Yakuniy PizzaPitch Mini 2025 startaplar va venchur ekspertlarini birlashtirdi

2025-yilning yakunida o‘tkaziladigan ochiq pitchlar formatidagi tadbir turli rivojlanish bosqichlaridagi startaplar, venchur ekspertlari va investorlarni netvorking, mentorlik va amaliy tajriba almashish uchun bir joyga jamlaydi.

16-December, 2025
Conference room with an UNDP banner; projection displays a Pizza Night poster featuring a man.
Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

Toshkent, 2025-yil 15-dekabr - C-Space Yunusabad kovorking maydonida g‘oyadan to kengayishgacha bo‘lgan turli rivojlanish bosqichlaridagi startaplar uchun ochiq pitchlar formatidagi 2025-yilning so‘nggi tadbirі - PizzaPitch Mini bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMTTDning "Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish" qo‘shma loyihasi ko‘magida, Rossiya-BMTTD Ishonch jamg‘armasi moliyaviy ko‘magida tashkil etildi. PizzaPitch Mini startap asoschilari, ekspertlar va venchur hamjamiyati vakillari o‘rtasida aloqalar o‘rnatish, mentorlik va bevosita muloqot uchun samarali maydonga aylandi.

PizzaPitch Mini g‘oyadan tortib to kengayishgacha bo‘lgan turli rivojlanish bosqichlaridagi startaplar uchun ochiq pitchlar va mentorlik sessiyalari shaklida o‘tkazildi. Pitch-sessiyada ishtirok etish uchun tanlov doirasida sun’iy intellekt, raqamli xizmatlar, ta’lim, sog‘liqni saqlash va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish sohalarida yechimlar taklif etuvchi 12 ta startap tanlab olindi.

Photograph of a diverse audience seated in a conference room, listening to a speaker.
Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

Tadbirda quyidagi loyihalar taqdim etildi: Aisha AI, Fridge, AIREXA, Novo AI, Neuronix, TheCarGo, HelpAI, ILMA, Yodda, TenderGPT, ShifoAI va KidUp. Tanlovdan o‘ta olmagan startaplar tadbirda mehmon sifatida qatnashib, kasbiy aloqalarini kengaytirish va ekspertlardan fikr-mulohaza olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Tadbirning maxsus mehmoni I2BF Global Ventures investitsiya direktori Denis Kalishkin bo‘lib, u muhokamalarda ishtirok etdi hamda startaplarga mahsulotlarni rivojlantirish va investorlar bilan ishlash bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Pitch sessiyalari yakuniga ko‘ra, hakamlar hay’ati PizzaPitch Mini’ning uch nafar g‘olibini aniqladi:

1-o‘rin - LisAI

2-o‘rin - AIREXA™

3-o‘rin - Neuronix

G‘oliblarga C-Space kovorking maydonidan foydalanish uchun sertifikatlar topshirildi. Bu ularning loyihalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha yordam bo‘ladi.

PizzaPitch formati o‘zini tadbirkorlar, ekspertlar va investorlar o‘rtasidagi muloqotga hissa qo‘shadigan startap ekotizimini rivojlantirish uchun amaliy maydon sifatida ko‘rsatdi. BMTTDning bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashi innovatsion salohiyatni mustahkamlash, raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish va O‘zbekistonda startaplar uchun imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan.