Iqlim o'zgarishi bo'yicha xalqaro muzokaralar jarayonini modellashtirish

10-May, 2022
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Toshkent, 2022-yil 10-may. Toshkent oliy o‘quv muassasalari talabalari ishtirok etgan “Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha xalqaro muzokaralar” treningidan ko‘zlangan maqsad - xalqaro iqlim muzokaralari muhitini his etmoq va nega ekologik muammolar bugungi kunda shunday hal qilinayotganini tushunmoq. Yoshlarning iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashdagi ishtiroki BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o'zgarishi bo'yicha Doiraviy konventsiyasining Parij kelishuvi doirasida mamlakatlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni bajarishda muhim rol oʻynaydi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog'liq muammolarni hal qilish birgalikdagi sa'y-harakatlarni talab qiladi, chunki bu muammolar dunyoning barcha qit'alarida joylashgan barcha mamlakatlarga ta'sir qiladi. Iqlim oʻzgarishi boʻyicha xalqaro muzokaralar jarayonini modellashtirishda talabalar 2050-yilgacha global harorat koʻtarilishini Tselsiy boʻyicha 1,5 darajaga kamaytirish boʻyicha kelishuvga erishish uchun turli nuqtai nazarlarni hisobga olgan “Iqlim olami” metodologiyasidan foydalanishdi.

Tadbirda talabalar rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning iqlim o‘zgarishiga oid istiqbollari bilan tanishdilar. Muzokaralar jarayonini modellashtirish uchun talabalar guruhlarga bo'lindilar va iqlim o'zgarishi bo'yicha muzokaralarolib borishdan manfaatdor bo'lgan turli guruhlar, jumladan, iqlim o'zgarishining salbiy ta'siriga eng zaif bo'lganlar, shuningdek, issiqxona gazlarini eng ko'p emissiya qiluvchi davlatlar vakillari rolini o'ynadilar. Modellashtirilganmuzokaralar davomida talabalar sayyoradagi o'rtacha haroratning global o'sishiga yo'l qo'ymaslik bo'yicha qandaychoralar ko'rishlari haqida kelishib olishlari kerak edi.

Talabalar duch kelgan dilemmalar iqtisodiy o'sishni saqlab qolgan holda iqlim o'zgarishini qanday ushlab turish, yashilrivojlanishni qanday moliyalashtirish va iqlim o'zgarishi natijasida yuzaga keladigan salbiy hodisalarga qandaymoslashishni o'z ichiga oldi. Rivojlangan davlatlar koʻproq emissiya uchun masʼuliyatni tarixan oʻz zimmalariga olib, dolzarb muammolarni hal qilish uchun moliyaviy zaxiralarga ega boʻlishsa-da, rivojlanayotgan mamlakatlar koʻpinchabunday zahiralarga ega boʻlmaydi, lekin iqlim oʻzgarishi muammolaridan eng koʻp jabr koʻradi. Talabalar rivojlangan varivojlanayotgan mamlakatlarning turli nuqtai nazarlarini inobatga olgan holda o‘rmon plantatsiyalarini ko‘paytirish vachiqindilarni kamaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni qanday sinxronlashtirishni muhokama qildilar.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti talabasi Farangiz Atamullayeva o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi: «Avvaliga vazifaaniq bo‘lib tuyuldi, lekin muzokaralarning birinchi bosqichidan so‘ng turli tomonlar o‘rtasida murosa oson bo‘lmasligima’lum bo‘ldi. Birinchi raund shuni ko‘rsatdiki, biz kelishib olgan chora-tadbirlar havo haroratining ko‘tarilishimuammosini hal eta olmaganligini, hattoki yanada radikal choralar taklif qilingan ikkinchi bosqich ham bizni mavjudvaziyatga yechim topishda oldinga judfa sust siljitdi».

«Haqiqatan ham, iqlim o'zgarishi bo'yicha muzokaralar murakkab kechadi va jahon hamjamiyati hali ham sayyoradagi o'rtacha haroratning oshishini jilovlash bo'yicha umumiy yechim topa olgani yo'q. Iqlim bo'yicha Parij kelishuvi insoniyatni shunday yechim tomon bir qadam oldinga siljitdi, ammo Tafsilotlar va individual harakatlar hali aniqlanib, amalga oshirilishi kerak», - deya izoh berdi BMTTD loyihasi eksperti Aleksey Semenov.

Yoshlarni iqlim masalalari bo‘yicha kun tartibiga jalb qilish kelajakdagi taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, BMTTDning O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmatlari markazi (O‘zgidromet) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vazirligi (FCDO) tomonidan moliyalashtirilayotgan “Markaziy Osiyoda iqlim xavfsizligi bo‘yicha siyosiy harakatlar – II bosqich” loyihasi yoshlarning energiya va tabiiy resurslarni oqilona iste'mol qilish muhimligi to'g'risida xabardorligini oshirishga, shuningdek, ekologik muammolarni hal qilish yo'llarini o'rganish uchun bir qator tadbirlarni o'tkazishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.