Coca-Cola jamg'armasi va BMTTD Xorazm viloyati "Hilol" mahalla aholisining xavfsiz suv haqidagi bilimlarini oshirmoqda

25-November, 2022
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Joriy yilning 24-noyabr kuni BMTTD, UNFPA va FAOning “Yoshlar va aholining ijodiy va innovatsion salohiyatini rivojlantirish, ularning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarida iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligi muammolarini hal qilishda ularning moslashuvchan salohiyatini kuchaytirish orqali rag‘batlantirish” qo’shma dasturi doirasida Coca-Cola jamg'armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan "Qishloq joylarda xavfsiz ichimlik suvi bilan ta'minlash orqali Orolbo'yi mintaqasida sog'liqni saqlashni yaxshilash" loyihasining navbatdagi, xavfsiz suvdan oqilona foydalanish hamda sanitariya va gigiyena me'yorlariga rioya qilish bo'yicha bilim va ko'nikmalarni oshirish maqsadida "Suv, sanitariya va gigiyena" nomli o'quv mashg'uloti Xorazm viloyati Urganch tumani "Hilol" mahallasida o'tkazildi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Trening Hilol mahallasi hududida joylashgan Urganch tumanidagi 26-sonli kasb-hunar kolleji binosida bo'lib o'tdi. Treningda "Hilol" mahalla aholisi, "Hilol" qishloq fuqarolar yig'ini ma'muriyati, kasb-hunar kollej vakillari, o'rta ta'lim maktab vakillari, shuningdek BMTTD vakillari (jami 40 kishi) ishtirok etdilar.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Treningdan maqsad: 

- Xavfsiz suvdan oqilona foydalanish, sanitariya-gigiyena me'yorlariga rioya qilish, shu jumladan qo'llarni to'g'ri yuvish bo'yicha bilim va ko'nikmalar berish 

- Sanitariya va gigiyena, mavjud milliy va xalqaro Qonunchilik to'g'risidagi ma'lumotlar bilan tanishish

- Aholini uy xo'jaliklari va jamoat joylarida sanitariya-gigiyena me'yorlariga rioya etishga yo'naltirish

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Trening davomida BMTTD jamoasi quyidagi yo'nalishlarni qamrab oldi:

- Sanitariya va gigiyena: sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena standartlari to'g'risidagi amaldagi Qonunchilik; sanitariya va gigiyena ta'rifi.

- Gigiyenani amalda qo'llash. Qo'l yuvish: bolalar va kattalar qanday kasal bo'lishi mumkin; suv orqali yuqadigan kasalliklar va kasallikning yuqish davri, yuqumli kasalliklarni davolashda suv balansining ahamiyati, xususan COVID-19 kasalligida; kasallik yuqishini to'xtatish uchun barqaror to'siqlarni yaratish; xavfsiz ichimlik suvi va suvning qiymati

- Past sifatli suv orqali yuqadigan kasalliklar turlari va kasallikning tarqalish davri: suv orqali yuqadigan kasalliklarning tasnifi; yuqish yo'llari va oldini olish.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Shuningdek, trening davomida Qo'shma dastur jamoasi bilan savol-javob shaklida munozara o'tkazildi. 

Ma'lumot uchun: Esingizda bo'lsa, 2022 yil avgust oyida 3000 dan ortiq aholini (shu jumladan 1600 ga yaqin ayollarni) toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida qurilish-montaj ishlari boshlangan edi. 

Hozirgi vaqtda qurilish-montaj ishlari yakunlandi, suv ta'minoti tarmoqlarini sinovdan o'tkazish bosqichi davom etmoqda.