CoP20 CITES anjumani oldidan: Markaziy Osiyo mamlakatlari barqaror landshaftlar va yirik mushuk turlarini himoya qilish uchun birlashmoqda

23-November, 2025
Group photo of officials standing in a conference hall with international flags behind.
Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyoti Dasturi

2025-yil 23-noyabr, Samarqand – Markaziy Osiyo mamlakatlarining yuqori martabali vakillari bugun Samarqandda quyidagi “Markaziy Osiyoning qor qoploni va tog‘ landshaftlari barqarorligini saqlashdagi qatʼiyati: siyosatdan amaliyotga – monitoring, moliyalashtirish va yovvoyi tabiat hayvonlari savdosini tartibga solish bo‘yicha harakatlar” mavzusidagida oliy darajadagi vazirlar uchrashuvida toʻplanishdi.

Bu tadbirda global majburiyatlarga muvofiq bioxilma-xillikni saqlash va iqlim oʻzgarishiga qarshi barqaror rivojlanish sohasida Markaziy Osiyoning roli ortib borayotgani ta’kidlandi. Uchrashuv, shuningdek, mamlakatlarga yagona mintaqaviy ovozni yaratish, boshqa ko‘p tomonlama tabiatni muhofaza qilish bitimlari bilan muvofiqlashtirishni kuchaytirish, yovvoyi tabiatning qonuniy, barqaror va shaffof savdosi borasida siyosiy bayonotlardan amaliy harakatlarga o‘tishni tezlashtirish kabi imkoniyatlarni berdi.

“Bugungi uchrashuvimiz Markaziy Osiyo mintaqasi uch tomonlama global inqirozning tobora kuchayib borayotgan tahdidlariga duch kelayotgan, sheriklikni mustahkamlash va qo‘shma yondashuvlarni ishlab chiqish ayniqsa dolzarb bo‘lgan o‘ta muhim pallada o‘tmoqda. Ekologik muammolar davlat chegaralarini tan olmasligini unutmaslik kerak. BMT tizimidagi muassasalar ekotizimlar barqarorligini oshirishga qaratilgan qator tashabbuslarni amalga oshirib, Markaziy Osiyoda mintaqaviy ekologik hamkorlikni mustahkamlashda muhim rol o‘ynashda davom etmoqda”,
– deya taʼkidladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov. 

Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston vazirlari, shuningdek, BMTTD rahbariyati vakillari va xalqaro hamkorlar ishtirok etdi.

“Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorlik xalqaro majburiyatlarni joylardagi haqiqiy harakatlarga aylantirishi mumkinligini ko‘rsatmoqda,” – dedi BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii. "Qor qoplonlari va barqaror tog‘ ekotizimlarini himoya qilish nafaqat ekologik ustuvor vazifa, balki mahalliy jamoalar farovonligi va mintaqaning barqaror rivojlanishining kalitidir”.

Tadbir qatnashchilari Markaziy Osiyo landshaftlaridagi ekotizimlar holatining muhim ko‘rsatkichlari bo‘lgan qor qoploni (Panthera uncia), sayg‘oq, qulon va Old Osiyo qoplonini tog‘ turlari sifatida himoya qilishga qatʼiyatlarini tasdiqladilar. Muhokamalar chog‘ida CITES doirasidagi xalqaro shartnomalar va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha boshqa ko‘p tomonlama bitimlarni tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha maxsus chora-tadbirlarga aylantirishning dolzarbligi ta’kidlandi.

Boshqa yondashuvlar qatorida, GEF mablag‘larini dasturlashning mintaqaviy yondashuvi Markaziy Osiyoning tog‘li, dasht va cho‘l hududlarida landshaftlar bog‘liqligini mustahkamlash va ekotizimlarni tiklashga, qor qoploni, qulon va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan boshqa yovvoyi hayvonlar kabi asosiy turlarni saqlab qolishga, iqlim va yerdan foydalanishni rejalashtirishda ekologik yechimlarni birlashtirishga, hayvonlar yashash joylarining yoʻq qilinishi, inson va yovvoyi tabiat o‘rtasidagi ziddiyatlarni kamaytirish maqsadida yovvoyi tabiat uchun qulay infratuzilmani yaratishga ko‘maklashishga, innovatsion moliyalashtirish mexanizmlari, jumladan, bioxilma-xillikni ijobiy qayd qilish tizimlari, maqsadli jamg‘armalar va mintaqaviy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishga, transchegaraviy ekologik yo‘laklarni yaratish, yovvoyi tabiatni birgalikda kuzatish va bilim almashish orqali mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan bo‘ladi.

Ushbu mintaqaviy maqsadlar GEF 9 ning kelajakdagi moliyalashtirish davri va boshqa manbalaridan moliyalashtirilishi mumkin bo‘lgan kelishilgan milliy chora-tadbirlar orqali amalga oshiriladi, xususan:

  • Qor qoplonlari va yovvoyi tuyoqli hayvonlarni alohida eʼtibordagi turlar sifatida muhofaza qilish uchun tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • CITES majburiyatlari va global standartlarga muvofiq huquqni qo‘llash va monitoring tizimlarini mustahkamlash;

  • Yovvoyi hayvonlar va qushlarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yish va migratsiya yo‘laklari xavfsizligini ta’minlash uchun transchegaraviy hamkorlikni rivojlantirish.

BMTTD mintaqada tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ilgari surish uchun turli moliyalashtirish manbalaridan, jumladan, Global ekologik jamg‘arma, Global bioxilma-xillik jamg‘armasi (GBFF), Kunming jamg‘armasi va “Tabiat salomatlik uchun” tashabbusidan foydalanish va ularni muvofiqlashtirish bo‘yicha hukumatlar bilan sa’y-harakatlarni birlashtirib, o‘zining ishonchli hamkor sifatidagi rolini tasdiqladi. Ushbu yondashuv BMTTDning Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha maqsadlari va BMTTDning 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan strategik rejasiga bevosita mos kelishi barobarida sog‘lom ekotizimlar va barqarorlikni barqaror rivojlanish markaziga qo‘yadi. 

Moliya bo‘yicha mavjud bo‘shliqlarni bartaraf etish va resurslarni samarali safarbar qilish strategiyalarining nihoyatda muhim ahamiyatini ta’kidlash maqsadida, ishtirokchilarni BMTTDning BIOFIN dasturi tomonidan o‘n yildan ortiq vaqt davomida to‘plangan keng ko‘lamli bilim va noyob tajriba bilan tanishtirish uchun poster ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada tabiatga yo‘naltirilgan moliyaviy yechimlarning mintaqaviy va global darajada muvaffaqiyatli amalga oshirilgan holatlari namoyish etildi. Bu yuqori darajadagi ishtirokchilarning e’tiborini tortdi va tabiatni muhofaza qilish hamda ekotizimlarni tiklash tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun “yashil moliya” mexanizmlarini kengroq joriy etish zarurligini yana bir bor tasdiqladi.

Mazkur muloqot yovvoyi hayvonlar va qushlarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashda transchegaraviy hamkorlikni kuchaytirish, qor qoploni va CITES ro‘yxatiga kiritilgan boshqa turlarni himoya qilish uchun jamoalar darajasida tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishga qaratilgan Global ekologik jamg‘arma (GEF) tomonidan moliyalashtiriladigan milliy loyihalar asosida GEF-9 doirasida muvofiqlashtirilgan, mintaqaviy kelishilgan dasturlarni ishlab chiqishga chorlov bilan yakunlandi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan CITES CoP20 konferensiyasining ochilishida jahon hamjamiyatiga mintaqaning siyosatdan amaliyotga qat’iy o‘tishga tayyorligi haqida ishonchli bayonot berib, yovvoyi tabiatni muhofaza qilish, jamoalarni mustahkamlash va kelajak avlodlar uchun tog‘ landshaftlarining barqarorligini ta’minlashga hissa qo‘shadigan miqdoriy natijalarga oid va’dalarga sodiqligini ifodaladi.


Batafsil maʼlumot uchun bogʻlaning:

Lola Rahmonboyeva, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisining matbuot kotibi – axborot siyosati bo‘yicha maslahatchi

Email: info@eco.gov

BMTTDning OAV uchun bogʻnaish maʼlumotlari:

Ixtiyor Abdurahmonov, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi raqamli kommunikatsiyalar bo‘yicha mutaxassisi 

Email: Ikhtiyor.abdurakhmanov@undp.org, Tel.: +998781203450

Otabek Eshmatov, GEF-8 loyihasining Jamoatchilik bilan aloqalar va bilimlarni boshqarish bo‘yicha mutaxassisi, BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi 

Email: otabek.eshmatov@undp.org, Tel.: +998935015051