3 000 nafardan ortiq aholini qamrab oluvchi "Bir qishloq — bir mahsulot" tashabbusi Surxondaryoda ishga tushirildi

6-August, 2026
Foto: UNDP O‘zbekiston

Yaxshi g‘oyalar muvaffaqiyatli biznesga aylanishi uchun to‘g‘ri ko’nikma kerak. Bu borada muhim qadam tashlandi: 2026-yil 27-31-iyul kunlari Termiz tumanidagi Afg’on fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida besh kunlik keng qamrovli “Trenerlar uchun trening” (ToT) dasturi bo'lib o'tdi.

Ushbu trening O'zbekiston-Yaponiya Markazi hamda BMT Taraqqiyot Dasturining (UNDP) “Surxondaryo viloyatida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi, jumladan, afg‘on fuqarolarining o‘zini-o‘zi band qilish orqali mintaqada iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish” loyihasi hamkorligida tashkil etildi.

Ushbu hamkorlikdagi treningning eng e'tiborli jihati shundaki, unda qatnashgan 90 nafar bitiruvchi (mahalliy aholi va afg'onistonliklar) o'z bilimlarini endi boshqalar bilan baham ko'rishadi. Kelgusi uch yil davomida ular Surxondaryo viloyati bo'ylab 3000 dan ortiq ehtiyojmand aholiga tadbirkorlik sirlarini o'rgatadilar. Bu esa oilalarga o'z bizneslarini yo'lga qo'yish, yangi ish o'rinlari yaratish va moliyaviy mustaqillikka erishishda bevosita yordam beradi.

Treningda nimalar o'rganildi?
O'zbekiston-Yaponiya Markazi ekspertlari tomonidan olib borilgan 30 soatlik amaliy mashg'ulotlarda ishtirokchilar quyidagilarni o'rgandilar:

  • G'oyalarni harakatga keltirish: Kichik biznesni boshlash uchun mahalliy sharoitda mavjud resurslardan unumli foydalanish.
  • Noyob mahsulotlar yaratish: Mahalliy mahsulotlarning bozorda o'z o'rnini topishi uchun samarali "Bir mahalla - bir mahsulot" (OVOP) yondashuvini qo'llash.
  • Raqamli savdo: Mijozlarni topish uchun ijtimoiy tarmoqlar kabi oddiy, kam xarajatli vositalardan foydalanish.
  • Yaxshi ustoz bo'lish: Boshqalarga, hatto biznes sohasida tajribasi yoki maxsus ma'lumoti yo'q insonlarga ham to'g'ri ta'lim berish va yo'l-yo'riq ko'rsatish.

UNDP, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qo'llab-quvvatlangan ushbu tashabbus insonlarga sarmoya kiritish - mustahkam va mustaqil jamiyat barpo etishning eng samarali yo'li ekanligini yana bir bor isbotlaydi.