[YAKUNLANGAN] Orolbo‘yida yoshlarning ijodiy salohiyatini yuksaltirish

Orolboʻyi hududining yaxshi himoyalanmagan hamjamiyatlaridagi iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligi muammolarni hal qilish uchun yoshlar va zaif aholining moslashuv salohiyatini mustahkamlash orqali ijodiy va innovatsion imkoniyatlarini rivojlantirish

Qisqacha tavsif:

Orol dengizni qurishi tufayli davom etayotgan inqiroz yerlarni yemirilishi, choʻllanish, ichimlik suvini yetishmasligi, mahalliy aholining salomatligi va farovonligi holatlarini yomonlashuvi kabi qator salbiy oqibatlarga ega. BMTTD tomonidan 2017 yilda oʻtkazilgan Orolboʻyi hududidagi ehtiyojlarning majmuaviy bahosi Orol dengizi fojiasidan kelib chiqqan hududdagi inson xavfsizligi uchun oʻzaro bogʻliq boʻlgan xatarliklarni aniq belgilab berdi.

Loyiha Orolboʻyi hududi uchun BMTning Inson xavfsizligi boʻyicha koʻphamkorlik trast jamgʻarmasi doirasida loyiha arizalarini birinchi qabul qilish mobaynida koʻrsatilgan mavzuli yoʻnalishlarga mos keladi, unda atrof-muhit, salomatlik va ijtimoiy xavfsizlik bilan bogʻliq boʻlgan muammolarni hal qilishga yoʻnaltirilgan takliflar eng ustuvor hisoblanishi belgilab qoʻyilgan edi. Loyihaning maqsadi-ekologik vaziyatni yaxshilash uchun majmuaviy yechimlarni taqdim etish orqali Orolboʻyining eng zaif hamjamiyatlarida ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorliklarni bartaraf qilish, asosiy xizmatlardan bemalol foydalana olishni kengaytirish, turizmni rivojlantirish orqali mahalliy aholi farovonligini oshirish, barqaror rivojlanishni taʼminlash, hamda ichimlik suvi bilan taʼminlanishga koʻmak berishdan iboratdir.

Loyihani amalga oshirish doirasida, hukumatning Orol dengizining ekologik fojiasining salbiy oqibatlarini bartaraf qilishga birinchi navbatda eʼtibor qaratilgan siyosatiga mos ravishda, Orol dengizining inqirozining salbiy oqibatlari sababli aziyat chekkan hamjamiyatlarning turmush darajasini yaxshilash rejalashtirilmoqda.

Kutilayotgan natijalar:

  • Ichimlik suvi bilan taʼminlanish orqali hamjamiyatlarning barqarorligini oshirish.
  • Daromad olish imkoniyatlarini oshirish va Qoraqalpogʻistonda turizm iqtisodiyotini barqaror inklyuziv oʻsishiga koʻmak berish yoʻli bilan qishloq aholisining (shu jumladan, ayollar/ yoshlarning) ijtimoiy farovonligini yaxshilash.
  • Haqiqiy maʼlumotlarga asoslangan holda oʻrmonlashtirish sohasidagi tashabbuslar orqali iqlim oʻzgarishiga moslashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Impact

START DATE

January 2021

END DATE

June 2023

STATUS

Completed

PROJECT OFFICE

Uzbekistan

IMPLEMENTING PARTNER

UZB MINISTRY OF ECONOMICS

DONORS

Digital Good

Foreign,Commonwealth & Dev.Off.

GOVERNMENT OF LATVIA, REPUBLIC OF

MPTF-Aral Sea Region (MPHSTF)

PRIVATE SECTOR

The Coca-Cola Foundation

TOTAL CONTRIBUTIONS

$2,438,991

DELIVERY IN PREVIOUS YEARS

2020$0

2021$432,083

2022$1,353,475

2023$300,867

2024$-6,307

Full Project information