BMT Taraqqiyot dasturi Qoraqalpog'istonda kasb-hunarga o’qitish imkoniyatini ta'minlash orqali qishloq yoshlari salohiyatini oshirishni qo'llab-quvvatladi

3-November, 2022
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

2022-yil 3-noyabr, Bozatau, Qoraqalpog‘iston. Bugun Kasb-hunarga o'qitish markazida Qo‘ng‘irot, Mo’ynoq va Bo‘zatov tumanlaridan “1000V gacha kuchlanishli elektr inshootlarida ishlashga ruxsatnomasi bo‘lgan elektrik” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan 18-30 yoshdagi yoshlarga sertifikatlar topshirish marosimi bo'lib o'tadi. Tadbir BMTTD, UNFPA va FAOning "Orolbo'yi mintaqasining aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj uyushmalarida iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligi muammolarini hal qilish uchun ularning moslashish salohiyatini kuchaytirish orqali yoshlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini ijodiy va innovatsion salohiyatini targ'ib qilish" Qo‘shma dasturi doirasida o‘tkazilmoqda, mazkur dastur BMTning inson xavfsizligi bo'yicha Ko'p sheriklik trast jamg'armasi tomonidan O'zbekistonning Orolbo'yi mintaqasi uchun moliyalashtiriladi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Qo'shma dastur yuqorida ko'rsatilgan yo'nalishlar bo'yicha uchta sinov hududlarida kasbiy treninglarni tashkil etishga yordam ko'rsatishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Ushbu faoliyat quyidagilarga imkon beradi:

  • kasb-hunarga o'qitish imkoniyatini berish orqali maqsadli hududlarda qishloq yoshlari (shu jumladan qizlar/ayollar) salohiyatini mustahkamlash hamda texnik yo'nalishlar bo'yicha mutaxassislik va malakaga ega bo’lishda ko'maklashish;
  • kasbiy treningni tashkil etish orqali yoshlar o'rtasida kasbiy harakatchanlikni ilgari surish;
  • qishloq yoshlarining bandligini va ularning faoliyati moddiy/texnik qo'llab-quvvatlanishini ta'minlash.
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Joriy yilning sentabr-oktyabr oylarida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan treninglar natijalariga ko‘ra, treningning ushbu bosqichida 30 nafar ishtirokchi hududlar bo‘yicha har biri 10 nafardan uch guruhga bo‘lingan holda ishtirok etgan. Trening Toshkent shahridan “Mutaxassis plyus” litsenziyalangan o‘quv markazi o‘qituvchilari tomonidan o'tkazilgan. O'quv mashg'ulotlari natijalariga ko'ra yakuniy imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgan tinglovchilar o'zlari egallagan mutaxassislik va malakani tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarni qo'lga kiritdilar. O'quv mashg'ulotlari yoshlarga nazariy qismni amaliy topshiriqlarda qo'llash orqali o'zlashtirishga yordam beruvchi amaliy mashg'ulotlarni o'z ichiga olgan. Tinglovchilar umumiy o'quv kursiga ham, amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishga ham katta qiziqish bildirishdi, xususan, ular o'qituvchining malakasini, taqdim etilgan o'quv materiallarini va darslarni tashkil etish jarayonini yuqori baholadilar. "Yaqin kelajakda men mahalliy aholi va korxonalarga elektr tarmoqlarini o'rnatish va maishiy texnikalarni ta'mirlash bo'yicha xizmatlar ko'rsatish uchun zarur vositalarni sotib olishni rejalashtirmoqdaman, chunki ayni vaqtda bizning sohamizda hech kim bunday xizmatni taqdim etmaydi", - deydi BMTTD tomonidan 2022-yil sentabr - oktabr oylarida o'tkazilgan o'quv kursining ishtirokchisi Yelaman Dixanbaev.

BMTTD bir qator mehnat bozori tashabbuslari orqali yoshlar bandligini, ayniqsa kollej va universitet bitiruvchilari, yosh ayollar, qaytib kelgan mehnat muhojirlari va ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlar o‘rtasidagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlaydi va rag‘batlantiradi.