Muhandislik xizmatlari va infratuzilmani boshqarishda salohiyatni oshirish” Kengashi o‘zining birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi, unda loyihaning qisqa muddatda erishilgan yutuqlari muhokama qilindi.

Ushbu loyiha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi, Islom taraqqiyot banki, OPEC Fund va BMTTDning qoʻshma tashabbusi boʻlib, maqsadli hududlarda aholining faol ishtiroki asosida mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish jarayonlarini kuchaytirish orqali qishloq aholisi uchun qulay yashash sharoitlariga erishish va ularning asosiy infratuzilma, sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan foydalanishini taʼminlashga qaratilgan.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Doina Muntyanu o‘zining qutlash nutqida O‘zbekistonda qishloqni inklyuziv rivojlantirish BMTTD uchun ustuvor vazifa ekanini, chunki mamlakat aholisining yarmidan ko‘pi shaharlardan tashqarida istiqomat qilayotganini alohida ta’kidladi. – Qishloqlarni rivojlantirishga ko‘proq e’tibor qaratib, qishloq aholisi, ayniqsa, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari turmush darajasini yanada yuksaltirishga intilyapmiz, – dedi u.

Xususan, loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining 20 ta tumanidagi 170 ta mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy va infratuzilma obyektlarini qurish va kapital ta’mirlash ko‘zda tutilgan.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

2022-yilda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish ehtiyojlarini o‘rganish maqsadida BMTTDning mahallalarni safarbar qilish bo‘yicha milliy maslahatchilari ko‘magida maqsadli yo‘nalishlar bo‘yicha 3126 nafar kishi ishtirokida 78 ta seminar o‘tkazildi. Ishtirokchilar orasida 1849 nafar erkak, 1277 nafar ayol, jumladan, 429 nafar yoshlar vakillari ishtirok etdi.

Endilikda, mahallalarning ustuvor ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, joriy yil oxirigacha BMTTD 4 ta hududning 78 ta mahallasida 22 ta Jamiyatni rivojlantirish rejalarini (JRR) tayyorlaydi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

BMTTD IsTB loyihasining B komponentini “Muhandislik xizmatlari va infratuzilmani boshqarishda salohiyatni oshirish” amalga oshirishda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligiga ko’mak beradi: uning maqsadlari:

  1. Mahalliy hamjamiyatlarning o'z manfaatlari va ehtiyojlarini aniqlash va ifodalash salohiyatini kuchaytirish;
  2. Mahalliy arxitektura va loyiha institutlari va hududiy qurilish boshqarmalari vakillarini tayyorlash;
  3. Gender jihatlarini hisobga olgan holda innovatsion IT-yechimlar va raqamli transformatsiyani amalga oshirish uchun qurilish sektori va arxitektura dizayni salohiyatini rivojlantirish;
  4. Barqaror infratuzilmani ta'minlash uchun qarorlar qabul qilish jarayonlariga mahalliy hamjamiyatlarni jalb qilish.
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Tadbirda ITBning O‘zbekistondagi soha vakili Husan Xasanov, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi Loyihani amalga oshirish guruhi rahbari Zokir Rahimov va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Doina Muntyanu tabrik so‘zi bilan ishtirok etdi. Xususan, Husan Xasanov loyihaning hech kimni ortda qoldirmaslik, qishloqlarda yashovchi aholining barcha ehtiyojlarini qondirish muhimligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, ITB, Loyihani amalga oshirish guruhi va BMTTD vakillari loyihani amalga oshirilishi va uning istiqboldagi rejalari boʻyicha taqdimotlar oʻtkazdilar.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston