Manas Nazarboyevning hikoyasi: raqamlashtirish orqali qishloq aholisi uchun munosib kelajak imkoniyatlarini yaratish

Muallif: Gulnur Kaypnazarova

18-September, 2023
Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Havoda uchib yurgan qum, cheksiz chang-to’zonlarni va sho‘r suv ta’mini tasavvur qilib ko’ring. Daraxtlar o'rnini cho'l saksovullari egallaganini, yo'l chetida turgan odamlar changli shamol tufayli yaxshi ko'rinmaydigan transport vositalarini kutib turganini o’ylab ko’ring. Ushbu holat Qoraqalpog'istonning shimoliy qismida joylashgan Mo‘ynoqtumani Qozoqdaryo posyolkasidagi holatga berilgan ta’rif edi, afsuski. Ushbu og‘ir sharoitlarga qaramasdan, mahalliy aholining bu yerga mehri baland

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Bir paytlar 10,000 ga yaqin aholisi bo'lgan va gullab-yashnagan ushbu hududda bugungi kunda atigi 4,800 nafar kishi qolgan. Ularning asosiy ish faoliyati chorvachilik va qishloq xo'jaligi hisoblanadi. Bu ish faoliyatiga qiyin iqlim sharoiti o’zinng salbiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Ko’pchilik bu qishloq aholisi bunday sharoitda ham qanday qilib chorvachilik va dehqonchilik bilan shug'ullanayotganligi to‘g‘risida qiziqadi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Ushbu hududga yordam berish deganda, nafaqat chorvachilik va dehqonchilikni qo‘llab-quvvatlash haqida, balkim madaniyat, qadriyatlar, an'analar va xalqning boy tarixini asrab-avaylash haqida so‘z bormoqda.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Covid-19 pandemiyasi bizni shiddat bilan rivojlanayotgan raqamli dunyoda masofaviy platformalar va raqamli mahsulotlardan foydalanish imkoniyatlarimizni namoyon qildi. Zamon bilan hamnafas yurish uchun raqamli savodxonlikni oshirish, ayniqsa chekka hudud aholisi uchun juda muhimdir. Ushbu sohadagi bilimlar yangi eshiklarni ochishi, odamlarga dunyoning istalgan nuqtasidan masofadan turib ishlash va munosib pul topish imkonini berishi mumkin.

Mo’ynoq tumanidagi Qozoqdaryo yoshlari yetakchisi Manas Nazarboyev, Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika institutining Tarix fakultetini tugatgach, ona qishlog'iga qaytib, noodatiy tanlov qildi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Manas o'z qishlog’ida duch kelayotgan iqlim muammolari va Qozoqdaryoning chekka hududda joylashuvi bilan bog‘liq muammolari tizimli yechimlarni talab qilishini tan oldi. U ajdodlarimizning ko‘p yillik kurashlarini eslab, "Yerlarning tanazzuliga qaramay, o'rim-yig'im paytida umidsizlikka duch kelmaslik uchun barcha resurslarini sarflaydilar", - dedi u. Bu og'ir ahvol unga qattiq ta'sir qildi va u vaziyatni yaxshilash yo'lini topishga qaror qildi.

Uning, tarix fakulteti bitiruvchisidan JavaScript dasturchisi bo‘ganiga qadar bosib o‘tgan yo‘li sobitqadamlik va mustaqil o‘rganish bilan o‘tdi. Institutning uchinchi bosqichida u web-sahifa yaratish uchun buyurtmalarni qabul qilib, frilanserlik bilan shug‘ullanishga qaror qildi. O’qishni tugatgach u o'z qishlog‘ida yoshlar yetakchisi rolini o'z zimmasiga oldi va qishloqdoshlari orasida axborot texnolgiyalari va raqamlashtirishga qiziqish uyg‘otishga intildi.

Manas binolarning ta’mirtalab holatidan to internetga ulanishning yetishmasligigacha ko'plab to'siqlarga duch keldi. Ammo, BMTning O'zbekistondagi Orolbo'yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo'yicha ko'p sheriklik Trast fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan qo'shma dastur haqida xabar topganidan so‘ng, taqdir unga kulib boqdi. Ushbu tashabbus olis hududlarga, shu jumladan Manasning qishlog‘iga raqamli infratuzilmani taqdim etishga qaratilgan. Yangiliklar Manasni cheksiz ishtiyoq va qat'iyat bilan to'ldirdi.

Dastur doirasida o'tkazilgan mashg'ulotlar Manasning raqamli bilimlarini yanada kengaytirda va unga umid in’om etdi. "Men juda ko'p narsani o'rgandim", - dedi Manas. "Va men bu yangi bilimlarimni qishloqdoshlarim bilan baham ko'rishga shoshilaman".

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Bugungi tez rivojlanayotgan dunyoda Manas raqamlashtirish kuchiga ishonadi. U shunday deydi: "Global raqamlashtirish hayratlantiradi. Bu bizning kundalik hayotimizga, ishimizga, davlat tuzilmalari va tadbirkorlar faoliyatiga ta'sir ko‘rsatadi. Bu ba'zi kasblarni kamaytirishi mumkin bo'lsa-da, yangi imkoniyatlar eshiklarini ochadi. Qozoqdaryo kabi chekka qishloq va uning aholisi uchun istiqbolli kelajakka yo‘l ochadi. Bu kelajak sohasi va biz uni egallashimiz lozim".

Endi Manas o'qituvchi sifatida sayohatga chiqdi va taxminan 60 nafar o‘quvchining kelajagini shakllantirmoqda. Ushbu g'ayratli shaxslar raqamli ko'nikmalarga ega bo'lish va mazmunli ish imkoniyatlaridan foydalanish orqali o'z qishloqlarini rivojlantirishga tayyor. Manas raqamli mehnat bozoriga, xususan, front-end va back-end dasturchilarini tayyorlashga katta e'tibor qaratmoqda.

U nafaqat ushbu sohalarda tajribaga ega bo'lgan, balki jamoaviy o'yinchi sifatida ham ustun bo'lgan shaxslarning yaxlit jamoasini yaratdi. Manas bu mutaxassislar kelgusi o'n yilliklarda, ayniqsa O'zbekistonda juda zarur kadrlar bo'lishiga qat'iy ishonadi.

Manasning tasavvuriga ko'ra, u nafaqat o‘zi muvaffaqiyatga erishishga, balki qishloqdoshlari uchun moliyaviy mustaqillikni ta'minlashga ham qaror qilgan. U bunga yangi kelganlarga web-dizayn va grafik dizayn bo'yicha bilimlarni berish, ularga zarur amaliy ko'nikmalar berish orqali erishmoqda. Bundan tashqari, u ularga mijozlardan kelib tushgan buyurtmalar taqdim etadi va ularning ish jarayonini boshqaradi. Manasning nazarida ushbu amaliy yondashuv nafaqat o'quv jarayonini yaxshilaydi, balki ijobiy natijalar uchun haqiqiy imkoniyatlar ham taqdim etadi.

Manasning hikoyasi qat'iyat va bilim olishga chanqoqlikdan dalolat beradi. U barchamizni rag'batlantirib: "Sabr, iroda va o'rganishga bo'lgan ishtiyoq hayotingizni butunlay o'zgartirishi mumkin. Imkoniyatlaringizni kengaytirishdan qo'rqmang; sayohat oxirida sizni muvaffaqiyat kutmoqda", deydi.

BMTTD, UNFPA va FAO Qo'shma dasturi doirasida O'zbekistonning Orolbo'yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo'yicha ko'p sheriklik Trast fondi moliyaviy ko‘magida 30 nafar yosh benefitsiar uchun qishloq yoshlarining AKT sohasidagi bilim darajasini oshirish maqsadida kompyuter savodxonligi bo'yicha treninglar tashkil etildi. 22.231 nafar benefitsiar ijtimoiy infratuzilma va qishloq davlat muassasalarini texnik raqamlashtirish natijalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldi. Dastur doirasida Mo'ynoq, Qo'ng'irot, Bo‘zatov tumanlari uchun internet va kompyuterlar, sensorli ekranlar va interaktiv panellar taqdim etildi.

"Sabr, iroda va o'rganishga bo'lgan ishtiyoq hayotingizni butunlay o'zgartirishi mumkin. Imkoniyatlaringizni kengaytirishdan qo'rqmang; sayohat oxirida sizni muvaffaqiyat kutmoqda".
Manas Nazarboyev