BMTTD qurilishda energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha amaliy trening o’tkazdi

30-June, 2020

Photo: UNDP Uzbekistan

2020-yil 23-iyun kuni Nukusda qishloq joylarida to‘rt qavatli ko‘p kvartirali uylar qurilishida energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha amaliy trening o‘tkazildi.

Bizning treningizmiz O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Global Ekologiya Fondining (GEF) hamkorlikdagi «O‘zbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joylarini qurishni rivojlantirishga ko‘maklashish» loyihamiz doirasida tashkil qilindi va o‘tkazildi. Loyihaning maqsadi O‘zbekistonning qishloq joylarida istiqomat qiladigan aholini yaxshilangan, arzon va ekologik toza hayot sharoitlari bilan ta’minlashdan iborat. 

«Binolarni qurish va rekonstruksiya qilish sohasidagi zamonaviy tendensiyalar va istiqbollar, birinchi navbatda, energetika resurslaridan foydalanishga oqilona yondashuvga, uylarda qulay mikroiqlimni saqlashga va atrof-muhitga ta’sirni kamaytirishga taalluqli. Mana shuning uchun ham zamonaviy energiya tejamkor qurilish materiallari va texnologiyalaridan foydalanish muhim», - dedi loyihamizning rahbari Murod Rasulov, trening davomida.

O‘zbekistonda yonilg‘i-energetika resurslaridan oqilona foydalanish va ularni tejash muammosi bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalish bo‘yicha hal etilmoqda. Ularning orasida eng istiqbollisi iqtisodiy faoliyatning turli tarmoqlarida, shu jumladan qurilish sohasida energiyani tejash bilan bog‘liq. 2020-yil 4-mayda yonilg‘i-energetika tarmog‘ida samaradorlikni oshirish va energiya iste’molini optimallashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti mamlakatda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining 40 foizi isitish va yoritishga sarflanishini aytgandi. Xususan, 1 m kv maydonni isitish uchun mamlakatda yiliga o‘rtacha 400 kVt/soat elektr energiyasi ishlatiladi, rivojlangan mamlakatlarda esa bu 170 kVt/soatni tashkil qiladi.

2019-yilda O‘zbekistonda 800 ta bir qavatli 3 xonali energiya tejamkor va past uglerodli uylar qurildi. Shundan 176 ta uy Samarqand viloyatida, 185 ta uy Surxondaryo viloyatida, 206 ta uy Farg‘ona viloyatida, 112 ta uy Xorazm viloyatida va 121 ta uy Buxoro viloyatida barpo etildi.

 

Biz, GEF va O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hamkorlikdagi “O‘zbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joylarini qurishni rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihamiz doirasida ushbu uylarga yoritish ehtiyojlari uchun quvvati 300 Vatt bo‘lgan foto-elektr stantsiyalari (FES), o‘nta arzon qishloq uyiga issiq suv ta’minoti ehtiyojlari uchun quvvati 200 litr suvni isitishga yetadigan quyoshda ishlaydigan suv isitgichlari o‘rnatildi. 

“O‘zbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joylarini qurishni rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasi energiya tejamkor uylar qurilishida band bo‘lgan qurilish kompaniyalarining faoliyatini ekspertlar tomonidan to‘plangan tajribani o‘rganish va tahlil qilish asosida qurilish kompaniyalarining mutaxassislari uchun amaliy treninglar o‘tkazish yo‘li bilan boyitish va takomillashtirishga intiladi. Xususan, Qoraqalpog‘istonda energiya tejamkor to‘rt qavatli ko‘p kvartirali qishloq uylarini qurishga jalb etilgan qurilish kompaniyalari uchun amaliy trening o‘tkazildi. 2020-yilda Loyiha tomonidan beshta hududda – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Buxoro, Namangan va Toshkent viloyatlarida 22 ta energiya tejamkor va past uglerodli uylarga foto-elektr stantsiyalarini o‘rnatishga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatiladi.  

Ushbu uylarda energiya iste’molining pasayishiga sifatli maxsus qurilish materiallaridan foydalanish, to‘sib turuvchi konstruksiyalarni issiq qilish, derazalarni  zichlash, xonalardagi haroratni avtomat rostlash va hokazolar hisobidan ham erishilmoqda.