Namat bosish sanʼatini daromadning qoʻshimcha manbai sifatida qaytib tiklash

18-November, 2020

Image: UNDP Uzbekistan

2020 yilning 16-18 noyabr kunlari Qoraqalpogʻistonning Boʻzatov, Qoraoʻzak va Chimboy tumanlarida namat ishlab chiqarish va namat mahsulotlarini tayyorlash boʻyicha bir kunlik treninglar boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilarning 30 nafarini ayollar tashkil etadi.

Namat bosish texnikasi – hozirgi kunda oʻz rivojining yangi davrini boshidan kechirayotgan qadimiy sanʼat hisoblanadi. Koʻrgazma va yarmarkalarda qoʻlda mahsulot tayyorlovchi ustalar tez-tez namat gazmollaridan yaratilgan ziynat, kiyim va esdalik buyumlarini namoyish qilmoqdalar.  

Namatni bosish miloddan avvalgi uchinchi ming yillikdayoq boshlangan edi. Bunday texnikaga koʻp harakat sarflangan va namat qanchalik qalinlikda tayyorlansa,  uni yaratish uchun shunchalik koʻp jun, kuch va harakat talab qilgan. Tayyor gazlamani bichishgan va oyoq kiyim, oʻtov, yarogʻlar, bosh yopingʻichlari tikishgan. Aynan bu texnika, turlari va tayyor mahsulotni yaratish bosqichlari haqida treningimizda soʻzlab beramiz”, - deydi Oltinoy Naubetova, namat mahsulotlarini tayyorlash boʻyicha mutaxassis. 

20 noyabr kuni, trening tugaganidan soʻng, barcha ishtirokchilar, hamda har bir tumanning eng faol vakillari mahorat darslarida qatnashish uchun Shumanay tumaniga yoʻl oladilar. 

Treningni maqsadi - Qoraqalpogʻistonning qishloq joylarida istiqomat qiluvchi ayollarni yangi hunarga oʻrgatish, hamda ularga daromadning qoʻshimcha manbalarini shakllantirishda yanada koʻmak berishdan iborat. 

Tadbir BMTTD va YuNFPAning Yaponiya hukumati koʻmagida amalga oshirilayotgan “Orolboʻyi hududidagi aholining iqtisodiy, ekologik hamda sog‘liqni saqlash masalalaridagi zaifliklarini bartaraf etish orqali turmush barqarorligini mustahkamlash” Qoʻshma dasturi doirasida tashkil etildi. Mazkur dastur gender tenglik tamoyillarini targʻib qiladi, hamda amaliy mexanizmlar va yondashuvlar yoʻli bilan ayollar/qizlar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha loyihalarni amalga oshiradi.