BMTTD Farg‘ona vodiysida iqlimga o’zgarishiga chidamli suv resurslarini boshqarish bo‘yicha seminar o‘tkazdi

29-August, 2022
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Sirdaryo Oʻzbekistondagi eng yirik suv arteriyalardan biri boʻlib, Orol dengiziga quyiladi. Fargʻona vodiysi ham Sirdaryo havzasida joylashgan. Olimlarning maʼlumotlariga koʻra, Fargʻona vodiysida Sirdaryoning irmoqlari boʻlgan yuzdan (100) ortiq kichik daryolar mavjud. Asosan kichik daryolar transchegaraviy bo’lib qoshni Qirg'iziston va Tojikiston davlatlaridan kirib keladi. Kelajakda yog'ingarchilikning kamayishi, haroratning ko'tarilishi va qurg'oqchilik mintaqadagi suv tanqisli musammosini yanada ortishiga olib kelishi kutilmoqda.

Joriy yilning 29-30-avgust kunlari Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan, BMTTDning O‘zgidromet bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi va barqarorlik” qo‘shma loyihasi doirasida, suv resurslarini samarali boshqarish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

35 ga yaqin mutaxassis va rahbarlar iqlim o’zgarish xavflarini suv xo’jaligi siyosati va daryo havzalarini boshqarish rejalariga integratsiya qilish yo‘llarini muhokama qildi. Bu suv xo‘jaligi tashkilotlariga vaziyatni har tomonlama baholash, qisqa va uzoq muddatli istiqbolda suv resurslarini boshqarish rejalarini tayyorlash imkonini beradi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, iqlim xavf-xatarlari va tahdidlari sharoitida Oʻzbekiston 2030 yildan keyin iqlimga chidamli yechimlarni joriy qilmasdan turib, barcha darajadagi suv resurslarini boshqara olmaydi. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasining 2021-2023 yilga mo‘ljallangan suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya tarmog‘ini rivojlantirish Strategiyasida ko‘rsatilganidek, daryo havzalarini rejalashtirish jarayonida mumkin bo‘lgan iqtisodiy tendensiyalar va iqlim o‘zgarishi ta’siri kuchayishi belgilarini hisobga olish zarur.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Farg‘ona vodiysi daryolarida ob-havoning keskin o‘zgarishi tufayli sel oqimlari ko‘payib bormoqda. Bu tahdidlar mahalliy aholini erta ogohlantirish tizimi mavjud emasligi sababli tabiiy ofatlarga olib kelishi mumkin.

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari, Doina Muntyanu o‘zining kirish so‘zida shunday ta’kidladi: “Iqlim o‘zgarishining suv sektoriga ta’siri juda katta bo‘lganligi sababli, iqlim xavfini hisobga olgan holda suv siyosatini shakllantirish o’ta muhimdir. Bu Farg‘ona vodiysi aholisini kutilayotgan tabiiy ofatlarni bashorat qilish va xabardor qilish imkonini beradi.”

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Seminar natijalariga ko‘ra, mutaxassislar pilot loyiha sifatida Farg‘ona vodiysining iqlim o‘zgarishiga eng zaif daryo havzalarini tanlab oldilar. Bundan tashqari, ishtrokchilar kichik daryolar havzalarini barqaror boshqarish uchun resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish, tabiiy ofatlardan so‘ng daryo o‘zanlarini tiklash, suv tarmoqlaridagi “bosh va quyi qism” muammolarini bartaraf etish uchun suv hisob tizimini raqamlashtirish, iqlim o'zgarishining o'zgaruvchan sharoitlarida erta ogohlantirish mexanizmlarini joriy etish muhimligini ta’kidladilar.