Qoraqalpog'istonlik qishloq yoshlari kompyuter savodxonligini o'zlashtirmoqda

28-November, 2022
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

2022 yil 23-25 noyabr kunlari BMTTD, UNFPA va FAOning "Orolboʻyi hududining yaxshi himoyalanmagan hamjamiyatlaridagi iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligi muammolarni hal qilish uchun yoshlar va zaif aholining moslashuv salohiyatini mustahkamlash orqali ijodiy va innovatsion imkoniyatlarini rivojlantirish" Qo’shma Dasturi doirasida Qoraqalpog’iston Respublikasining Bo’zatov (23.11.22), Mo’ynoq (24.11.22) va Qo’ng’irot (25.11.22) tumanlarida treninglar o'tkazilib, qishloq yoshlarining va mahalliy AKT (Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) mutaxassislarining kompyuter savodxonlik darajasi oshirishda yordam berdik. Ushbu dastur BMTning O'zbekistondagi Orolbo'yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo'yicha Ko'psheriklik trast fondi tomonidan O’zbekiston, Norvegiya, Yevropa Ittifoqi, Finlandiya, Korea davlatlari va Alwaleed Philanthropies (Saudiya Arabistoni) xayriya tashkiloti ko'magida moliyalashtirilmoqda.

Treninglar Bo'zatov va Mo'ynoq tumanlarining yoshlar markazlarida, Qo'ng'irot tumanida esa tuman tibbiyot kolleji binosida o'tkazildi. Treninglarda AKT yo'nalishlari va raqamlashtirish bilan shug'ullanadigan tuman yoshlari va mutaxassislari (har bir tumandan 10 kishi, jami 30 kishi) ishtirok etdi. 

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

3 kunlik trening davomida ishtirokchilar quyidagi yo'nalishlar haqida bilib oldilar:

- AKT va raqamlashtirishning umumiy tushunchalari; 

- Web-saytlarni yaratish vositalari va ulardan foydalanish, web-saytlarni yaratish uchun nimalarni bilish kerakligi haqida. 

- BMTTDning mahalliy dasturi doirasida amalga oshiriladigan chekka jamoalarni raqamlashtirish bo'yicha pilot loyihalar bilan tanishish: 

1) bepul Wi-Fi zonasini yaratish; 

2) pochta bo’limlarida “Infokiosk” uskunalarini o'rnatish; 

3) Bo'zatov tumanidagi ko'p tarmoqli tibbiyot muassasasida elektron poliklinika platformasini ishlab chiqish va o'rnatish.

Shuningdek, trening ishtirokchilari BMTTD Qo'shma dasturining jamoatchilikni raqamlashtirish bo'yicha eksperti tomonidan o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob topdilar. 

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

BMTTDning chekka qishloqlarni raqamlashtirish loyihalari bo'yicha qo’shimcha ma'lumotlar

"Bepul Wi-Fi zonasini yaratish"

Benefitsiarlar: Bo'zatov tumanining "Bo'zatov" (5473), "Aspantay" (1965), "Kushanatau" (41880), "Koksu" (3970) va "Yerkindarya" (7243) QFY lari, Qo’ng’irot tumanining "O’rnek" (4720), "Jasliq" (4094), "Kanli" (5437), "Qo'ng'irot" (4480), "Qirq-qiz" (4114), "Turkiston" (5250), "Jinishke" (4341) QFY lari va Mo'ynoq tumanining "Hakim-ota" (1604), "Kazakdarya" (4465) va "Madeli" (3149) QFY lari.

3 ta tuman bo'yicha benefitsiarlarning umumiy soni: 64495 kishi 

Loyihaning davomiyligi: 2022

Maqsadli hududlar: Bo’zatov, Qo'ng'irot va Mo’ynoq

Yoshlarni raqamlashtirishga jalb etish darajasini kengaytirish va rivojlantirish maqsadida, chekka hududlar aholisiga bepul internetga kirishni ta'minlash uchun qishloq fuqarolar yig'inlari binolariga bepul Wi-Fi zonalarini o'rnatish bo'yicha Qo'shma dastur loyihasini amalga oshirdik. 

Bo’zatov, Qo’ng’irot va Mo’ynoq tumanlarining QFY binolarida kabellarni va uskunalarni o'rnatish bo'yicha barcha ishlar olib borildi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

"Bo'zatov tumanining ko'p tarmoqli tibbiyot muassasasidagi “Elektron poliklinika” platformasi"

Benefitsiarlar: Bo'zatov tumani ko'p tarmoqli tibbiyot birlashmasi (22 839)

Loyihaning davomiyligi: 2022 

Maqsadli hududlar: Bo’zatov

Zamonaviy raqamlashtirish vositalaridan foydalangan holda tibbiy xizmatlar ko'rsatish sifatini kengaytirish va yaxshilash maqsadida, chekka jamoalar uchun tibbiyot muassasasi xizmatlaridan masofadan turib foydalana olish va Bo’zatov tumani ko'p tarmoqli tibbiyot birlashmasi faoliyatini avtomatlashtirish maqsadida, qo’shma dastur doirasida "Elektron poliklinika platformasi" ishlab chiqib, ommaga taqdim etdik. Hozirgi vaqtda barcha zarur AKT-uskunalar sotib olindi, platformani tibbiyot muassasasi tizimiga o'rnatish va joriy etish bo'yicha ishlar amalga oshirildi. Platforma to'liq ishga tushirildi, tibbiyot xodimlari va aholi tomonidan faol foydalanilmoqda.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

"Pochta bo’limida «Infokiosk» uskunalarini o'rnatish"

Benefitsiarlar: Bo'zatov tumanidagi "Yerkindarya" QFY (7243); Qo'ng'irot tumanidagi "Qirq-qiz" QFY (4114); Mo'ynoq tumanidagi "Kazakdarya" QFY (4465) 

3 ta tuman bo'yicha benefitsiarlarning umumiy soni: 15822 kishi 

Loyihaning davomiyligi: 2022

Maqsadli hududlar: Bo’zatov, Qo'ng'irot va Mo’ynoq

Yoshlarni raqamlashtirishga jalb etish darajasini kengaytirish, shuningdek, chekka qishloqlar aholisiga davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish maqsadida, Qo'shma dastur loyihasi asosida maqsadli tumanlarning chekka qishloqlari pochta bo'limlarida interaktiv kiosk (Infokiosk) sotib olindi va o'rnatildi (Bo'zatov tumani "Yerkindarya" QFY, Qo'ng'irot tumani "Qirq-qiz" QFY, Mo'ynoq tumani "Kazakdarya" QFY). 

Ayni paytda uskunalarni sotib olishni amalga oshirdik, logistika kompaniyasi uskunalarni belgilangan joyga yetkazish bilan shug'ullanmoqda.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston