Yevropa Ittifoqi va BMTTD Surxandaryo viloyatida yashayotgan Аfgʼoniston fuqarolarini qoʼllab-quvvatlashda davom etadi.

Toshkent, Oʼzbekiston – 2023 yil 7 iyul – Yevropa Ittifoqi «Afgʼoniston fuqarolarini oʼqitish va kasbiy tayyorlash boʼyicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish» loyihasini yana ikki yilga uzaytirish uchun qoʼshimcha 1 million yevro ajratadi. Loyiha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan amalga oshiriladi.

18-July, 2023
Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

2022-yil yanvar oyida boshlangan ushbu loyiha oʼz yurtini majburan tark etgan Afgʼoniston fuqarolariga, ayniqsa yoshlar va ayollarga alohida eʼtibor qaratgan holda, taʼlim olish va kasbiy tayyorlov imkoniyatlarini yaratib kelmoqda. Loyiha miqiyosida Surxondaryo viloyatidagi Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qoshidagi Afgʼoniston fuqarolarini oʼqitish taʼlim markazi bugungi kunga qadar 336 nafar afgʼonistonlik muhojirlarga kasb-hunar kurslarini taqdim etdi. Qoʼshimcha mablagʼ loyihaga koʼproq afgʼon fuqarolarini jalb qilish va ularning turmush tarzini yaxshilashga yordam beradi.

Kelgusi ikki yilda 400 dan ortiq afgʼon muhojirlari talab yuqori boʼlgan kasblar boʼyicha tahsil oladi va malaka oshiradi; bu yesa ularning ish bilan ta'minlanish imkoniyatlarini oshiradi. Kengaytirilgan loyihaning qiziqarli qoʼshimchasi shundaki, muvaffaqiyatli bitiruvchilar oʼz tadbirkorlik faoliyatlarini boshlash uchun kichik grantlar olish imkoniyatiga ham ega boʼladilar.

“Ushbu loyiha oʼz uyini tashlab ketishga majbur boʼlgan afgʼon fuqarolarining turmush tarzini qoʼllab-quvvatlash boʼyicha bizning insonparvarlik tashabbusimizning davomidir”, – dedi BMT Taraqqiyot dasturining Oʼzbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska. “Biz Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston hukumatiga shu kabi tashabbuslarimizni doimiy qoʼllab-quvvatlagani uchun oʼz minnatdorchiligimizni bildiramiz va ushbu loyiha afgʼon fuqarolarining turmush sharoitlarini yaxshilashiga va mahalliy hamjamiyatlarning rivojlanishiga hissa qoʼshishiga qatʼiy ishonamiz”.

Kengaytirilgan loyiha, birinchi navbatda, muhandislik, qurilish, qishloq xoʼjaligi tadbirkorligi, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, menejment, hamshiralik ishi va media texnologiyalari boshqaruvi kabi sohalarda kasbiy taʼlim va kadrlar tayyorlashga qaratiladi. Afgʼoniston fuqarolariga oʼz biznes rejalarini ishlab chiqish va tadbirkorlik faoliyatini boshlashda ham koʼmak beriladi.

“Evropa Ittifoqi Afgʼoniston xalqini ular uchun og'ir damlarda qoʼllab-quvvatlash tarafdori va biz Oʼzbekiston hukumati, Termiz shahridagi Afgʼoniston fuqarolarini oʼqitish taʼlim markazi va BMTTD bilan Surxondaryo viloyatida yashab kelayotgan Afgʼoniston fuqarolarini qoʼllab-quvvatlash boʼyicha hamkorligimizdan mamnunmiz”, dedi Yevropa Ittifoqining Oʼzbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian. “Tashabbus afgʼon fuqarolariga qoʼshimcha taʼlim va malaka oshirish imkoniyatlari yaratish, ularning turmush tarzini yaxshilash bilan birga, ularning Oʼzbekistonda boʼlishlarini yanada xavfsiz va barqaror qiladi”.

Loyiha Surxondaryoda yashab kelayotgan afgʼon oilalari hayotiga, kengroq aytganda esa Oʼzbekistonning Janubiy mintaqasi iqtisodiyotiga sezilarli taʼsir koʼrsatishi kutilmoqda.